143
EL FARZANDI
Kezganmisiz, azim poytaxt
Go‘zal shahru biyobonin.
Qad rostlagan haykallari
Adiblarning xiyobonin.
“Rahmat, senga zamonim” deb
Turar chetda el farzandi.
Ham o‘zbekning o‘g‘loni, ham
Qoraqalpoq jigarbandi.
Lermontovga dildosh edi,
Otash yonar satrlarda,
Adabiyot-la sirdosh edi
She‘r oqardi tomirlarda.
Nolalari qo‘bizlarda
Oh urardi, chekib fig‘on.
Qo‘shiqlari qalb so‘zlarda
Mavjlanardi, jo‘shar har on.
El mehridan olib quvvat,
Charchamasdi, tolmas edi.
Millat uchun bir haqiqat:
Tuproq – “Oltin qirg‘oq” derdi.
Berdaqdan u bo‘lgan tomchi
O‘zbeklarni og‘a etgan.
Qoraqalpoq madhiyasin
O‘z xalqiga bunyod etgan.
Ko‘ring, chorlar, saksovullar,
Chorlar Nukus tomonlari.
Ibroyimin izlab
hanuz
“Esar , Jayhun shamollari”.
Odinaxon Abdusamatova
Tarix fakulteti
21.119-guruh talabasi