Ikki elning tanti


QADRDON SO‘QMOQLAR SHE’RIDAN TA’SIRLANIB!


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

QADRDON SO‘QMOQLAR SHE’RIDAN TA’SIRLANIB! 
 
Yillar o‘tib keldim shu so‘qmoqlarga, 
Turnalar uchadi olis yoqlarga. 
Yoshlik paytlarim eslab, xotirlab
Sevinchdan yuragi, ko‘zlari porlab. 
Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday, 
Yana menga qarab jonim olarday. 
Qayta bola bo‘lib qolgim keladi, 
Qo‘shni qiz suhbatin olgim keladi. 
Biroq endi u yo‘q, olis yoqlarda, 
Paxtazorda uchrashgan paytlar yodlarda. 
Nechog‘lik dilimga yaqin bu so‘qmoq, 
Umr oqar suvdir, topmoq, yo‘qotmoq. 
Kapalak quvirdim, gullar terardim, 
Yo‘lda uchraganga salom berardim. 
Cholga salom bersam o‘sha so‘qmoqda, 
Meni tanimadi, buni bilardim... 
Chunki o‘zgarganman, ajinlar qator, 
Ana, ro‘paramda o‘sha qora tol. 
Bu umr suvdayin oqarkan do‘stim, 
Kimnidir yo‘qotdik, kimnidir topdik. 
Yuragda ajib bir hayajon ila
So‘qmoq mavzusini shu yerda yopdik. 
Agar eslay desam xotirlar qator, 
Sevgimdan esdalik o‘sha qora tol… 
Sarvinoz Masharipova,
Chet tillari fakulteti
20.15-guruh talabasi 


143 
EL FARZANDI 
Kezganmisiz, azim poytaxt 
Go‘zal shahru biyobonin. 
Qad rostlagan haykallari 
Adiblarning xiyobonin. 
“Rahmat, senga zamonim” deb
Turar chetda el farzandi. 
Ham o‘zbekning o‘g‘loni, ham 
Qoraqalpoq jigarbandi. 
Lermontovga dildosh edi, 
Otash yonar satrlarda, 
Adabiyot-la sirdosh edi 
She‘r oqardi tomirlarda. 
Nolalari qo‘bizlarda 
Oh urardi, chekib fig‘on. 
Qo‘shiqlari qalb so‘zlarda
Mavjlanardi, jo‘shar har on. 
El mehridan olib quvvat, 
Charchamasdi, tolmas edi. 
Millat uchun bir haqiqat: 
Tuproq – “Oltin qirg‘oq” derdi. 
Berdaqdan u bo‘lgan tomchi 
O‘zbeklarni og‘a etgan. 
Qoraqalpoq madhiyasin 
O‘z xalqiga bunyod etgan. 
Ko‘ring, chorlar, saksovullar, 
Chorlar Nukus tomonlari. 
Ibroyimin izlab hanuz 
“Esar , Jayhun shamollari”. 
Odinaxon Abdusamatova 
Tarix fakulteti 
21.119-guruh talabasi 


144 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling