Ikki elning tanti


USTOZ IBROYIM TUSUPOVNING “BIR ODAMNI BIR ODAM”


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

USTOZ IBROYIM TUSUPOVNING “BIR ODAMNI BIR ODAM”
SHE'RIDAN ILHOMLANIB 
 
Ishq-chi koʻngilga tushsa 
Yondirar, kul qiladi... 
Bir odamni bir odam 
Yuragidek biladi. 
Kasal boʻlsa oʻksiydi, 
Dard cheksa gar yigʻlaydi. 
Bir odamni bir odam 
Ne dardi bor bilmaydi. 
Yuragida hasratni, 
Dard-u, alam g‘amini... 
Bir odamni bir odam 
Kamaytirar kamini. 
Olovsifat qarashlar
Dilga olov yoqadi. 
Bir odamga bir odam 
Ha, albatta yoqadi. 
Yurak bor hammamizda, 
Goh toʻlar, goh boʻshaydi. 
Bir odamni bir odam 
Doim sevib yashaydi! 
Samandarbek Mamadaliyev, 
TATU Farg‘ona filiali, 
Kompyuter injineringi fakulteti 
613.22-guruh talabasi 


149 
USTOZ IBROYIM TUSUPOVNING “SOGʻINISH” SHE’RIDAN 
ILHOMLANIB 
 
Siz shuncha goʻzalmi 
Hayratim cheksiz, 
Ustoz maqtabdilar, tengi yoʻqdeksiz, 
Siz-chi olovdeksiz, siz-chi choʻgʻdeksiz, 
Yurakda siz borsiz Amuning qizi! 
Ishqim osmonida quyoshsiz, oysiz, 
Sizga Xudo bergan, chiroyga boysiz, 
Siz ozodachehra... Yoʻq mohlaroysiz, 
Yurak yomon yondi Amuning qizi! 
Otashin baytlarim sizga ataldi, 
Nigohingiz dilga oʻtdek qadaldi, 
Qandoq toʻlay endi sizga badalni, 
Koʻz qarashlar uchun Amuning qizi! 
Siz xuddi Amuday shoʻxsiz, shaddodsiz, 
Beqaror, bejilov, shodsiz, ozodsiz, 
Yuragimda mangu oʻchmas bayotsiz, 
Yonganlarim siz deb Amuning qizi! 
Samandarbek Mamadaliyev, 
TATU Farg‘ona filiali, 
Kompyuter injineringi fakulteti 
613.22-guruh talabasi 


150 
SHOIR NOMI 
Yozilganlar bugun bo‘lmoqda tumor,
Qalam tebrangandi baquvvat, bardam.
Shoirni yuragi tutmasin xumor,
Tashlandi ijodda so‘nsiz ilk qadam.
Shamollar uchirdi uning yo‘lini,
Tutashdi xalq bilan, ko‘ngli mujassam.
Madh etdi millatning erk, g‘ururini,
Qutlug‘ qoni ila ichgandir qasam.
Chaqnagan yurakdan chiqadi olov,
Sinovli kunlarda taftini bosdi.
G‘alamis xayollar kelmagan birrov, 
Shoir vujudini qog‘ozga osdi. 
To‘xtamas tug‘yonlar, to‘xtamas otash,
So‘qmoqlar izini ko‘chirolmaymiz.
Shoirning o‘ylari bo‘lmagay sarkash,
Ibroyimning nomin o‘chirolmaymiz.
Gulshanoy Isaqova,
Filologiya fakulteti 
21.72-guruh talabasi


151 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling