Ikki elning tanti


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

70 YILDAN SO‘NG 
IBROYIM YUSUPOV SHE’RIDAN ILHOMLANIB 
FarDU binolari 
Cho‘qqipeshona. 
Ortimizda qolgan o‘quv binosi. 
O‘zgaga sezilmas, 
Biram yoqimli 
Iforingga to‘lgan xona havosi. 
Soatlab ma’ruza, 
Ezilgan yurak. 
Bizni sog‘ingan va biz sog‘ingan bog‘. 
Uchrashuv maskani – tor kutubxona, 
Sayohat joyimiz – katta oromgoh. 
Yana FarDU desam yurak yig‘laydi, 
Baxting bor, lek mendan ayridir baxting. 
Bir lahza, ming yillik tushar esimga 
Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. 
Farg‘ona, bu ko‘hna, bu ona tuproq, 
Kelajagi buyuk, o‘tmishi qadim. 
Qayta yo‘lim tushar, lekin sen uchun 
Endi Farg‘onaga bosmasman qadam. 
Nahot sog‘inmaysan, ishonolmayman, 
Buncha diydang qattiq, yuraging qattiq. 
Bir kun sandiqchadan jajji nabiram 
Suratingni olib menga ko‘rsatdi. 
Kim? – dedi. 
Kim? – dedim eslolmagandek, 
Tushda taniymanku qayrilmaqoshim. 
Kim? – dedi. 
Kim?! – dedim eslagan bo‘lib - 
Menimcha kursdoshim, ha-ha, kursdoshim. 
Yana yuragimda boshlandi to‘fon, 
Armonni tirnadi yigitlik ahdi. 
Yomg‘irday quyilib tushdi yodimga 
Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. 


155 
“A” qo‘shilgan “kimdir” barobar “sevgi”, 
Kashtalar to‘kilar ko‘zni kuydirib. 
Yillar o‘tdi senga, menga qasdma-qasd 
O‘zga yigit, o‘zga qizni suydirib. 
Oqar daryo oqdi, yoshimiz ulug‘, 
Koshki yoshligimiz kelsaydi qaytib. 
Bilasanmi, gulim, kenja qizimni 
Bir umr chaqirdim ismingni aytib. 
Men shoir emasman, men she’rman, sherman, 
Shamol jim qolar men hayqirganimda. 
Quvonib ketaman hammasidan ham 
O‘g‘lingni “adash” deb chaqirganimda. 
Talabalik o‘tdi. 
Olti yil – bir zum. 
Chakkangga gul emas qizil she’r taqdim. 
She’rlarni o‘qisam yodimga tushar 
Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. 
Farg‘ona yo‘llari tunda charog‘on, 
Farg‘ona yo‘llari sensiz qorong‘u. 
Qara, gulim, bugun ikki oshiqsiz 
Huvillab qolibdi muhtasham FarDU. 
Yana FarDU desam yurak yig‘laydi, 
FarDU desam tilim dilimni chaqdi. 
Yana FarDU desam tushar esimga 
Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. 
Tushimda nigohing bergan tuhfani 
Terib olmasligim azim uvoldir. 
O‘zimni unutsam unutamanki 
Seni unutmog‘im amri maholdir. 
Saboga ergashib umrlar o‘tdi, 
Qog‘ozlar beyozuv, qalamlar bejon. 
Bugun chop etilib keldi qo‘limga 
Senga bag‘ishlangan “Yettinchi devon”. 


156 
Menga alam qilar hamma hammasi
Sensiz erishganim shuncha baxtlarga. 
Ichi to‘lib ketgan yetti devonning 
Hech kim sezmaydigan muvashshahlarga. 
Oltin davrimizni eslayman bir-bir, 
Yodimga tushadi muhabbatimiz. 
Ammo taqdir ekan, nasibi shudir, 
Bir-biridan go‘zal ayro baxtimiz. 
Yana FarDU desam tushar yodimga, 
Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting... 
Ahrorjon Toʻxtasinov,
Filologiya fakulteti
21.76A guruh talabasi


157 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling