Ikki elning tanti


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

VATANGA SEVGI 
Yuz yilda dunyoga keladimi yo
Olamni saqlashga bunday odamlar. 
Hozir ham yonimda turgandek go’yo, 
Afsus qaytib kelmas endi u damlar.
Qalamlar qog’ozda yig’laydi ho’ng-ho’ng 
Ma’shuq tog’lari ham boshin egyapti 
Amuning qizi ham sevardi uni 
Dilda izhorlari qolib ketyapti. 
“Jannat qayerlarda” desalar asta 
Farg’ona dedilar ustoz Ibroyim
Samarqand ushshoqiga dilim payvasta 
Tanovorni keltiring Xalimaxonim. 
Tun-u kun she’rlari tillarda tinmas 
Vatanni madh etdi to hayot ekan 
“To’maris”, “Qirq qiz”ni unutish qiyin 
“Vatan tuprog’I”chi barhayot ekan. 
Ustoz Berdaqning u davomchisi 
“Ozod” qishlog’ining ozod ovchisi 
Poeziya qiroli , yurt “Qahramoni” 
Orol dengizining bitmas tomchisi. 
Yurt sha’nin, g’ururin kaftida tutgan 
Vatanni onaga bo’ylagan ham shu 
Xalq deb bolasi-yu o’zin unutgan 
O’ngi-yu tushida o’ylagan ham shu. 
Qoraqalpoq elin maqtama do’stim 
Maqtar bo’lsang Ibroyimni qo’shib ayt. 
Bu mard elning kimligini bilmasang 
Ajiniyoz qo’shiqlarin jo’shib ayt. 


152 
Bu millatdan chiqmas aslo yomonlik 
Tanimasdan o’tib ketma gunoh bu 
Ibroyim Yusupov dardin unutma 
Mushkul damlaringda senga panoh bu. 
Ko’zlarimni ochding ey el farzandi 
Sening izlaringni izlayman bo’ldi 
Bu yurtni senchalik sevish qiyin lek 
Oy-u Quyoshlarni ko’zlayman endi. 
Murodillo Musajonov,
TATU Farg’ona fililali
Telekommunikatsiya 
texnologiyalari va kasb ta’limi
fakulteti 622.22-guruh talabasi


153 
EL FARZANDI 
 
Yurti uchun jonini fido qiladi, 
Xalqining har ishida tayyor turadi. 
Bu dunyoning farzlarini ado qiladi, 
Ko‘hna o‘zbekning el farzandi. 
Vaqtidan unumli foydalanadi, 
Yaxshining chiroyli naqshin oladi. 
Yomonni sovobli yo‘lga soladi, 
Ko‘hna qoraqalpoqning el farzandi. 
Ikki xalqning ishonchini oqlagan, 
Shoirlik maqomiga dildan erishgan. 
Ibroyimjon she’rlarini yodda saqlagan, 
Ko‘hna o‘zbekning el farzandi. 
Kitobdan mehir va ziyo oladi, 
She’riyat borligin yodga soladi. 
Xayotda o‘z o‘rnin topa oladi, 
Ko‘hna qoraqalpoqning el farzandi. 
Otam deb Onam deb tinmay ishlaydi, 
Og‘ir kunlar kelsa toydek kishnaydi. 
Farzandin kelajagin har on o‘ylaydi, 
Ko‘hna o‘zbekning el farzandi. 
Amir Temur bosgan izdan yuradi
Manguberdi jasoratin eslab turadi. 
Alpomishdek dushmanni yakson qiladi, 
Ko‘hna qoraqalpoqning el farzandi. 
O’zbekning dovrug‘in doston qiladi, 
Dushmanga adolatni armon qiladi. 
“Olg‘a” degan so‘zni shior biladi, 
Ko‘hna o‘zbekning el farzandi. 
Ibroyimjon shoirga yozar bo‘lsam she’r, 
Bu insonga yozsam kamlik qilar she’r. 
Kitoblarin o‘qib Ibroyimjon der, 
Ko‘hna qoraqalpoqning el farzandi. 
Asrorjon Isomiddinov 
San’atshunoslik fakulteti 
21.28-guruh 2-kurs talabasi 


154 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling