145
IBROYIM YUSUPOV XOTIRASIGA
Yurtlar aro tinchlik boʻlsa, farovonlik
Beshikdagi bolasi ham baxtga toʻlar.
Bunday xalq hech koʻrmagaydir zoʻravonlik,
Farzandi ham eng kamida shoir boʻlar.
Bu zaminda tugʻilmagay oddiy inson,
Choʻp suqsangiz gul boʻladi tuprogʻida.
Quyoshdayin Ibroyimlar
porlab turar,
Qalpoq yurtning soʻlim Ozod qishlogʻida.
“Vatanim” deb tutdi qalam ilk bor qoʻlga,
“Tashvishlarga boy dunyo” deb baxtli boʻlib.
Baxt qidirib otlandi u uzoq yoʻlga,
Taskin talab qalblarga u davo boʻlib.
Bahordayin kirib keldi
butun yurtga,
Kichik uyda shoir boʻldi yurt sarboni.
Yozning issiq kunlarida yomgʻirdayin,
Mangulikka koʻz yumdi u yurt oʻgʻloni.
Gulbahor Shergʻoziyeva,
Chet
tillari fakulteti
19.110-guruh talabasi