Ikki elning tanti
IKKI QARDOSH ELNING TANTI O‘G‘LONI
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
IKKI QARDOSH ELNING TANTI O‘G‘LONI
Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor “Yigit bo‘lsang arslon kabi tug‘ilgan, Udayina xizmet etkil xaliq ushin.. Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, Yigit bo‘lsang arslon kabi tug‘ilgan O‘zim demay g‘amxo‘rlik qil xalq uchun!” Ibroyim Yusupov O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Ma’lumki, xalqimiz qadimdan ko‘pmillatli, baynalminal xalq sifatida ko'plab millat va elat vakillari bilan qon-qarindoshlik, opa-ukalik rishtalarini mustahkam bog‘lab, umr-guzaronlik qilib kelmoqda. Tug‘ishganidek yaqin, o‘zgacha qadr va qimmatiga ega bo‘lgan qoraqalpoq millati xalqimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Ikki qardosh bir tanu bir jon bo‘lib, bordi-keldi, quda-andachilik aloqalarini bog‘langanlar. Shu bois, urf-odatlari, milliy qadriyatlari, orzu-istaklari ongi-shuuriga singib ketgan bu ikk xalq oradan necha asrlar o‘tada, totuvlik bilan bir-birini ardoqlab kelmoqda. Qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotining yorqin vakili, qoraqalpoq farzandi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupovning “Mehnat desa yeng shimargan polvonday, Aravada tog‘ keltir de, keltirar. Do‘stlik desa, yulduz topib olganday, Oq ko‘kragin ezgulikka to‘ldirar.” misralari bu xalqining qanchalik tanti, keng fe’lli, mard el ekanligini tasvirlaydi. Ayniqsa, shu millatning yuragidagi axdlari, hayotidagi orzu-umid uchqunlari, matonati va yurtiga sadoqatini xalqchil namoyon etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyasida shoir Ibroyim Yusupov bitganiday: “...Jayxun jahasinda o‘sken bayterek, Tuyobi bir, shaqasi minyo bolar demek, 5 Sen sonday sayali, quyashli elsenyo, Tinshliq hayom ig‘bal sendegi tilek...” degan so‘zlar qoraqalpoq suratini chizgan eng go‘zal va buyuk satrlardir. Bugungi kunda davlatchilik ildizlarida qo‘sh tomir otgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqi “Yangi O‘zbekiston”ni, uning barobarida “Yangi Qoraqalpog‘iston”ni bunyod etish yo‘lida birlashib, kelajak avlod, uning kelajagi va kamol topishlari uchun munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan. Biz esa qoraqalpoq elini shu nurafshon kunlarga chorlagan, o’z ijodi, mohiyati teran she’rlari bilan xalqni olg’a undagan atoqli va ardoqli adib - O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Ibrohim Yusupov siymosida qardoshlarimizning orzu-umdlari, istagi va niyatlari, qalb go’zalliklarini yurakdan his eta olamiz. Bu insonning she’rlaridagi samimiyat, chuqur falsafiy mushohadalar, xalqona tashbehlar meni hamisha hayratga soladi va zavqlantiradi. Satrlarga mahorat bilan jo etilgan ajib timsollar - g‘ozlar parvozi, qoratollar raqsi, saksovullar qo’shigi, sahroning sog’inchli bag’ri she’riyatga oshno ko’ngillarga o’zgacha huzur bag’ishlaydi. Ibroyim Yusupov she’riyatida uning pok va ulug’vor ruhiy olami ufurib turar ekan, o’z o‘quvchilari ichki dunyosida insoniy fazilatlar, muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini tarannum etadi. Shoirning Alisher Navoiy ijodidan olgan benazirlik mahorati, Umar Hayyom ruboiylaridan o’tgan falsafiy pishiqlik, Nizomiy g’azallaridagi obrazlilik, Ajiniyoz, Berdaq va Abay ustozlik maktabi ta’sirida shakllangan xalqonalik aks etgan ijodi chin ma’noda yuksak ma’naviy xazinamizdir. Uning nodir ijodidan bahra olmoq, asramoq va bu bebaho boylikni yoshlarimizga ulashmoq - bizning qardoshlik burchimizdir. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling