Ikki elning tanti


IBROYIM YUSUPOV SHE’RIYATIDA TABIAT TASVIRI


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

IBROYIM YUSUPOV SHE’RIYATIDA TABIAT TASVIRI 
M.Xamidov,
adabiyotshunoslik kafedrasi 
 katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
F.Normurodova, 
o‘zbek tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Annotatsiya
Maqolada Ibroyim Yusupov she’riyati bo‘yicha firk bildirilgan. Asosan, 
she’rlaridagi tabiat tasviri mavzusi tahlil qilingan, ilmiy tushunchalar bilan 
izohlab firklar bildirilgan. Shuningdek, shoir ijodida peyzaj alohida ahamiyat 
kasb etishi misollar bilan isbotlangan. 
Annotation
The article expresses opinion on Ibrayim Yusupov’s poetry. Mainly, the 
subject of nature image in his poems is analyzed, opinions are expressed by 
explaining them with scientific concepts. It is also proved by examples that 
the landscape is of special importance in the work of the poet. 
Аннотация
В статье высказывается мнение о поэзии Ибраима Юсупова. В 
основном анализируется тема изображения природы в его стихах, 
высказываются мнения, объясняя их научными понятиями. Также на 
примерах доказывается, что особое значение в творчестве поэта имеет 
пейзаж. 
Tayanch tushunchalar: Lirika, peyzaj, badiiy san’atlar: tashbih, tashxis, 
metofara, kinoya, istiora. 
Basic concepts: Lyric, landscape, artistic arts: tashbih, diagnosis, 
metaphor, irony, metaphor. 
Основные образы: Лирика, пейзаж, изобразительное искусство: 
ташбих, диагноз, метафора, ирония, метафора. 
Lirik turga tegishli asarlarda so‘zning ohangi ham kayfiyat ifodasini 
berish, ham holat tasvirini chizish, ham taassurot manzarasini ko‘rsatish 
vositasi bo‘lganligi uchun lirik asarni tahlil qilishda badiiy omillarni topishga 
alohida diqqat qaratish zarurdir. Lirik asarda kayfiyat qay darajada 
tasvirlanganligi uning estetik qiymatini tayin etuvchi asosiy omildir [1, 174]. 
Lirikaning mavzulari ichida tabiat tasviri (peyzaj) alohida mavzu. 
Peyzaj – tabiat tasviri bo‘lib, badiiy asarning g‘oyaviy-estetik quvvatini 
oshirishga xizmat qiladi. Izzat Sulton tabiat tasviri haqida quyidagi fikrlarni 
qayd etadi: “Badiiy asarda tabiat hodisalari va ko‘rinishlari syujetning 
rivojini tezlatuvchi yoki sekinlatuvchi faktor sifatida ham tasvirlanishi 


48 
mumkin. Ammo, tabiat manzaralaridan qahramonning ruhiy holatini ochib 
berish uchun foydalanish badiiy asarda eng ko‘p uchraydigan hodisadir” [2, 
188, 189].
Biz ushbu peyzajni lirikada qo‘llanishini shoir, O‘zbekiston Qahramoni 
Ibroyim Yusupov ijodida kuzatamiz. Qoraqalpoq xalqining erksevar farzandi 
Ibroyim Yusupov she’riyat sohasida sermahsul ijod qilgan. Shoir ijodida 
tabiat tasviri alohida ahamiyatga molik. Deyarli barcha she’rlarida shoir 
tabiat bilan singishib ketadi. Misol uchun ijodkorning “O‘zbekiston” 
she’ridagi bir misraga e’tibor qaratamiz: 
Shamol aytar: Sahro oshib
Kelgan chog‘im guvlab, shoshib, 
Nozli chaman bag‘rin ochib, 
Tinchlantirib olar jonim, 
Savr bo‘lar quv bo‘ronim. 
Birinchi misrada shamolni portreti beriladi. Ijodkorning shamolni 
tashxis san’ati orqali ifodalab insondek suhbat qurishi, chamanning shamolga 
bag‘rin ochganda savr bo‘lar quv bo‘ronim deya ta’riflaydi. Birinchi misrada 
shoir portret orqali peyzajni ham ifodalamoqda. Shamolni xususiyatlari 
portretni ko‘z ongimizda gavdalansa, shamol tabiat hodisasi hisoblanib 
peyzaj kelmoqda. Bu ham ijodkorning bir mahorati belgisi hisoblanadi. 
Yuqoridagi she’rning yana bir misrasiga e’tibor qaratamiz:
Suv bo‘yida majnuntollar, 
Sochin yozar ham sollanar. 
Bir shirin o‘ylarga tolar, 
Layli tushganday esiga, 
Termular oy shu’lasiga. 
Birinchi misrada ham shoir majnuntol portretini beradi. Peyzaj orqali 
suv bo‘yidagi majnuntolning sochin yozib, sollanib turishi tasviri keladi. 
Odatda majnuntol suv havzalariga yaqinroq ekilsa-da, haqiqat shu har qanday 
muhitda qiyinchiliksiz o‘sishi mumkin. She’rdagi majnuntol salom 
berayotgan kelinchak tasvirini ham ifodalaydi. Endi majnuntolning suv 
nuridagi oy shu’lasiga qarab Laylini shirin xayol surishi tasvirida esa 
muallifning Navoiyni sevib mutolaa qilganiga guvoh bo‘lamiz. Hazrat 
Navoiy “Xamsa”sining “Layli va majnun” dostonida Layliga Allohning 
yerdagi tajalliysi tasviri beriladi, Majnun esa shu jilvaga oshiq yigit. 
Misradagi majnuntol ham suvdagi oyning shu’lasiga Layli tushganday xayol 
surishiga o‘xshatiladi. Bu yerda ham ijodkor badiiy san’atlar yordamida 
tabiatni jonlantiradi. Shoirning tabiat tasvirini orqali o‘z she’rlariga husn 
baxsh etishi majoziy ma’noda emas, ya’ni bu tasvirlar ortida ijodkorning 
ko‘ngil o‘rtanishlari, iztirob, alam kabi hissiyotlari emas, balki tabiat 
manzarasining haqiqiy go‘zalligini rassom singari o‘z chizgilarida bayon 


49 
etgan, xususan, shoirning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridagi bir misraga 
e’tiborimizni qaratamiz: 
Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar, 
She’r o‘qishib yurgan yosh shoirlarday, 
Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, 
Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolganday. 
Yuqoridagi misralarda ijodkor qishlog‘i tasvirini u yerdagi har bir 
detallar bilan birgalikda metafara orqali ifoda etadi. Birinchi qatorda 
chumchuqlar portretini berayorgan shoir ularni she’r o‘qishayotgan yosh 
shoirlarga qiyoslaydi. Ko‘rinib turganidek Ibroyim Yusupovning 
she’rlaridagi tabiat jonli gavdalantirilib ularga qo‘shimcha vazifalar ko‘proq 
metafora orqali yukalanadi. Shoir ijodida badiiy san’atlardan unumli 
foydalangan. Ayniqsa, tashxis, tashbeh, istioralar qo‘llab yaratgan asarlari 
salmoqliligi bilan alohida ajralib turadi. Shuningdek, ayrim misralarida 
kinoyadan ham foydalangan, masalan:
Yo‘q sigir sut berdi qog‘ozga iyib, 
Hisobotlar bilan to‘ydi podalar. 
Paxta punkitlarin qildi o‘z uyi,
Kunduz telpak kiygan haromzodalar. 
Ko‘rinib turganidek shoir ushbu she‘rida achchiq qahr bor. Ijodkor 
o‘z ichki hissiyotlarini she’rga solgan bo‘lib jamiyatdagi ayrim nokas 
insonlarni tanqid qilgan. 
Ushbu misralarda insonlarni hayvonlarga o‘xshatib nafsga qul insonlarni 
podalar, deb ataydi. Umumiy holatda aytadigan bo‘lsak ijodkor she’rlarida 
nafaqat tabiatdan ilhomlanib uni math etgan, balki jamiyatdagi ayrim 
illatlarni tabiatdagi yomon sifatlar bilan qiyoslab tasvirlagan. 
Xulosa o‘rnida aytishimiz joizki, Ibroyim Yusupov she’rlarida tabiat 
mavzusi alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘ramiz. Bular ayrim 
namunalari xolos, lekin shoir ijodini faqat peyzajdan iborat, deyish u qadar 
to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki ijod namunalari orasida vatanparvarlik mavzusi, 
qishloq hayoti, oshiqlik mavzulari ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Qozoqboy Yo‘ldosh “Badiiy tahlil asoslari”. Toshkent. 2016. 
2. Иззат Султон, “Адабиёт назарияси”. Тошкент. – Ўқитувчи. 1996. 
3. Ibroyim Yusupov, “Qoratol”. – Adabiyot va san'at nashriyoti. 
Toshkent 1988. 


50 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling