Ikki elning tanti


IBROYIM YUSUPOV – QORAQALPOQ SHE’RIYATINING USTUNI


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

IBROYIM YUSUPOV – QORAQALPOQ SHE’RIYATINING USTUNI 
Sh.Maxmidjonov 
FarDU Adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
G.Obidova
FarDU filologiya fakulteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya: ushbu maqolada shoir Ibroyim Yusupovning she’riyatining 
o‘ziga xoslik jihatlari, poetik mahorati, obraz yaratish usullari tahlilga 
tortilgan. 
Kalit so‘zlar: noyob iste’dod, betakror yozuvchi, ramziylik, shakl va 
mazmun, badiiy mahorat. 
O‘z xalqi e’zozlagan noyob iste’dod egasi, abadiylik ramziga aylangan 
shoirimiz–Ibroyim Yusupov. Ibroyim Yusupov 1929-yil 5-may kuni 
Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani Azot ovulida tug‘ilgan. Bilamizki, 
shoirning yoshlik yillari ovullarda, tog‘-yaylovlarda o‘tgan. Chopar ot kabi 
tez va shiddatli o‘tgan yillar, qilgan mehnatlari o‘z samarasini berib ikki xalq 
ya’ni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning shoiriga aylandi. Ibroyim 
Yusupov o‘zining serqirra ijodi, betakror she’riyati, publisistik asarlari va 
boqiy tarixi bilan adabiyotimiz darg‘alari qatoridan o‘rin olgan.
Uning “Baxt lirikasi”, “O‘ylar”, “Yetti navo”, “Dala orzulari” singari 
o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari, doston va poemalari qoraqalpoq va o‘zbek 
xalqining azaliy va ajralmas mulkiga aylangan. 
Shoirning she’riyat gulshaniga qo‘ygan qadami beqiyos edi. 
She’rlarida mazmun va shaklga, g‘oyaviy va badiiy xususiyatlarga alohida 
e’tibor bergan.
O‘zbekni o‘z og‘am etgan, 
Ulkan baxtni in'om etgan,
Bir qozonda osh dalmatian 
Mehri issiq tug‘ishganlik. 
Yuqoridagi berilgan “Tug‘ishganlik” she’riga alohida bir nazar solsak. 
Biz o‘zbeklar qoraqalpoq xalqi bilan ketib chiqishimiz, etnegenezimiz birdir. 
She’rda o‘zbeklarni o‘z og‘asidek yaqin ko‘rgani, hattoki bir tovoqda osh 


56 
yeganini aytib o‘tyapti. “Et bilan tirnoq bitta” degan naqllar ham bejiz paydo 
bo‘lmagan. O‘zbek va qoraqalpoq xalqi ham et bilan tirnoqqa o‘xshaydi. Et 
bilan tirnoqni ajratib bo‘lmaganidek, bu ikki xalqni ham yuqorida keltirilgan 
o‘xshatishlar kabi ajratib bo‘lmaydi. Misralarda qo‘llanilgan tashbehlarning 
hammasi shoirning so‘z qo‘llash mahoratini ochib bergan. 
Tomirimizda tug‘ishganlik qonimizga bor qotishgan,
Ota-bobo bir non topsa, birga bo‘lib totishgan,
Xalqimiz bor bir daryoning ikki bo‘yicha turib
“Assalomu alaykum!” deb nosvoy so‘rab o‘tishgan. 
Shoirning “Xorazmga” nomli she’ridan olingan misralarni ko‘rdik. 
Mazkur parchaning o‘zidayoq hayotning ixcham bir manzarasi ko‘z 
oldingizda gavdalangandek bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan she’rda xorazm va 
qoraqalpoq xalqining qo‘ni-qo‘shnichiligi, birdamligi-yu qadrdonligi, ikki 
xalqning tarixlari uzoq o‘tmishga borib taqalishini haqida ko‘plab she’rlar 
yozilgan. Lekin juda ko‘p shoirlar Ibroyim Yusupovchalik betakror, 
qahramonlarni zamon va ommaga mos talqin qila olmagan. Ijodkorning 
yaratgan nasr yoki nazmdagi ijodi xalqning qalbidan joy olsa bu uning eng 
katta yutug‘i hisoblanadi. 
Sahro gullarini sochay poyingga,
Navoiyni surgan qoraqalpoq bo‘lib,
Ibroyim der: ulug‘ ruhing oldida,
Bosh egayin shogirding Berdaq bo‘lib. 
“Navoiyga” nomli she’riga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, shoirning so‘z 
qo‘llash mahoratiga qolmaslikning iloji yo‘q. Shoir she’rning boshlanishini 
juda chiroyli o‘xshatishlar bilan boshlaydi. “Sahro gullarini sochay 
poyingga”. Bilamizki, Qoraqalpoq diyoring deyarli barcha qismi cho‘ldan 
ya’ni qumliklardan iborat. Sahroda qanday gul o‘sishi mumkin? Suvsiz joyda 
qanday tirik jon yashashi mumkin? Sahroda sahro guli bo‘lgan yantoq o‘sadi. 
Chunki u suvsiz joyda o‘sishga moslashgan. Bundan ko‘rinadiki, shoir 
she’rdagi har bitta so‘zni (ip terilgan dur kabi) nozik usullar bilan mohirona 
qo‘llagan. Hattoki ulug‘ ruhi oldida Berdaq (ya’ni qoraqalpoq xalqining 
shoiri, adabiy qahramoni) timsolida bosh egishini keltirib o‘tgan.
Bundan ko‘rinadiki, Ibroyim Yusupovning buyukligi buyuklarga 
izdoshligidan ma’lum bo‘ladi. Adabiyot gulshanining hikmatlar bulog‘idan 
ajib bir sado yangrab turadi. O‘sha sado har bir ijodkor uchun ham nasib 
etavermaydi. Lekin ikki xalqning buyuk farzandi – Ibroyim Yusupov uchun 
bu sadoning yangramasligi xato bo‘lsa kerak, albatta.
Maqolamizning 
O‘zbekiston xalq shoiri, elimiz suygan shoiri Muhammad Yusufning 
quyudagi bayti orqali xulosa qilamiz:
O‘lsa o‘zi o‘lar, so‘zi o‘lmaydi, 
Hamisha barhayot nasl shoirlar. 


57 
Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi, 
Yurakka ko‘milar asl shoirlar. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Umarali Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. –T.:Ma’naviyat.2000 
2. Ibroyim Yusupov “Tanlangan asarlar”. “Sharq” Nashriyot-Matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent, 2019 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling