Ikki elning tanti
IBROYIM YUSUPOV SHE‘RIYATI TAHLILI
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
IBROYIM YUSUPOV SHE‘RIYATI TAHLILI
Oqila Ahmadjonova Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi Odina Yusupova Farg‘ona davlat universiteti talabasi Annotatsiya Maqolada qoraqalpoq shoiri Ibroyim Yusupovning badiiy matnda so‘z qo‘llash mahorati va yozuvchi uslubi qator she‘rlari misolida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: so‘z, uslub, mahorat, xalq, ustoz, ijod maktabi, mahorat. Аннотация В статье анализируются навыки использования слова в художественном тексте Каракалпакского поэта Ибраима Юсупова и стиль писателя на примере ряда стихотворений. Ключевые слова: слово, стиль, мастерство, народ, мастер, школа творчества, мастерство. 75 Annotation The article analyzes the skills of using the word in the literary text of the Karakalpak poet Ibraim Yusupov and the writer's style using the example of a number of poems. Keywords: word, style, skill, people, master, School of creativity, skill. Badiiy asar yaratilar ekan, ijodkor borliqqa bo’lgan munosabatini so’z orqali ifoda etadi. Ilohiy kitoblarda aytilishicha so’z, dunyodagi barcha narsalarning asosidir. So’z inson va uning his-tuyg’ularini to’la ifodalab bera oladigan qudratga egadir. Har bir badiiy so’z rost va ravon bo’lmog’i uchun u eng avvalo, yurakka daxldor, uning qatlamlariga, ko’ngil hislarining tebranmalarga munosib va muvofiq bo’lmog’i lozim. Ikki xalqning yuragidan joy olgan, o’zbek-u qoraqalpoqni bir yong’oqning ikki mag’izidek yaxlit bilgan shoir Ibroyim Yusupov chin ma’noda yurt muhabbati bilan ijod qilgan shoirdir. Shoirning ta’kidlashicha unga Alisher Navoiy, Umar Hayyom, Nizomiy, Sa’diy Hofiz, Maxtumquli va Abay ustozlik qilgan, ularning ijod maktabi ta’sirida shoirlik mahorati shakllangan. Ibroyim Yusupov she’rlaridan birida buni quyidagicha ta’riflaydi: Sahro gullarini, sochay poyingga Navoiyni suygan qoraqalpoq bo’lib Ibroyim der: ulug’ ruhing oldida Bosh egayin shogirding Berdaq bo’lib. Ko’rinadiki, shoir o’zbekning buyuk shoiri Alisher Navoiy ijodini o’rganadi, uni sevib o’qiydi. Buyuk ijodkor oldida bosh egib, unga shogird bo’lishni istaydi. Buyuk ustozlar ijodi o’qib-o’rgangan, shakllangan ijodkor o’zi ham bir qancha she’rlar yozdi. Ibroyim Yusupovning ijod namunalaridan “Baxt lirikasi”, “O’ylar”, “Yetti na’vo”, “Ko’ngil, ko’ngildan suv ichar ”, “ Umr senga oshiqman”, “Buloqlar qaynaydi”, “Rahmat senga, zamonam” kabi she’riy to’plamlari har ikki xalqning ko’ngil tubidan munosib o’rin egalladi. Dog’istonlik mashhur shoir Rasul Hamzatov Ibroyim Yusupovni “qalblarni davolovchi shoir ”, “ Navoiy va Maxtumquli bilan bir qatorda turk tilli xalqlar she’riyatining bashoratchisi” 4 sifatida e’tirof etadi. Haqiqatdan ham, Ibroyim Yusupov ijoda davomida badiiy so’zlarni shunday mahorat bilan qo’lladiki, ushbu so’zlar yordamida bir qancha qalblardan o’rin oldi va “qalblarni davolovchi shoir” e’tirofini oqladi. Shoirning “Yaxshi odamlar” nomli she’rida: Yaxshi odamlarga yo’liqqan kuning, Uyqung shirin bo’lar, vaqting chog’ bo’lar Ko’ngling ko’tarilib, ko’ksing, tog’ bo’lar 4 https://yuz.uz/uz/news/ibroyim-yusupovni-anglamay-turib 76 Yaxshi odamlarga yo’liqqan kuning. vaqt va chog’, ko’ksing va tog’ so’zlarini shoir mohiyatan bir-biriga uyg’unlashgan holda berilgan. “Vaqting chog’ bo’lar”, “ko’ksing tog’ bo’lar” birikmalari ham mazmun-mohiyat xursandchilik va mamnunlikni ifodalaydi. Ikki satrda ham bir xil ma’no mujassam. Shunday, bir ma’noni ikki xil chizgilar orqali namoyon qilish shoirning yuksak so’z mahorati egasi ekanligidan dalolat beradi. Shoir bu she’rini tomomlar ekan yaxshi odamlar dunyo tirgagi ekanligini, ular bilan yuz ko’rishmoq baxt ekanligini qayta va qayta takrorlaydi. Yaxshi odamlardir dunyo tirgagi, Sen zinhor ulardan burma yuzingni Adolat tug’idir, ular yuragi Ularga boqib sen terga o’zingni, Ular-la har kun yuz ko’rishmoq baxtdir O’zing tushib, ko’ksing yayrab ketajak Ishdadir, yo’ldadir, quvonch – g’amdadir Ular mushkulingni oson etajak. Shoir til orqali adabiyotni, adabiyot orqali tilni boyitdi, xalq dunyoqarashini kengaytirib, qalblarga go’zallik, mehr-muhabbat urug’larini qadadi. Ibroyim Yusupov she’riyatida tasvir tiniqligi, aniqligi va betakrorligi bilan o’ziga xosdir. Shoirning 1988-yil chop etilgan, “Qora tol” she’riy to’plamidan o’rin olgan “Qizingiz go’zal bo’lsin, shoira bo’lsin ” nomli ijod mahsulida ham, avvalgilaridek so’zlar orasida mustahkamlik mujassam. Oppoq oy to’lg’onib, tug’ulmasdan kun, Eng yorug’ yulduzlar iqboli gulgun Aytmish, shivirlashib bari ushbu tun, Bugun sahar chog’i shodlikka to’lsin Vaqt yetib temirchi uyida bugun Qiz tug’ulib, oti Zulfiya bo’lsin. ushbu satrlarda qo’llangan lisoniy biriklardan eng e’tiborli va birlamchi ma’no yuklatilgan birliklar, ya’ni e’tibor tortuvchi so’zlar “temirchi” va “Zulfiya” iboralaridir. Shoir ta’riflagan bu mo’jazgina uyda, temirchi oilasida go’zal qiz farzand dunyoga kelishini xohlaydi. Uni Zulfiya deb nomlaydi. Shunda savol tug’ulishi tabiiy. Nega qizning ismi aynan Zulfiya? U qiz nega aynan temirchi oilasida tug’iladi? Qizning ismi Nodira, Lola bo’lsa bo’lmaydimi? Oilasi savdogar yoki ziyoli oila bo’lsa-chi? Bu kabi savollarning javobi oddiy. Shoir qo’llari qadoqdan chiqmaydigan, boshi mehnatdan uzulmaydigan bir oilada Zulfiyaxonimdek nur yuzli, go’zal, shoira qizaloqni dunyoga kelishini madh etadi. Shu qiz orqali bu xonadon 77 ma’naviyat va she’riyat gulshaniga aylanishini chin dildan istaydi va unga so’z vositasida erishadi. Xulosa qilib aytganda, Ibroyim Yusupov va uning she’riyati o’zining keng mavzu doirasi bilan o‘zbek va qoraqalpoq xalqining ko’ngliga manzur bo’lgan ijodkorlardandir. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling