Ikki elning tanti
SEN SO'NMAYSAN POEZIYA YULDUZI
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
SEN SO'NMAYSAN POEZIYA YULDUZI
Pirmatova Dilorom Ulugʻbek qizi Fargʻona davlat universiteti Filologiya fakulteti oʻzbek tili yoʻnalishi 2-bosqich 21.75-guruh talabasi Annotatsiya Maqolada Ibroyim Yusupovning «Yangilan, doʻstim!» she’ri tahlil qilingan. Kalit so‘z va iboralar: she’r, she’r tahlili, she’r g’oyasi, lirik qahramon. Аннотация В статье приводится цитата Ибраима Юсупова «Обновляйся, мой друг!» поэма проанализирована. Ключевые слова и фразы: стихотворение, анализ стихотворения, идея стихотворения, лирический герой. Annotation In the article Ibroyim Yusupov wrote "Update, my friend!" the poem was analyzed. Key words and phrases: poem, poem analysis, poem idea, lyrical hero. Har bir adabiy asar yozuvchining oʻzi yashagan muhitdan, ijtimoiy hayotdan, oʻzi mansub boʻlgan xalq hayotidan bir lavhadir. Sof tuygʻu va keng mushohadali shoir Ibroyim Yusupov o'z xalqining kuychisi, ardoqli vakili, soʻnmas ijodkoridir. Adib ijodi XXasrning 2-yarmi – XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil etadi. Tili sodda, xalqona, kuylari esa goʻzal, rangbarangdir. Teran o'ylar, yirik muhim gʻoyalar, yolqinli, yuksak, bokira tuygʻularni xalqning ming - ming yillar mobaynida yaratib, sayqallab kelgan tilida ifodalaydi. So'lim tabiat bilan keng, ko'zni quvontiradigan yaylov, sahrolar, dengiz va daryolar, g'oz-u 65 to'rg'aylar bilan tillashadigan xalqning tili boy boʻladi, fikrlar ifodasi ko'pincha obrazli boʻladi. "She'ring ko'zsiz bo'lsa, yuraging soʻqir!" deydi shoir. Bu bejiz emas, albatta. Shoirning qalbi xuddi oq varoqdek oppoq va chiroyli, mehri esa ummondagi chek-u chegarasi yo'q tomchilariga ega. Xoh she'rlaridan, xoh doston-u poemalaridan oʻqiylik, barcha -barchasida samimiylik hissi ufurib turadi. Ijodkorning hamma asarlari menga juda ham yoqadi. Mutolaa qilib sira ham charchamayman. Ijodkor qachon ijodkor? Hech o'ylab ko'rganmisiz ? O'zining maktabini yarata oladigan darajada yuksak asarlarga ega bo'lgandagina ijodkordir deb hisoblayman. Ibroyim Yusupov ham oʻzining maktabini ohori to'kilmagan qilib yaratib, biz yosh avlod uchun oʻrganish, bilim olish, izlanish uchun meros qilib qoldirgan. Quyidagi sheʼri oʻziga xos yaratilgan ekan. " Yangilan, doʻstim! " she'ri oʻziga xos tarzda yaratilgan. Dunyoda abadiy boʻlgan narsalar koʻp emas. Axir, oltin, qimmatbaho zargarlik buyumlari, ajoyib kiyim, qimmatbaho mashinalar va uylar - bularning barchasi yolgʻon, vaqtinchalik qadriyatlardir. Vaqt oʻtishi bilan ularning barchasi eskiradi, buziladi, yomonlashadi va modaga kirishni toʻxtadi. Ammo abadiy, haqiqiy qadriyatlar orasida uchta narsani nomlash mumkin Bular iymon, sevgi va doʻstlik. Doʻst - bu cheksiz hurmat va unga gʻamxoʻrlik qilishni xohlaydigan odam. Uning oʻzi har doim yordam berishga va yaqin boʻlishga tayyor. Koʻpincha shunday deyishadi : "Doʻstlar - bu biz tanlagan oila". Yangilan, doʻstim! Elga aytmas sirim senga Aytayin bu dam, doʻstim! Yangilansa zamon qalbi, Yangilan sen ham, doʻstim! Doʻstim, senga bir sir aytaman. Bu sirni hali beri elga ham, boshqalarga ham aytganim yo'q.Seni juda ham oʻzimga yaqin olganim uchun aytyapman. Agar zamonning qalbi yangilansa, sen ham eldan qolmay yangilan, ya'niki, el bilan doimo baravar yur. Xalqimizda bir maqol bor : " Ayrilganni ayiq yer, bo'linganni bo'ri yer ". Bu bejiz emas, albatta. Eskilik to'zib boradi, Yangilik - oziq boʻlar. Imoning borsa tozarib, Hayoting qiziq bo'lar Hamisha yangi narsalar oʻzgacha ruh baxsh etadi. Yangilik bilan eskilik yonma -yon turganda doimo yangilik muvaffaqiyatga uchraydi. Agar sening iymoning mustahkamlanib, yangilab borsa, hayoting qiziq nurafshon boʻladi. Yuk olmoqqa el kiftidan 66 Ayama g'ayratingni. Yangi ufqlar shu'lasin ich, Qamchila, G'irotingni! Elning yukini hamisha yengil qil. Elning dardi - sening darding. Qoʻlingdan kelgancha yaxshiliklar qil.Tong otgandan to quyosh botguncha barchaga yaxshilik qilib, yangiliklar qidir. Doimo hammadan duo olishga oshiqib yasha. Yaxshiliklaring yomonliklaringdan ko'paysin. Duo xaltachalaring og'ir bo'lsin.. Sen hech ham toʻxtab qolma. Izlan, intil. Otni qamchilagandek yaxshilik sari yugur. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling