Ikki elning tanti
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
Ki, yangi - bastakor Zamon,
Yangi sozla, sozingni. Yangi yo'llarda yotsirab, Bo'g'mag'il ovozingni. Bastakor qoʻshiqqa kuy bastalagandek sen ham zamon bilan hamnafas bo'l. Yangi yoʻllarda yurayotganingda, albatta, qandaydir toʻsiqlarga duch kelasan. Lek shu toʻsiqlarni qoʻrqmay yengib o't. Har qanday qiyinchiliklar muvaffaqiyatlar kalitidir. Dunyo - toshqin, oqar daryo U har on o'zgaradi. Kecha quloq eshitganin, Bugun ko'zing koʻradi. Dunyo jarangdor so'z-a? Shoir dunyoni nimaga toshqin, daryoga o'xshatyapti. Xalqimizda shunday naql bor : " Oyning o'n beshi yorugʻ, o'n beshi qorongʻu". Dunyo hech qachon bir xil muvozanatda turmaydi. Doimo harakatda, oʻzgaruvchan. Dunyo goʻyoki charxpalak kabidir. Masalan, bugun boysan, ertaga esa hech kiming yo'q gadoysan. Bu foniy dunyoning sinovi ham ana shunda. Fasl ranglardan kiyim kiysa, Yangila kiyimingni. Gar kerak, yangila: tuygʻu, Uy-roʻzgʻor buyumingni. Diyorimizda to'rt fasl o'z sehri va tarovati ila almashinib boradi. Barcha insonlar fasllarga moslab kiyinadilar.Sen fasllar almashgani sari tuygʻularingni ham almashtirib tur.Ginalaring boʻlsa unut. Bunday gina saqlab yurish yarashmaydi. Oxori ketsa o'zgart sen Fikring mag'z-u po'stini Biroq yangilay koʻrma hech Zinhor eski doʻstingni. Xalqimizda shunday naql bor : " Yangisini topganda eskisini unutma ". Doʻst shunday narsaki, goʻyoki yoʻlingni yoritguvchi mash'al kabidir. 67 Fikrlaringni, qarashlaringni oʻzgartirsang boʻladi. Lekin doʻstlarni hech qachon oʻzgartirib boʻlmaydi. Doʻstlikni suisteʼmol qilish gunohlarning eng yomonidir. Do'st ortdir yangi avloddan, Yot tuymasin oʻzingni. Lek oqil eski doʻstlardan Og'irmagin yuzingni. Do'stsiz hayotdan koʻra kimsasiz sahro yo'q; doʻstlik neʼmatni koʻpaytiradi, qiyinchiliklarni yengillashtiradi, ruhning tasallisidir. Darhaqiqat, do'stlarsiz hech qanday baxt yo'q. Ahboblardan qimmatroq narsa yo'q, shuning uchun ham imkon qadar ularni qoʻlga kiritish imkoniyatini yoʻqotmang. Yangi doʻstlar orttiring, dildan suhbatlashing, dardlariga malham boʻling , lek eski doʻstlaringizni yoddan chiqarmang. "Yangi koʻza - suvi toza", Yangi doʻst suyuk boʻlar. Biroq, mening kabi aslo Qalbing tushunmas ular. Yangi ko'zaga suv qoʻysangiz, suv tiniq koʻrinadi. Yangi narsalar hamma hammaga yoqadi.Yangi doʻstlar ham insonlarga yoqadi, koʻproq muloqotda boʻlishga intiladi. Ular haqida koʻproq maʼlumot olishga harakat qiladi. Yangi doʻstlarni topib, koʻproq suhbatlashib, meni esdan chiqarib qoʻyma. Bular mening kabi boʻlolmaydi hech qachon! Chunki men sening qalbingni tushuna olaman, his eta olaman, ular boʻlsa bilishmaydi. Zamon yangi lek oqkoʻngil Eski doʻstlaring boʻlsin. Koʻzlaring cho'gida xalq uchun Mehr lovullab tursin. Haqiqiy doʻst bizning ikkinchi oʻzimiz boʻlishi kerak; u hech qachon doʻstdan axloqiy goʻzallikdan boshqa narsani talab qilmaydi. Doʻstlik bizga tabiatan yaxshiliklarga yordamchi sifatida berilgan, yomonliklarda hamroh sifatida emas. Xalq uchun jonini fido qilishga tayyor har qanday doʻst sadoqat timsolidir. Koʻpchilikning dardini oʻylagan insondan yomonlik chiqmaydi. Xalqqa mehr bersa, mehr qaytadi. Yashamoqning qizigʻi yoʻq Oʻzingdan boʻlak menga " Xay, shoir! Kelmay ketding-ku!...." Deyishing kerak menga. Yashamoqning oʻzi nima ? Xuddi bir tansiq taomdek gap. Yeb tugatilsa, umr ham tugaydi. Doʻstlar - bu odamlar oʻrtasidagi munosabatlar, uni har kim yaratish mumkin. Eng yaxshi doʻstlari boʻlgan odamlar oʻzlarini 68 yer yuzidagi eng baxtli odamlar deb bilishadi. Haqiqiy doʻst sizning hayotingizda qora chiziq boʻlsa ham, siz tomonga boʻlishda qatʼiy qaror qilishadi. Qiyinchiliklar sizning eshigingizni taqqillatganda, yomon doʻstlar sinovdan oʻtishi dargumon.Ularning aksariyati sizdan yuz o'giradi yoki dushmanlaringiz bilan birlashadi, muvaffaqiyatli odamlarga boradi. Muvaffaqiyat va boylik sizdan ketishi bilan soxta doʻstlar sizni tanimayotganday qilib ko'rsatishadi, siz ular uchun begona boʻlib qolasiz.Haqiqiy doʻst esa sizning muvaffaqiyatlaringiz va yutuqlaringizdan chin dildan quvonadi va hech qanday holatda sizga yomonlik tilamaydi.Doʻstlikni qadrlash kerak, chunki zamonaviy dunyoda haqiqiy, sodiq, samimiy va xayrixoh doʻstlarni topish juda kam uchraydi. Yaxshi doʻstlar bir-birlariga ishonadilar. Doʻstlikni qadrlaydigan va yaxshi doʻst boʻlishni biladigan odamning sodiq va ishonchli doʻstlari bor. Agar biz kimgadir yordam berishga harakat qilsak, bu yaxshilik bizga qaytadi va biz oʻzimizning " ulugʻvorligimizni " topamiz. Yaxshi doʻstlar boʻlishi uchun, siz oʻzingiz yaxshi doʻst boʻlishingiz kerak! Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ibroyim Yusupov " Qoratol". Toshkent. G'afur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1988. 58 bet. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling