Ikki elning tanti
TABIAT TASVIRIDA MUHABBAT VA VATANPARVARLIK
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
TABIAT TASVIRIDA MUHABBAT VA VATANPARVARLIK
IFODASI Abduraxmonov Abdurashid, FarDU tayanch doktoranti Annotatsiya: mazkur maqolada Ibroyim Yusupovning tabiat tasviridan foydalanish mahoratiga baho berilgan. Muallifning “Bulbul uyasi” dostonidagi insonlar, qushlar, jonivorlar obrazlari tahlilga tortilgan. Аннотация: в данной статье оценивается умение Ибраима Юсупова использовать образы природы. Анализируются образы людей, птиц и животных в авторском «Соловьином гнезде». Abstract: this article evaluates Ibrayim Yusupov's ability to use nature images. The images of people, birds and animals in the author's "Nightingale's Nest" are analyzed. Kalit so‘zlar: tasvir, obraz, ramz, tamziy obraz, mahorat, badiiy g‘oya. Ключевые слова: образ, образ, символ, символический образ, мастерство, художественный замысел. Key words: image, image, symbol, symbolic image, skill, artistic idea. Badiiy adabiyotda tabiat tasviri, qaysi adabiy tur, janr bo‘lishidan qat’i nazar muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ibroyim Yusupov ijodida ham tabiat tasviri, u orqali ijodkorning badiiy niyati, ilgari surgan g‘oyasi, xis-tuyg‘ulari va kechinmalari o‘z aksini topgan. Muallif asarlarining ba’zilarida tabiat o‘z ma’nosida kelsa, ba’zilarida ramziy obraz va yana ayrimlarida jonli detal vazifasini o‘taydi. Shoirning “Qoratol” to‘plamiga kiritilgan qator she’rlari va “Bulbul uyasi” dostonida tabiat tasviri orqali ko‘plab insoniy g‘oyalar ifodasini uchratish mumkin. Adabiyotshunslikda badiiy obrazga – adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi [1.42] sifatida ta’rif beriladi. Ijodiy metod taqozosiga ko‘ra predmetlar, o‘simliklar, narsalar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtirish simvolik obrazlarni yuzaga keltiradi [2. 58]. “Bulbul uyasi” dostonida uchraydigan tabiatning har bir bo’lagi(changalzor, qushlar, bulbul, uning uyasi va h.k) badiiy obraz sifatida asarda ramziy ahamiyatga ega. Doston Kegeylining (Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tuman, nomlanishi undan oqib o‘tuvchi Kegeyli kanalining nomi bilan bog‘liq. Qirg‘oqlarida kegay – turang‘i butazorlari bilan qoplangan, kanalning va tumanning nomi shundan kelib chiqqan)[3.] changalzorida, 51 buzilgan uyadagi nomalum qush polaponing ayanchli qiyofasi tasviri bilan boshlanadi. Kaftlarimga olib, suyib, isitib, Ne tur qush, bilmadim turini, esiz. Chumchuqmas; qandaydir kamyob zot edi, Chiqqan po‘chog‘i ham birgina, yog‘iz. [4.93]. Aslida, bulbulning “jo‘jasi” ekanligi dostonning keyingi o‘rinlarida oydinlashib boradi. Biroq muallif polaponning qaysi qush bolasi ekanini avvalboshdan oydinlashtirmaydi. Ya’ni, inson bolasining ham kelajakda qanday odam bo‘lishi nomalum ekanligiga ishora qiladi. Badiiy adabiyotda bulbul xushovozlik, oshiqlik ramzi ekanligi dostondagi muallim obrazi bilan yana bir bor o‘z isbotini topadi. Bundan tashqari, bulbulovozlik muallimning faqatgina muhabbatini, tuyg‘ularining ifodasi bo‘libgina qolmay kayfiyati, urushda dushmanni chalg‘ituvchi xiyla sifatida ham keltirilgan: O‘rmonda qush ovoziga berib zeb, Dushman toza g‘ofil qolib, esin yeb, “Til” tutarkan serjantimiz mard-o‘ktam, Polkida ham nom olgandir “Bulbul” deb. [4. 98]. Urushda “razvedkachi” bo‘lgan, bulbulovozligi qo‘l kelib kata natijalarga erishayotgani, serjantlik darajasini olganligi haqida front gazetasi ham “Sayra, bulbul” nomli maqola bosiladi. Dostonda muallimga ism berilmagan, biroq lirik qahramon, xalq va frontdagi safdoshlari tomonidan unga Bulbul deb ism qo‘yilgan. Dostonda bir nechta qushlar nomi keltirlgan va ular yashash tarzi, ranggi, qiyofasi va ovoziga qarab turli xarakterdagi insonlarning ramzi sifatida keltirilgan. O, Ona tabiat, sen na donishmand! Ul kamyob qush, bildim, bulbulga dilband!, Bulbul chumchuq kabi ko‘paysa, balki Istedodning qadri bo‘lmasdi baland… Bu na yo‘ruqlardir oliy va odil, Tikan himoyasi ostidadir gul. Tovusga husn berib – ovozdan qisgan, Kamtar ko‘rimsizdir hushovoz bulbul. [4.123]. Muallif tabiat “oliy va odil ” qonuniyatlari, muvozanatning buzilmasligi uchun hammaga ham iste’dod berilmagani, aks holda bulbulning qadri bo‘lmasligini original tashbeh bilan ifodlaydi. Biroq barcha insonda o‘ziga xos bir xususiyat bo‘lishi(tovushga husn berilgani, lekin ovozdan “qisgan”i), faqat bu qobiliyat xalq, jamiyat uchun naf keltirsagina manfaatli bo‘lishini ta’kidlaydi. Dostonda qaldirg‘ochlarning elektr simlarida qator turib sayrashi – chiziqlarda turgan musiqa notalarga, bahor faslini ularni kuylashga 52 undaydigan drijyorga qiyoslaydi. Bedazorlar buzilib, bedanalarning kamayib ketganligini aytish orqali bu qushning odamlar tomonidan “saroy honandasi” holatiga tushirilishi, qafasga solinishi, erkidan ayrilishga ishora qilinadi. Asarda ismi keltirilga yagona jonzot – obraz bu Muskatdir. Muallif boshqa birorta qahramoniga ism bermaydi. It obrazi adabiyotda asosan sadoqat ramzi sifatida kelishi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topgan. Muskat faqat o‘zining egasini emas, balki samimiy, yomonligi bo‘lmagan insonlarni to‘g‘ri farqlay olishi asarning badiiy-estetik saviyasini oshirishga xizmat qilgan. Muallif – lirik qahramon urush davrida “tabelchi” bo’lgan. Tunda muallimning uyi derazasiga qarab uxlab qolgani, Muskat uni qopib olmasdan yuzini yalab uyg‘otishi bolaning niyati yomon emasligiga to‘g‘ri baho bera olganidir. Muallif bulbulning buzilgan uyasi orqali urush sabab dastlab insonlarning ruhiyati, kayfiyatidagi, taqdiridagi evrilish, oila va turmush, jamiyat, vatan va dunyoning vayron bo‘lganini tasvirlaydi: Dunyo – xavf- xatarli changalzor ichra, Bulbulning omonat uyasi yanglig‘.[4.124]. Asardagi sovuqdan polponini pana qilib, o‘zi halok bo‘lgan qush bir qarashda mehribon ona. Dostonni o‘qish davomida esa dovuldan polaponi – urushdan xalqni, uning kelajagini, vatanni himoya qilgan mardlar ramzidir. Ibroyim Yusupov mazkur dostonida buzilgan qush uyasi va undagi bulbul bolasi orqali butun bir davrni, ko‘plab taqdirlarni, uch avlod qismatini, urush davri xalq hayotini aks ettira olgan. Umuman muallifning ijodida changalzor, qushlar, jonivorlar, tog‘ va suvliklar orqali vatanga bo‘lgan muhabbat, insoniy tuyg‘ular va kechinmalar o‘z aksini topgan. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling