131
IBROYIM YUSUPOV XOTIRASIGA
Shoirlik osonmas, shoirlik otash,
Qirovli yo‘llarda xayollar sarson.
Tinchimas vujudlar olovda sarkash,
Shoirlik yurakka qadalgan kamon.
Jayhun shamollari isingiz olib,
Qoraqalpoq uzra taratar mudom.
She'ringiz ko‘ksimga
matonat solib,
Tuyg‘ular uyg‘ondi javobsiz, benom.
Erklikni istagan kuylaringizdan,
Xalq dardi bir qadar bo‘ladi sokin.
Qanoat balqigan o‘ylaringizdan
Bitib qolaverdi yurakning choki.
Cho‘g‘larda toblandi qadamlaringiz
Qalamda sinaldi mehr-muhabbat.
Qog‘ozga
aylandi alamlaringiz,
Nomingiz mangudir abadul abad.
Shoirlik osmondir, har shoir yulduz.
Uchgan yulduzlarga aytarmiz tilak.
Ijoddan charaqlab kecha-yu kunduz,
Siz qutb yulduzi bo‘lsangiz kerak.
Bir xalq bor madh etar bo‘lagingizni,
Ko‘zlarda
porlaydi ishonch, sadoqat.
Ekib ketgansiz-ku, yuragingizni,
Nafsning poyiga etmay itoat.
Bayroqlar hilpirar
yodingiz misol,
Bahor chechaklarin birga tutamiz.
Qadrdon so‘qmoqlar bo‘ladi timsol,
To‘rg‘aylar izini hamon kutamiz.
Tassanolar
aytay qadim Chimboyga,
Jayhun shabbodasi yeladi o‘ktam.
Iqboli qo‘shilib sabr, chiroyga,
Qoraqalpog'iston yashagay ko‘rkam.
Gulshanoy Isaqova
Filologiya fakulteti
21.72-guruh talabasi
Do'stlaringiz bilan baham: