129
Ushbu she‘r qardosh qoraqalpoq xalqi, nafaqat qoraqalpoq, balki
o‘zbek xalqining ham sevimli, ardoqli shoiri Ibroyim Yusupov xotirasiga
bag‘ishlanadi. Xalq o‘rtasidagi do‘stlik abadiy bo‘lsin.
DO‘ST
Mehnat desa yeng shimargan polvonday,
Aravada tog‘ keltir de, keltirar.
Do‘stlik desa, yulduz topib olganday,
Oq ko‘kragin ezgulikka to‘ldirar.
Ibroyim Yusupov
Bir zaminda ulg
‘aydik-ku, axir , do
‘st,
Boshimiz ustida samoyimiz bir.
Tarqalganmiz axir Odam Atodan
Bizni tuqqan Momo Havoyimiz bir.
Bir turkiymiz bir adirda ot chopgan,
Yelkadoshmiz qo
‘shinimiz bir, og
‘a
Kuylaganmiz “Alpomish’’ni jo
‘r bo‘lib,
Dostonlar-u qo‘shig‘imiz bir, og‘a.
Sen musulmon , men musulmon, birodar
Qiblamiz bir, Buyuk Qur’onimiz bir.
Bir Amudan suv
ichamiz ikkimiz
Ajdodlardan meros- Turonimiz bir.
Boshda qalpoq boshqa bo‘lsa ne bo‘pti?
Og‘a-inim - sensan, ishon, birodar.
Mushtarakdir sen-la butun taqdirim.
Sen-da inson, men-da inson, birodar.
Nifoq solmoq istar yovlar o‘rtaga
Men- do‘sting, unutma, ag‘yorimiz bir.
Bir tuproqdan paydo bo‘ldik, azalda
Oxir boradigan mozorimiz bir.
Oxir boradigan mozorimiz bir…
Baxtiyorjon Xalimov
Filologiya fakulteti
19.78-guruh talabasi