Ikki elning tanti


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

ӘДЕБИЯТЛАР 
1. Ахметов С. Қарақалпақ әдебий сыны, – Нѳкис. «Қарақалпақстан». 1993. 
2. Әжинияз. – Нѳкис, «Қарақалпақстан». 1975. 
3. Михалков С. Ѳз жанрыӊды таӊлап ал. «Устаз» газетасы, 7-январь, 1999.
4. Юсупов И. «Ойлар». – Нѳкис. «Қарақалпақстан» 1960. 
5. Юсупов И. Заман ағымы. – Нѳкис «Қарақалпақстан», 1968. 
6. Юсупов И. Таӊлаўлы шығармаларыныӊ еки томлығы. 1 том. – Нѳкис. 
«Қарақалпақстан», 1992. 
7. Юсупов И. Уллы Ўатандарлық урыстан кейинги қарақалпақ поэзиясы 
//«Әмиўдәрья» журналы,1958, №9. 
8. Юсупов И. О, қандай әжайып // «Жас Ленинши» газетасы, 1962, 6-май, 
№3. 
9. Юсупов И. Үш шайыр // «Әмиўдәрья», 1976, №5. 
10. Юсупов И. Уллы дѳретиўшилик дәўирдиӊ лапызлы кѳркем сѳзи 
ушын» //«Әмиўдәрья» журналы, 1976, №5. 
11. Юсупов И. Руўхый мәдениятымыздыӊ ықлымлары ҳаққында 
//«Еркин Қарақалпақстан» газетасы, 1996, 1-августь, №92. 
12. Юсупов И. Руўхый мәдениятымыздыӊ ықлымлары ҳаққында // «Еркин 
Қарақалпақстан», 1996, 27-августь, №103. 
 


119 
IBROYIM YUSUPOVGA BAG‘ISHLANGAN SHE’RLAR, 
TARJIMALAR
 
O‘ZBEK QIZI GULISTON 
(Ibroyim Yusupov she’ri) 
 
Ulg‘aytirdi baxtiyorlar o‘lkasi, 
Xalqing misli bir og‘amdek tug‘ishgan. 
Qayta tuqqan – kun chiqishning erkasi, 
Salom senga, o‘zbek qizi Guliston! 
Guliston! 
Yodingdami bizlar bir yil, bir kunda, 
Oliygohning ostonasin hatladik. 
Sen Toshkentda, men Nukusda yurganda, 
Sog‘inchlarni ayriliqqa sotmadik. 
Yodingdami “Bo‘zsu soyin” bo‘yida, 
Dam olish kun gullar terib yurganing? 
Yoz oqshomi, oyli tunning qo‘ynida, 
Bir umrga do‘stlikka qo‘l berganing. 
Guliston! 
Sening umring qumsab to‘lg‘anib bahor 
Ochilganda bog‘larining lolasi. 
Gullar o‘sar Amuning bo‘ylarida, 
Seni suyar qoraqalpoqning bolasi. 
Sog‘indim deb, xat yozibsan yaqinda, 
Yuboribsan esdalikka dastro‘mol. 
Deb yozibsan: “Gulistonni sog‘insang, 
Ulug‘ qurilish maskanidan xabar ol”. 
Guliston! 
Ul qurilish maydoniga borsang gar
Sen otlangan kunda men ham chiqqanman. 
Bilgil, ulug‘vor GESni qurish-chun,
Shul makonga kelishingni uqqanman. 
Mana bugun qo‘lda diplom, ko‘zda yosh – 
Yana uchrashdik asov daryo bo‘yida. 
Men – muhandis, o‘zbek qizi – shifokor, 
Yengilmaymiz o‘limga-da, qiyinda. 
Guliston! 


120 
O‘rik gullaridek oppoq tishingdan 
O‘ngurlarga nur to‘kilar kulganda. 
Yorga yoqqil, elga sodiq bo‘l degan, 
Ona Vatan senga baxtni bergan-da. 
Jonday do‘sting Chimboylik qiz ikkoving 
Bilimga boy eding ilm soyida.
Birga o‘qib, birga o‘ynab, bir yurib, 
Va juft bo‘lib choylashgandik joyida. 
Guliston! 
Aspirant ham bo‘ldi do‘sting bu kunda 
Qoramiq ko‘z, qarindoshim bo‘l mening. 
Ko‘rsam edi Maskovga ham ketarda
“Baxtliman, og‘ajon”,-deb kulganing. 
Nazar solgin anavu eski Sharqqa, 
Azob chekkan ko‘p ellarning xalqi bor. 
Unda qizlar ko‘zin suzib olisga 
To‘rga tushgan qumri qushday talpinar. 
Guliston! 
“Mangu baxti kulgan bir el bor” desin 
Oqshomlari ertak aytib o‘tishsa, 
Bugun hayot haqiqatin angladim
Baxt rishtasin esganligin qay tusdan. 
Guriyes loyin tebratganda shamollar, 
Eron qizi Gulbahramga xushbo‘y sas 
Yelpiganin qay yerlardin gullarning. 
Aytay Xitoy tog‘larining ilhomi 
Erib ketgan, bo‘g‘otlarni sindirgan. 
Guliston! 
Baxti uchun, umr uchun, erk uchun, 
Ko‘rgil koreys qizlarining yurishin. 
Aytar o‘zbek qizlarining erkidan 
Shol qudrati taslim bo‘lib turishin. 
Bugungi kun zo‘r daryolar bo‘yida. 
Esga kelgan qurilishlar rejasi. 
Guliston! 


121 
Mangu tanish, umr g‘amin o‘ylaysan, 
Kokillaring Farg‘onaning yeliday. 
Oppoq xalat ichinda ham ko‘rkamsan, 
Xilpiragan oq paxtaning guliday. 
Sen baxtingning mo‘l-ko‘lligin quritding, 
Ayriliqning donin sepding mudom-a! 
Qiyos etmam Nyu-York, Parijdan go‘zal, 
O‘ljasidan marjon taqqan tanam-a! 
Guliston! 
Armoningmi haqiqatdan egilib, 
Qo‘shig‘ing-la turmushingni yondirgan. 
Olqish aytgum chin tilak-la, er yurak, 
Oltin sochli qizlarni ham tondirgan. 
Mana yana bahor keldi gurkirab,
Biz turibmiz asov daryo bo‘yida,
Kalxat misol titraydi-ya to‘lqinlar.
Senga o‘xshash qushlar sirin sotmaydi,
Bizda bu qush bor!
Guliston! 
1952 yil, Toshkent. 
Qoraqalpoq tilidan
Farida ANIS tarjimasi 


122 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling