Ikki elning tanti


IBROYIM YUSUPOV XOTIRASIGA


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

IBROYIM YUSUPOV XOTIRASIGA 
Majnuntollar majnun bo‘lib tug‘ilganmi? 
Qaddi sog‘inch yo xasaddan bukilganmi? 
Haqqa savol: abadiyat hadya etgan 
Shoiringga baxt duosi o‘qilganmi? 
Jayhun, mavjlan, mavjlaringdan tinsin dunyo, 
Ibroyimning tirikligin bilsin dunyo. 
Kegaylining sohilidan chopar yoshlik, 
Chimboy bulog‘idan ilhom topar yoshlik. 
Ona tuproq har zarrasin she’rga solgan, 
Shoir o‘sdi oriq bo‘yin, qora qoshlik. 
Jayhun, mavjlan, mavjlaringdan tinsin dunyo, 
Ibroyimning tirikligin bilsin dunyo. 
Ko‘nglidagi keng dunyoni kuylab o‘tgan,
Dunyolarga teng dunyoni kuylab o‘tgan, 
Tomirida jo‘sh urgan ishq haroratin
Ikki millat yuragiga joylab o‘tgan. 
Jayhun, mavjlan, mavjlaringdan tinsin dunyo, 
Ibroyimning tirikligin bilsin dunyo. 
U o‘zbekmi, qoraqalpoq-bari birday, 
Qadim Turon mehr sutin ichib o‘sgay. 
She’r yurakli alp bahodir she’riyati, 
Qardoshlarin ayirganning yo‘lin to‘sgay! 
Jayhun, mavjlan, mavjlaringdan tinsin dunyo, 
Ibroyimning tirikligin bilsin dunyo! 
She’r kuchining buyukligin bilsin dunyo! 
Nargiza Bannapova, 
Filologiya fakulteti
2-bosqich magistranti


126 
QORAQALPOQ SHOIRI IBROYIM YUSUF XOTIRASIGA 
O‘zbekda Muhammad Yusuf bor edi 
Ibroyim Yusuf bor Qoraqalpoqda. 
Bahorga so‘zlasam tanirman – dedi 
She’r bo‘lib to‘kildi yaproq butoqdan. 
Har chechak kuyladi, har maysa jo‘shdi 
Bog‘larning boshlari bukildi Ohdan. 
Bir qabr poyida qizg‘aldoq o‘sdi 
Shivaladi yomg‘ir Qoraqalpoqda. 
Ikki so‘z zargari, ijod dahosi 
Ijodki, munavvar hislarga doir. 
Shoirlar ichida eng bebahosi 
Vatanni yurakka ko‘chirgan Shoir. 
Uch payg‘ambar ismi ikki jismda 
Pokiza satrlar nurlanur chunon. 
Sel bo‘lib o‘qirman, ikki buyuk qalb 
Ikki Vatanparvar bo‘lar namoyon. 
Arab ohusiga sust ketmaydi dil 
Baxmal qo‘zisiga muhabbati bor. 
Bu Xalqning samimiy, mag‘rur, soddadil 
Ibrohimi bordir, Muhammadi bor! 
Ko‘ngil na rayhonu lolani tilar 
Yovshanning islari dilga yaqinlar. 
Kegayli suvida suzgan baliqlar 
Ibroyim Yusufdan bersinlar xabar. 
O‘zbekda Muhammad, Ibroyim Yusuf 
Qoraqalpoqdaku, ammo aytaman. 
O‘zbek bo‘lar edi agar bu shoir 
Dunyoga kelganda yana qaytadan. 
Muhammad Yusufga aka yo uka 
Jigari, eng yaqin yo‘ldoshi bo‘lib. 
Yashagan bo‘lardi hech bo‘lmaganda 
Do‘sti, birodari, tengdoshi bo‘lib. 


127 
Chunki jon tomir bir, o‘q ildiz bitta 
Tuyg‘ular hamohang, hislar mushratak. 
Shoirman deganlar bugun o‘zbekda 
Ibroyim Yusufni bilishi kerak. 
Toki ustozlarning izidan o‘sib 
Yuksalib bormoqlik qalb shioridir. 
Ikki xalq shoiri Ibroyim Yusuf 
Ikki el farzandi, iftixoridir! 
Dilobar Gafurova
Filologiya fakulteti
2-bosqich magistranti


128 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling