O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26- aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog`ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tavallud topdi


Download 15.47 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi15.47 Kb.
#1453052
Bog'liq
M Yusuf 2023


G`allaorol tumani 79-umumiy o`rta ta`lim maktabida buyuk mutafakkir shoir O`zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludinining 67 yilligiga munosabati bilan o`tkazilgan yig`ilish


B A Y O N N O M A S I


Yigilish raisi F.Qorabekov
Kotibi B.Karimberdiyeva


O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26- aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog`ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tavallud topdi.
O`rta maktabni tugatgandan so`ng Respublika Rus tili va adabiyoti institutini 1978 yilda tamomladi. Uning dastlabki she’rlaridan namunalar 1976-yilda ,,O`zbekiston adabiyoti va san’ati ‘’ haftaligi sahifalarida chop etiladi.
1978-1980-yillarda Respublika ,,Kitobsevarlar’’ jamiyatida , 1980-1986-yillarda ,,Toshkent oqshomi’’ ro`znomasida , 1986-1995-yillarda esa G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida , 1992-1995-yillarda ,,O`zbekiston ovozi ro`znomasida, O`zbekiston milliy axborot agentligi (o`zA)da xizmat qildi. 1997- yildan e’tiboran shoir O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari etib tayinlandi.
She’riy to`plamlari: ,,Tanish teraklar’’ (Birinchi she’riy to`plami) (1985),,,Bulbilga bir gapim bor’’ (1987), ,,Iltijo’’ (1988), ,,Uyqudagi qiz’’(1989), ,,Halima enam allalari’’ (1989), ,,Ishq kemasi’’ (1990), ,,Ko`nglimda bir yor’’(1990), ,,Bevafo ko`p ekan’’ (1991), ,,Yolg`onchi yor’’, ,,Erka kiyik’’(1992), ,,Osmonimga olib ketaman’’.
Dostonlari: ,,Osmonning oxiri’’, ,,Qora quyosh’’.
Muhammad Yusufga ,,Uyqudagi qiz’’ nomli she’riy to`plami uchun Respublika Yoshlar mukofoti, 1998- yilda yuksak ijodiy yutuqlari uchun ,,O`zbekiston xalq shoiri ‘’ unvoni berildi.
Muhammad Yusuf 2001-yilning 31- avgustida Qoraqalpog`istonning Ellikqal’a tumanida ijodiy safar chog`ida yuzlab muxlislari qarshisida she’r o`qiyotgan paytda yurak xurujidan vafot etdi. Xuddi Boburdek, Shavkat Rahmondek Muhammad Yusuf ham bor-yo`g`I 47 yil umr ko`rdi. Biroq bu umr bir dilbar shoirning tug`ilishi, kamol topishi,o`zini voyaga yetkazgan yurt va millatga samimiy va ixlos ila xizmat qilib, ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi.


Yigilish raisi F.Qorabekov
Kotibi B.Karimberdiyeva

“TASDIQLAYMAN”


Maktab direktori:
____________ F.Qorabekov


O`zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludinining 67 yilligiga munosabati bilan o`tkazilgan yig`ilishga bagishlab o`tkaziladigan

TADBIRLAR REJASI



t/r

Bajariladigan ishlar mazmuni

Bajarilish muddati

Mas’ul shaxs

1

O`zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludinining 67 yilligiga munosabati bilan o`tkaziladigan yig`ilishga tayyorlash



15.03.2023

Maktab ma’muriyati targ`ibotchi

2

Maktabda ma’naviy-marifiy tadbirlar o`tkazishga o`quvchilarni tayyorlash.

28.03.2023

Maktab ma’muriyati Sinf rahbarlari

3


Bajarilgan ishlar yuzasidan XTBga yozma axborot berish

27.04.2023

N.Nazarova



Tadbir tuzuvchi: ___________________ R.Jumanazarov
Download 15.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling