Ikki elning tanti
HAVAS YETAKLADI MENI YOZMOQQA
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- EL FARZANDI, SHOIR, IBROYIM YUSUPOV XOTIRASIGA
HAVAS YETAKLADI MENI YOZMOQQA
Ona yurt tuprog‘iga qo‘yib boshini Yotar ekan unda bir qardosh lochini. Qozoq, qirg‘iz, turkman mening og‘am degan, Ovullarda qo‘ylar so‘yib, palov yegan Ibroyim Yusupovga qilaman havas. Qardoshlikni qoni oqqan yuragida Yuksal vatan, degan har on tilagida. Men tayyorman doim xalqning keragida, Elin maqtab she‘rlar bitgan Kegaylida Ibroyim Yusupovga qilaman havas. Qoraqalpoq yurtim mening jannatim der, Amudaryo sensan o‘zing davlatim der. Dostonlaring tariximdir, o‘tmishim der, O‘tovlaring xuddi saroy savlatim der Ibroyim Yusupovga qilaman havas. Vatan, senga havas qilar barcha ellar Tuprog‘ingda mangu yotar qancha erlar. Alpomish-u Barchinoylar ko‘plab derlar Madhlar etib yozay deyman doston, she‘rlar, Ibroyim Yusupovga qilaman havas. O‘zbekiston qahramoni, tog‘dayin qaddi, Ikki qardosh ellarning-da suyuk dilbandi. Ajiniyoz, Berdaq kabi otashin dardi, Xalqi uchun labbay degan asl farzandi Ibroyim Yusupovga qilaman havas. Dilnavoz Abdurahimova, Filologiya fakulteti 20.93-guruh talabasi 147 EL FARZANDI, SHOIR, IBROYIM YUSUPOV XOTIRASIGA Ming toʻqqiz yuz yigirma toʻqqiz Shamollar esdilar, nasimlar yeldi. Shunday ajabtovur, ajib bir kunda Ibroyim Yusupov dunyoga keldi. Oʻtli yuragidan uchqunlar chiqdi, Millatim, elim deb yondi tun-u, kun. Diliga sig‘madi, ishq-muhabbati Vatanini dildan sevgani uchun. She’r qilib chiqardi, dildan borini... Toʻkib soldi barin qogʻoz yuziga. Vatanin kuyladi har bir she’rida Vatanni mavzu deb oldi oʻziga. Har satri dillarga oʻt yoqdi beun, Zabonlar soʻzlashdan qoldilar nogoh. Ustoz she'r oʻqirdi bunda jimjitlik Va omma tomonga tikilgan nigoh. Ming toʻqqiz yuz qirqinchinchi yilda She’riyatni uqa boshladi. Xuddi shu yil ustoz she’rlari Gazetada chiqa boshladi. Qarang bu chin Vatan farzandi Yozdi bunda ilk kitobini. Ming toʻqqiz yuz qirq oltinchi yil “Vatanim” deb qoʻydi nomini. Soʻngra ustoz qancha-qanchalar Oshib-toshib kitoblar yozdi. Poemalar, pyesa hamda Shogirdkarga xitoblar yozdi. Ta’rif etdi Navoiyni ham Shekspir ham qolib ketmadi. Bayron, Pushkin, Gyote, Hayyom Va Shiller ham qolib ketmadi. Ustoz yozdi koʻplab kitoblar, Qoʻldan qoʻlga oʻtib ketadi. Tarjimalar qilar odamlar Barcha elga oʻtib ketadi. Oʻqib chiqar endi avlodlar, Koʻplar undan fikrat oladi. Ustoz yozgan asrlaridan Avlodlari ibrat oladi! Samandarbek Mamadaliyev, TATU Farg‘ona filiali, Kompyuter injineringi fakulteti 613.22-guruh talabasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling