Ikki elning tanti
IBROYIM YUSUPOVGA BAGʻISHLOV
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAVAS YETAKLADI MENI YOZMOQQA
IBROYIM YUSUPOVGA BAGʻISHLOV
Qoraqalpogʻiston - nazmiy oʻlkadir, Tomirdan she'r oqar yuraklariga. Bir shoir ulgʻayar erksevar, oʻktam, Azot ovulining etaklarida. Uning o'ylamlari togʻlardan baland, Havoyi hislarga, tuygʻularga zid. Vatan deb yashadi, vatan deb yondi, Qora qalpoq kiygan oqkoʻngil yigit. Fidolar millatga boʻlur sharaf -shon, Oʻzdan kechgan umr koʻrmagay zavol. Shoir sheʼrlarini takrorlab yashar Qizil kendir bilan shivirlashgan tol. Ibroyim Yusupov - asl ezgu nom! Undan yovuzliklar oti yiroqdir, Shoir degan nomga munosib, loyiq, Uning asarlari mangu buloqdir. Sarvinoz Tursunova, Filologiya fakulteti 22.89- guruh talabasi 140 SAHRODAN CHIQQAN DAHO Orol quridiyu,qurimadi til, Po'lat zirh misoli she'riyat qoldi. Dunyoga tanitib qoraqalpoqni, Berdaqning o'rnini yuz Berdaq oldi. Bu suluv millatning qadim va shirin, Lafzida yaratib turkona na'vo. Vulqondek otildi qumlik bag'ridan, Ibroyim Yusupov atalgan daho. Deydilar:"Shoirlar millatning joni", Joni bor tana ham mayit atalmas, Bu yurtning bor ekan Ibroyimlari, Uni mash'um yo'qlik mag'lub etolmas. Aylanay,ey aziz qoraqalpog'im, Ummoning aylanar yashil ummonga. Yangi Ibroyimlar tuhfa qilaver, Borliging ko'rsatib jumla jahonga. Nigina Qodirova, Filologiya fakulteti 22.89- guruh talabasi 141 HAVAS YETAKLADI MENI YOZMOQQA Ona yurt tuprog‘iga qo‘yib boshini Yotar ekan unda bir o‘zbek lochini. Qozoq,qirg‘iz,turkman mening og‘am degan, Ovullarda qo‘ylar so‘yib, palov yegan Ibroyim Yusupovga qilaman havas. Qardoshlikni qoni oqqan yuragida Yuksal vatan,degan har on tilagida. Men tayyorman doim xalqning keragida, Elin maqtab she‘rlar bitgan Kegaylida Ibroyim Yusupovga qilaman havas. Qoraqalpoq yurtim mening jannatim der, Amudaryo sensan o‘zing davlatim der. Dostonlaring tariximdir,o‘tmishim der, O‘tovlaring xuddi saroy savlatim der Ibroyim Yusupovga qilaman havas. Vatan,senga havas qilar barcha ellar Tuprog‘ingda mangu yotar qancha erlar. Alpomish-u Barchinoylar ko‘plab derlar Madhlar etib yozay deyman doston, she‘rlar, Ibroyim Yusupovga qilaman havas. O‘zbekiston qahramoni, tog‘ dayin qaddi, Ikki qardosh ellarning-da suyuk dilbandi. Ajiniyoz, Berdaq kabi otashin dardi, Xalqi uchun labbay degan asl farzandi Ibroyim Yusupovga qilaman havas. Dilnavoz Abdurahimova Filologiya fakulteti 20.93-guruh talabasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling