Ikki elning tanti
IBROYIM YUSUPOVGA BAG‘ISHLOV
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- IBROYIM YUSUPOVGA.
132 IBROYIM YUSUPOVGA BAG‘ISHLOV Ilhom yo‘qlar meni gohida, She’r keladi oromim buzib. Ozod ovul o‘tovlaridan Ovoz berar Ibroyim Yusuf. O‘ylarim * da Qaynar buloqlar * Farishta oy * so‘ylar ertagin. Kuyga burkar Gilamchi ayol * Eski favvoraning etagin * . Jilvalanar Mangu buloqlar * — Dalalarning ko‘xna armoni * . Tongga intiq yetkazar Qirqqiz * So‘fito‘rg‘aylarning salomi * n. Qalpog‘ini qo‘ndirib boshga Yoshullilar yurishar jalli. Oltin qirg‘oq * larni sog‘insam Qoratol * lar berar tasalli. Otam kabi Qadrdon so‘qmoq * Ta’rif etsam yetadi oyga. Xayollarim tin olar bir zum Akatsiya gullagan joyda * . (* — Ibroyim Yusupov asarlari) Adibaxon Rahmatjonova, Filologiya fakulteti 20.97-guruh talabasi 133 IBROYIM YUSUPOVGA. Armonlarim bordir juda koʻp, Dalalarga sigʻmaydi hech ham. Akatsiya gullab tursa xoʻp, Buloqlarni qaynatar egam. Muxlisangiz boʻlib men endi, “Qora tol”ga osdim sochlarim. “Turnalar”ga aytib astoydi, Kutib turar “Oʻrtoq muallim”. “Ajiniyoz” aytar soʻnggi dam, Oʻpib qoʻygin “Vatan tuprogʻi”in. Menga endi “Mahtumquli” ham, “Oʻylarim”ga sherikdir oʻqtin. “Choʻl toʻrgʻayi” kabi parvona, “Oltin qirgʻoq” qumsaydi dilim. “Toʻmaris”dek boʻlib bir yona, Jonim fido boʻlsin “Vatanim”. Tashvishlarga boydir bu dunyo, Bir tasalli istar bu koʻnglim. “Qirq qiz”ingdek boʻlibdur goʻyo, Qalb ostida bordir “Oʻylarim”. Mangulikka guvoh buloqlar, Ilhom solib ilar falakka. Bir tomonda “Tuzli shamollar” Malham boʻlar oʻshal yurakka. “Farishta oy” kabi talpinib, Koʻkka chiqmoq qumsar dilimni. “Gilamchi ayol” turar qimtinib, Ibroyimdek qilgin tilimni. Ominaxon Odilova, Filologiya fakulteti 20.97-guruh talabasi 134 * * * * Kichik bir qishloqda tug'ildim o‘zim, Odamlari sodda mehnatkash halol. Biror on lahza qilmaydi tinim, Ularham shu el farzandi bilsang. Qishloqning har yeri unumdor ko‘rsang Bir cho‘ping niholga aylanar bilsang. Oyog‘ing sezadi, tuproqning namin Ulae ham shu el farzandi bilsang. Nima ham ko‘ribdi dunyoga kelib, Erta tong turadi dalaga shoshib Quyosh botkuncha qiladi mehnat, Ular ham shu el farzandi bilsang. Qayerni ham ko‘ribdi qishloqdan nari, Balki ko‘rgandur poytaxti Toshkent. Xatto Samarqandni ko‘rmaganlar bor, Ular ham shu el farzandi bilsang. Har jabhada ularga o‘rnak bo‘loyin, Porlab tursin yulduzim ilm yo‘lida Mehnatkash xalqimga tirgak turoyin Men ham shu el farzandi bilsang. Gulmira Sidiqova, Tarix fakulteti 21.133 B guruh talabasi 135 * * * * Shu elning har yaprog‘in qadrlayman men, Jannatmakon elimga ko‘zlar tegmasin. Serquyosh o‘lka deb ataydi hamma Iloyim yurtimga yovlar kelmasin. Bizga olloh ato etgan, Bu zaminda kimlar o‘tgan? Allomalar vatani bu Yurtni kuylab madhlar etgan. Qo‘lni qo‘lga beraylik, Yurtga xizmat qilaylik Ilm yo‘lidan ketib Porloq kelajak quraylik. Muqaddas tuproqqa cho‘kaylik tiz, Ortimizdan qoldiraylik o‘chmas bitta iz. Yurtboshimiz ishonchini yoshlar - oqlaylik, El- yurtga munosib farzand bo‘laylik. Gulmira Sidiqova, Tarix fakulteti 21.133 B guruh talabasi 136 * * * * “So‘zin sabo yodlab, so‘zin yel bilgan, Bir shoir dunyoga keldiyu ketdi”. Ibroyim Yusupov Bir shoir erurki qalbni davolar, Yillar karvonida zalvori ulug‘. Kunchiqar tomondan kelgan navolar, Hamohang baralla aytamiz qullug‘. Adabiyot bir vatan, sarhadi cheksiz, Millatlar maqsadi yakdil, yagona. Ko‘ngil, oq orzular mudom keraksiz, Ezgu maqsadlarda birdam, mardona. O‘zbek, Qoraqalpoq azaliy qardosh, Mehrdan so‘z ochar adiblar bog‘i. Chimboyning farzandi ijodda qalbdosh, Navoiyni suygan ellar ardog‘i. “Qaynab turgan qon ichra bir ummondir, Yoxud Berdaq sof qonidan bir tomchi”. Millat tuyg‘ulari oppoq osmondir. Ahli ijod ichra azaliy yo‘lchi. Otashin she’rlarda yangi bir ma’no, Betakror go‘zallik qaynoq muhabbat. Vatan, do‘stlik lafzi kuylatib yona, Asrlar o‘tsa ham o‘lmagay albat. Adiblar bog‘ida qardosh millatning Ibroyim Yusupovdek bir shoiri bor... Saodatxon Qo‘ziboyeva, Filologiya fakulteti 20.97 V guruh talabasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling