Ikki elning tanti
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
70 YILDAN SO‘NG
IBROYIM YUSUPOV SHE’RIDAN ILHOMLANIB FarDU binolari Cho‘qqipeshona. Ortimizda qolgan o‘quv binosi. O‘zgaga sezilmas, Biram yoqimli Iforingga to‘lgan xona havosi. Soatlab ma’ruza, Ezilgan yurak. Bizni sog‘ingan va biz sog‘ingan bog‘. Uchrashuv maskani – tor kutubxona, Sayohat joyimiz – katta oromgoh. Yana FarDU desam yurak yig‘laydi, Baxting bor, lek mendan ayridir baxting. Bir lahza, ming yillik tushar esimga Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. Farg‘ona, bu ko‘hna, bu ona tuproq, Kelajagi buyuk, o‘tmishi qadim. Qayta yo‘lim tushar, lekin sen uchun Endi Farg‘onaga bosmasman qadam. Nahot sog‘inmaysan, ishonolmayman, Buncha diydang qattiq, yuraging qattiq. Bir kun sandiqchadan jajji nabiram Suratingni olib menga ko‘rsatdi. Kim? – dedi. Kim? – dedim eslolmagandek, Tushda taniymanku qayrilmaqoshim. Kim? – dedi. Kim?! – dedim eslagan bo‘lib - Menimcha kursdoshim, ha-ha, kursdoshim. Yana yuragimda boshlandi to‘fon, Armonni tirnadi yigitlik ahdi. Yomg‘irday quyilib tushdi yodimga Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. 155 “A” qo‘shilgan “kimdir” barobar “sevgi”, Kashtalar to‘kilar ko‘zni kuydirib. Yillar o‘tdi senga, menga qasdma-qasd O‘zga yigit, o‘zga qizni suydirib. Oqar daryo oqdi, yoshimiz ulug‘, Koshki yoshligimiz kelsaydi qaytib. Bilasanmi, gulim, kenja qizimni Bir umr chaqirdim ismingni aytib. Men shoir emasman, men she’rman, sherman, Shamol jim qolar men hayqirganimda. Quvonib ketaman hammasidan ham O‘g‘lingni “adash” deb chaqirganimda. Talabalik o‘tdi. Olti yil – bir zum. Chakkangga gul emas qizil she’r taqdim. She’rlarni o‘qisam yodimga tushar Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. Farg‘ona yo‘llari tunda charog‘on, Farg‘ona yo‘llari sensiz qorong‘u. Qara, gulim, bugun ikki oshiqsiz Huvillab qolibdi muhtasham FarDU. Yana FarDU desam yurak yig‘laydi, FarDU desam tilim dilimni chaqdi. Yana FarDU desam tushar esimga Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. Tushimda nigohing bergan tuhfani Terib olmasligim azim uvoldir. O‘zimni unutsam unutamanki Seni unutmog‘im amri maholdir. Saboga ergashib umrlar o‘tdi, Qog‘ozlar beyozuv, qalamlar bejon. Bugun chop etilib keldi qo‘limga Senga bag‘ishlangan “Yettinchi devon”. 156 Menga alam qilar hamma hammasi, Sensiz erishganim shuncha baxtlarga. Ichi to‘lib ketgan yetti devonning Hech kim sezmaydigan muvashshahlarga. Oltin davrimizni eslayman bir-bir, Yodimga tushadi muhabbatimiz. Ammo taqdir ekan, nasibi shudir, Bir-biridan go‘zal ayro baxtimiz. Yana FarDU desam tushar yodimga, Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting... Ahrorjon Toʻxtasinov, Filologiya fakulteti 21.76A guruh talabasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling