Ayiqtovon avlodi - Ranunculus vakillari ko’p yillik, ba’zan bir yillik, barglari qirqilgan, ildiz bo’g ’zida joylashgan o’t o’simliklardir. Gullari ikki jinsli, aktinomorf, qo’sh gulqo’rg’onli. Kosacha va tojbarglari 5 ta, sariq rangli siklik holatda joylashgan. Tojbarglarining ostida nektardonlari bor. Changchi va urug’chilari gemitsiklik holatida joylashgan bo’lib, ko’p sonli. U rug’chi tugunchasi ustki. Mevasi bir urug’li yong’oqchalardan iborat sharsimon to’pmeva.
Bu avlodga o'yuvchi ayiqtovonR.acer, zaharli ayiqtovon- R. sceleratus, dala ayiqtovoni-R.arvensis turlari kiradi.
Ayiqtovondoshlar. Zaharli ayiqtovon (Ranuculus sceleratus L.) A-umumiy korinishi, B- toj barg, V- gulqorgonsiz gul, G- meva(yongoqcha), D- gul diagrammasi, E- urug kurtagi. 1- nektardon, 2- changchisi, 3- urugchisi.
Adonis yoki suvuro’t avlodi- Adonis, bu avlod vakilari ko’p yillik yoki bir yillik o ’t o ’simliklardir. Gullari aktinomorf, shoxchalaming uchida bittadan joylashgan. Kosacha va tojbarglari 5 ta yoki undan ko’proq, odatda sariq rangli, nektardonlari yo’q. Changchi va urug’chilari ko’p sonli. U rug’chisi apokarp tipda. Gulning barcha qismlari spiralsimon ya’ni atsiklik tarzda joylashgan. Adonis MDH florasida 11 tur, shulardan 4 turi O ’zbekistonda tarqalgan. K o’proq tog’larda, dashtlarda, o ’rmondashtlarida va cho’llarda uchraydi. Adonis o’simligining yer ustki qismida yurak glikozidlari va flavonoidlar mavjud.
Adonisdan tayyorlangan preparatlar yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Adonis turlari ko’p bo’lib shulardan tibbiyotda qo'llaniladigan turlarga turkiston adonisi- A.turkistanica, bahorgi adonis - A.vernalis turlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |