Ikki urug’pallali o’simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig’irdoshlar oilalariga mansub o’simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati
Lola daraxti avlodi-Lyriyodendron
Download 1.93 Mb.
|
botanika 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Limonnik -Schizandra avlodi.
- Zirkdoshlar - Berberidaceae
- Zirk avlodi- Berberis.
Lola daraxti avlodi-Lyriyodendron. Bu avlod vakillari yovvoyi holda Shimoliy Amerikada va shunga yaqin ikkinchi turi Liriodendron chinensis Xitoyda o ’sadi. O ’rta Osiyo mintaqalarida manzarali o ’simlik sifatida ekib o’stiriladi. Lola daraxtining bo’yi magnoliyanikiga qaraganda balandroq, 40 m ga etadi. Barg bandlari uzun, barg yaprog’i kesik, gullari lolaga o'xshash bo’lib, rangi ko’kimtir sariq bo’ladi.
Limonnik -Schizandra avlodi. Bu avlod vakillari ilashib o ’suvchi, poyasi yog’ochlashgan, bargi ellipssimon, ikki uyli o ’simliklardir. Mevasi yumaloq, qizil rangli, rezavor-meva. Gullari ayrim jinsli, gulqo’rg’oni oddiy, oq rangli. Mevasi yetilgach, gul o ’mi cho’ziladi va shingilga o'xshab to’p bo’lib osilib turadi. Bu avlodga 7 ta tur kiradi. Shulardan xitoy limonnigi - Schizandra chinensis tibbiyotda ishlatiladi. O ’simlik mevalaridan tayyorlangan preparatlar inson aqliy va jism onan toliqqanda, ko’zning ko’rish qobiliyatini oshiradi, markaziy nerv sistemasini kuchaytiradi, organizm tonusini ko’taruvchi dori sifatida ishlatiladi. Zirkdoshlar - Berberidaceae Bu oilaning vakillari turli xil hayotiy shakllarga ega bo’lib, bir va ikki pallali o’simliklaming belgilarini o’zida mujassam etgan. Barglari oddiy va murakkab, ketma-ket joylashgan. Gullari to ’g ’ri, asosan ikki jinsli, yakka yoki shingil to ’pgulga yig’ilgan. Gulqo’rg’on qismlari doira bo’lib joylashgan. Zirkdoshlar oilasiga 12 avlod, 200 tur kiradi. O ’zbekistonning tog’li yerlarida 3 avlod, 8 turi uchraydi. Shundan 4 turi bizda ekib o ’stiriladi. Zirk avlodi- Berberis. Zirk avlodi vakillari barglari doimiy yashil yoki to’kiladigan tikanli butalardir. Gullari sariq, cho’ziq yoki soyabonsimon, ba’zan murakkab shingil to’pgulda joylashgan. Kosachabargi, tojbargi va changchilari 6 tadan doira shaklida joylashgan. Tojbarglari kosachabarglardan qisqaroq bo’lib, ostida 2 ta shiradon bezlari mavjud. Mevasi bir yoki ko’p urug’li, qizil, ko’k va qoraga o'xshash rangli rezavor meva. Zirklar entomofil o’simliklardir. O ’zbekistonning tog’li hududlarida qora zirk- B. oblonga va qizil zirk B. nummularia turlari keng tarqalgan. Oddiy zirk B. vulgaris bilan tunberg zirki B.tunbergii manzarali o’simlik sifatida ekib o’stiriladi. Zirk o ’simligi zang zamburug’ining oraliq xo’jayini hisoblanadi. Zirk o ’simligi bargidan tayyorlangan damlamalar ginekologiyada bachadon muskullarini tonusini ko’tarish, qon ketishini to ’xtatish uchun va o’t haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Ildizidan olingan berberin alkaloidining tuzi tibbiyotda surunkali gepatit, gepatoxoletsistit, xoletsistit va o’t pufagi tosh kasalliklarini davolashda o’t haydovchi vosita sifatida qo’Ilaniladi. Zirkdoshlar oilasi. Ekma nandina (Nandina domestica): I -m evali novda; 2 -g'uncha; 3 -g'unchaning uzunasiga kesmasi; 4 guli; 5 changchi; 6 urug ’chi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling