Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish
I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari
Download 222.5 Kb.
|
Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish
I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari.
1.1. Maktabga ta’lim yoshidagi bolalar ertagining tabiati va g’oyalar olami. Badiiy adabiyotning eng qadimiy ma’nli xalq og’zaki ijodi hisoblanadi. Muallifining nomalumligi, yillar mobaynida turli aytimchilar tomonidansaqlanib, takomillashib, mukammal shakliga ega bo’lishi xalq o’g’zaki ijodi namunalariga xos asosiy belgilaridir. Og’zaki ijod har qanday yozma dabiyotga tayanch vazifasini bajaradi: xalq og’zaki ijodi namunalariga xos asosiy belgilaridir. Og’zaki ijod har qanday yozma adabiyotga tayanch vazifasini bajaradi:xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotning dunyoga kelishi uchun zamin hozirlagn og’zaki yaratgan va og’zaki tarqatgan, xalq shoirlari yoki jamoa tomonidan yaratilib og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib kelgan badiiy asrlar hozirda xalq og’zaki ijodi yoki folklor deb deb yuritiladi. Xalq yaratgan asrlar o’zining g’oyaviyligi chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi va badiiyligi tilda ajralib turadi u xalqning yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini xaqiqat, adolat, tenglik va baxt haqidagi tasavvurlarini yaqqol aks ettiradi. Xalq og’zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo’shiq, monolog, maqol,topishmoq, afsona, rivoyat, ertak, latifa, termalar, doston, askiya, tez aytish, masal, alla, yor-yor, kelin salomlar va boshqalar madh etiladi. “Qo’loqboy”, “Mexotboy”, “Handalak polvon”, “Tariq polvon”, “Uch yolg’onchi qirq yolg’on” kabi ertaklarnomini va hatto hajviy harakterga ega. Ertakka qiziqmaydigan, ularga aks etgan g’aroyib, ajoyib va sehrli olamga maftun bo’lmagan bolani topib bo’lmasa kerak. Ertak o’zining jozibali kuchi bilan bolani jalb etadi, uning vatan va xalqqa sadoqatli, dovyurak, mehnatsevar, kattalarni hurmat qiladigan, kichiklarga mehribon, halol va pok vijdonli inson bo’lib shakllanishida g’oyat muhim tarbiyaviy rol o’ynaydi. Shuning uchun dunyodagi barcha xalqlar asrlar davomida farzandlariga ertak aytib keladi. O’zbek xalqi ham bolalar ruhiga mos, ular tarbiyasida muhim rol o’ynaydigan ertaklarni ko’plab yaratgan. Ertak aslida xalq og’zaki ijodining eng qadimgi va eng taraqqiy etgan janrlaridan biridir. Ertakshunos olimlarimizdan biri K. Imomov yozganidek, “Ertaklar hayot haqiqatini hayoliy va xayotiy uydurmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea-harakatlarning ajoyib-g’aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarining g’ayri tabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi ”, bu farqlar, umuman, ertakka xos xususiyatlar folklorshunos llimlarning ko’plab tadqiqotlarida tahlil etilgan. Albatta, ertak janriga xos bo’lgan asosiy belgilar- asar syujetiga asos bo’lgan voqealarning to’qima, uydurma, hayoliy tusda bo’lishi, voqealarni an’anaga aylangan ifodalar (boshlanma, tugallanma) bilan tasvirlash, bo’rttirish (mubolag’a) kabi usullarning mo’l qo’llanishi va boshqalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ertagiga xam xos xusussiyatlardir. Lekin bu xususiyatlar, ifoda usullari, tasvir va ifoda vositalari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ertaklarida boshqacha qo’llaniladi. Bulardan tashqari, kichkintoylar ertagi o’z g’oyalari, qahramonlari, syujet va kompozitsion qurilishi, obraz va xarakter yaratish usullari, tili va boshqa jihatlari bilan kattalar, kichik va o’rta yoshdagi bolalar uchun maxsus yozilgan adabiy ertaklarda ham mavjud. Bolalar ifodali qilib o’qib berilayotgan asarni tinglayotganlarida bevosita o’zlarining shaxsiy hayot tajribalariga tayanadilar. Asar mazmunini o’zlari ko’rgan va bilgan narsalar asosida tasavvur qiladilar. Asar syujetidagi bolalar ko’rmagan va bilmagan voqea, narsalar esa ularning tasavvurini boyitadi, ongini o’stiradi. Masalan, “Qizganchiq it” degan o’zbek xalq ertagi syujetiga e’tibor qilaylik. Ertak mazmuniga singdirilgan ochko’zlik va qizg’anchiqlikning yomon oqibatlari bir it obrazi orqali qiziqarli usulda ochib berilgan. Shubhasiz, bolalar itlarni bilishadi. Itlarning suyakni yaxshi ko’rishi ham bolalarning ko’pchiligiga ma’lum albatta. Lekin itlar orasida qizg’anchiq va ochko’zlari ham borligi ular uchun yangilik. Ertakdagi ana shu tanish va notanish jihatlar bolalar diqqatini o’ziga jalb etadi. Shuning uchun ular ertak voqeasini qiziqib tinglar ekanlar, undagi personajningharakatini “yomon” yoki “yaxshi” deb baholaydilar. Shunday eratklar qatorida “Bo’ri bilan echki”, “Maqtanchoq quyon”, “Qizg’anchiq it”, “Ikki echki”, “Farosatsiz eshak”, “Fil bilan xo’roz”, kabi oz’bek xalq ertaklari. “To’p”, “Botinka haqida ertak”, (M. Murodov), “Mehnat teri” (A. Irisov), “Suv bolalari” (S. Saydullayev) va boshqa adabiy ertaklar kiradi. Bu ertaklar shaklining ixchamligi, kam personajliligi tilining sodda va tushunarliligi jihatidan kichik guruh bolalari ruhiga mos keladi. “Farosatsiz eshak” nomli o’zbek xalq ertagi yengil yumorga yo’g’rilgan. Unda bolalar ko’rgan, biladigan narsalar (olma, qovoq, eshak, va chumchuq) va hali bilib ulgurmagan, mohiyatiga tushunib yetmagan narsa, hodisalar (qovoqning ingichka palakda o’sishi, agar “olmalar qovoqdek, qovoqlar olmadek” bo’lsa nim abo’lishi) bor. Ertakda bola uchun yangilik bo’lgan narsa ta’sirli usulda ifoda etilgan. Eshak “nozik palakda o’sayotgan” qovoqni va “katta daraxtning bola mushtumidan ham kichkina” mevalarini ko’rib, tabiatning ishlaridan norozi bo’ladi. Ertakning ikkinchi qahramoni – chumchuq tabiatadan noroziligi to’g’ri emasligini tushuntirishga intiladi. Lekin eshak o’z fikrida qoladi. Masala qanday hal bo’larkin? Bolani shu savol qiziqtiradi. Ertakning kichik guruhdagi bolalarga mosligi shundaki, asar tuguni voqeani aniq tasvirlash orqali yechiladi: “Eshak olma daraxtiga surkangan ekan, bitta olma uzilib, “taq” etib boshiga tushibdi”. “Voy boshim”lab qolgan eshak faqat shundagina chumchuqning “yaxshiyamki olma qovoqday emas”, degan gaplari to’g’riligiga ishonadi. Ertakni qiziqish bilan tinglab o’tirgan bolalar bu yechimdan qanoat hosil qilishadi. Negaki, ular bu tasvirni bemalol ko’z oldilariga keltira oladilar. Voqeaga singdirilgan yumor mohiyatiga ham tushunib, eshakning farosatsizligidan mazza qilib kuladilar. “Fil bilan xo’roz” ertagi ham xuddi “Farosatsiz eshak” ertagi singari hajviy ruhda yozilgan. Yuqoridagi ertakda eshakning farosatsizligi ustidan kulinsa, bu ertakda filning sodda va go’lligi tinglovchini kuldiradi. Fil bilan xuddi quyon, tulki, xo’roz, bo’ri va hokazo obrazlar singari maktabgacha yoshdagi bolalarga yaxshi tanish. Demak fil, xo’roz, uning “hamma yoqni titib, cho’qib, don terib” yeyishini bolalar biladigan narsalar qatoriga qo’shsak, filning yashash tarzi (to’yib ovqat yeb, so’ng uxlashi) ularning bilmaydigan narsalari qatoriga yoki xo’rozning tinmasdan, ertadan kechgacha yer titkilab donlashini bolalar e’tibor bermagan narsalar qatoriga kiritish mumkin. Ana shu ma’lum va noma’lum narsalarning omuxta tarzda berilishi voqeaning bola ko’z o’ngida to’liq namoyon bo’lishiga ko’mak beradi. Ertak syujeti nihoyatda qiziqarli bayon etilgan. Fil bilan xo’roz “kim ko’p ovqat yeyishda” musoboqa o’ynashadi. Ana shu favqulotda topilgan voqea bolaning qiziqishini yanada orttiradi. Negaki ikki ishtirokchining tashqi ko’rinishiyoq bu musoboqada kim g’olib chiqishini oldindan aytib turibdi. Lekin xalq ertaklarida buzilmas qonuniyat bor. Kimki qahramonlik ko’rsatsa, tashqi ko’rinishi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, muvaffaqiyat qozonadi, g’olib hisoblanadi. Tahlil qilinayotgan ertakka shu nuqtai nazardan e’tibor berilsa, bunday musoboqaga rozi bo’lish fil uchun go’llik, axmoqona soddalik bo’lsa, xo’roz uchun chinakam qahramonlik hisoblanadi. Albatta, ertakda xo’roz muvoffaqiyatga osonlik bilan erishmaydi. U tinmay harakat qiladi. Fil bo’lsa, xo’rozga nisbatan o’n baravar ko’p ovqat yesada, uyqudanligi tufayli musobaqada yengiladi. Tinglovchi- bolalar yumorga yo’g’rilgan bu erttakdan zavqlanish bilan birga, undan o’zlariga kerakli tarbiyaviy tomonlarni ham oladilar. Hayvonlar haqidagi ertaklarga xos yana bir muhim xususiyat haqida qisqacha to’xtalib o’tmoqchimiz. Bu ertakda ishtirok etadigan personajlarning faqat bir hislati ustida fikr yuritilishi orqali uning obrazini yaratishga erishishdir. Ko’pincha ertak qahramonlariga oid bu xususiyat ayrim bolalar tabiatida ham mavjud bo’ladi. Masalan, qaysarlik qoralangan “Ikki echki”, o’zboshimchalik fosh etilgan “Uch tulki”, maqtanchoqning kulgiga qolishi ko’rsatilgan “Maqtanchoq quyon” urushqoqlik, qizg’anchiqlikning yomon oqibatlar keltirishi tasvirlangan “Qizg’anchiq it” va boshqa o’zbek xalq ertaklarishu xil asrlarning yaxshi namunalaridir. Mazkur ertaklarda bolalar tabiatida uchraydigan salbiy xususiyatlar turli hayvonlar obrazi vositasida, jonli voqealarda qiziqarli vaziyatda, sodda usulda ochib berilgan. Masalan, “Ikki echki” ertagi “Ikki qaysar echki bo’lgan ekan” degan soddagina xabardan boshlanadi. Ana shu xabarning o’ziyoq tinglovchi- bolaning butun diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etadi. Kichkintoyga etakda echki ishtirok etishining o’ziyoq qiziq tuyuladi. Buning ustiga ular ikkita, ikkovi ham qaysar ularning taqdiridan xabardor bo’lish, shubhasiza boalar uchun juda qiziqarli bo’ladi. Ertakda birorta ortiqcha jumla yo’q. voqea iplari bir-biriga mustahkam bog’langan. Syujet tez rivojlanadi. Echkilar anhor ustidagi yakka cho’p – klo’prik ustida ucharshib qolishadi. Tanlangan joy juda o’rinli. Chunki ana shu “yakka cho’p” ustida ularning tabiatidagi qusur – qaysarlikni butunicha bolaga ko’rsatish imkoni bor. “Ikkisidan biri yo’l berishi kerak ekan”. Ikki echki o’rtasida keskin to’qnashuv boshlanadi. Echkilar bir-biriga yo’l berishni sira istamaydilar. Voqea avj nuqtaga yetadi. Echkilar achchiqlashib, suzishib ketishadi. Qaysarlik ularning aqlini shu darajada ko’r qilib qo’yadiki, natijada ikkalasi “uch qadamdan orqaga” qaytib, bir- birlariga hamla qilishadi. “Ikki echki yumaloq yostiq bo’lib, anhorga ag’darilib ketibdi “. Ertakdagi ziddiyat ana shunday hal bo’ladi. Echkilar qilmishlariga yarasha jazolanadi. Albatta, kattalar nazarida bu unchalik qattiq jazo emas. Ammo urishayotgan echkilar holatidan asablari taarang tortilgan tinglovchi- bolalarning nazarida, bundan zo’r jazo bo’lishi mumkin emas. Ertak syujetiga singdirilgan qaysarlik hech kimga foyda keltirmaydi, u aqlsizlikning xunuk bir ko’rinishidir, degan g’oya bola ongiga xech qanday pand-nasihatsiz, aniq voqeaning badiiy tasviri orqali yetib boradi. Adabiy ertaklar xalq ertaklarining asrlar osha shakllanib kelgan qonun- qoidalariga bo’ysunadi. Ular orasidagiasosiy farq shundaki, adabiy ertaklarda zamonaviy mavzular, fan – texnika sohasida erishilgan yutuqlar, fizkultura va sportning ahamiyati va boshqalar badiiy talqin etiladi. Adabiy ertaklarda xalq ertaklarining shakl unsurlari, ayniqsa, tashxis va intoq (gapirtirish) san’ati nihoyatda ko’p qo’llangan. Masalan, M.Murodovning “Ko’prik”, “Kim eng kuchli”, T. G’oyibovning “Makkajo’xori”, “Tovus va xakka”, “Xovliqqan ilon”, S. G’afurovning “G’oz- xunaring oz”, R. Tolibning “Kechikkan lola” va boshqa ertaklarida xuddi shu san’atdan foydalanib, har xil g’oyalar ifoda etilgan. “O’rmondagi jang” ertagida hayvonlar, parrabdalar bir yoqadan bosh chiqarib, zolim yo’lbars va sotqin mushukni yengadilar. “ ayyorning jazosi” ertagida parrandalar bog’bon chol yordamida birlashib, ayyor tulkini jazolashga erishadilar. Bu ertaklarning ijtimoiy – tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ular mazmuniga odamlar , yovuzlikka qarshi birlashib, do’stlashib kurashishsa, albatta, g’alaba qiladilar, degan g’oya singdirilgan. M.Murodovning “Ko’prik” ertagi personajlari hayvon va parrandalar (Qunduz, Ayi, Fil, Sher, G’oz, o’rdak, Qizilishton, Bulbul, Laylak va boshqalar) birlashib, ter to’kib mehat qiladilar, ikki qirg’oqni tutashtiruvchi ajoyib ko’prik quradilar. Asarda ana shu qizg’in mehant jarayonida vujudga kelgan ahillik, mehnatsevarlik, do’stlik ulug’lanadi dangasalik, “tayyorga ayyyor” bo’lish qoralanadi. Unda ishyoqmasning hamma joyda quvg’inga uchrashi, doimo “ izza bo’lib” yurishitannoz tulki timsoli orqali ko’rsatiladi. “Hayvonlar haqidagi buryat ertaklari” mavzuida ilmiy tadqiqot ishi olib borgan S.S. Bardaxonovaning yozishicha, “hayvonlar, qushlar orqali insonga xos har xil munosabatlar ko’rsatiladi.ertaklardagi hayvonlar, qushlar va baliqlar o’ylashadi,fikrlashadi, aql bilan bahslashadi, donishmandlik bilan o’z xulq atvorini boshqaradi. Lekin ular qanchalik odamlashtirilmasin, baribir, hayvonot dunyosi uchun xos bo’lgan xususiyatlar ularda ham mujassamlashgan bo’ladi. Ertakchilar hayvonlardagi ana shu tabiiy xususiyatlarni topishadi va har xil odamlarning tiplarini yaratishda ulardan foydalanishadi”. Bu fikrning to’g’riligini o’zbek yozuvchilarining maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yozilgan ertaklari ham tasdiqlaydi. Masalan, “Ko’prik” ertagi syujetining puxta va ishonarli chiqishiga asossiy sabablardan biri unda ishtirok etayotgan har bir personaj “qanchalik odamlashtirilmasin”, baribir, ularning zimmasiga bevosita o’zi bajarishi mumkin bo’lgan ishning yuklatilganligidadir. Arrakash ulkan daraxtlarni yiqitishadi. Darhaqiqat, qunduzlar o’tkir tishlari bilan daraxtni g’ajib qulata oladi. Yoki fillar xartumi yordamida “xodalarni tashib turishadi”. Qizilishton esa xodalarga teshik uyadi, degan gaplar ham rost gaplar. Hayvonlar va parrandalrning hayotda bajara oladigan ishlarining ertakda mahorat bilan ko’rsatilishi undagi reallikning oshishi va syujetning ishonarli, qiziqarli chiqishiga asos bo’lgan. Yosh avlodni o’z shaxsiy manfaatidan ustun qo’ymaslik, har xil jirkanj yo’llar bilan mol-dunyo, boylik orttirishga intilmaslik ruhida tarbiyalash pedagogika va bolalar adbiyotining muhim vazifalaridan biridir. “Bolajonlar siz bunday holatda qanday yo’l tutardingiz?” “siz hayvonlarga ozor bermaysiz-a?” “Axir siz odobli bolasiz-ku! Gapim-to’g’rimi? ” degan savollar bilan murojaat etadi. Bu fikr tasirchanligini oshiradi.aytmoqchi bo’lgan fikr bolaga tezroq va aniqroq etib boradi. Shundan so’ng ertaklar asossida tayyorlangan multfilm namoyish etiladi. Shu o’rinda bir narsani ta’kidlab o’tish joiz bugungi kunda televideniya orqali namoyish etilayotgan ayrim multfilmlar bola ongiga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Chunki, ishlab chiqarilayotgan multfilmlar bola yoshiga, dunyoqarashiga to’g’ri kelmaydigan shakldagi obrazlar bilan ularning aqli yetmaydigan, tafakkuriga salbiy ta’sir o’tkazmaydigan xatti-harakatlar, gaplar bilan boyitilgan yuqoridagi salbiy holatlarko’proq xorij multfilmlarida aks ettirilgan. Shuning uchun xorij mahsulotlari o’rniga o’zimizning milliyligimiz, o’zligimizning milliyligimiz, o’zligimiz tasviga tushirilgan asrlar ekranda ko’pro q namoyish etilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan: “Zumrad va Qimmat” “Bobo sholg’om” “Tulki bilan bo’ri”, “Aka-ukalar”, “Kenja botir”, “Laylak bilan tulki”, “Ur to’qmoq”, “Qaynar xumcha”, “Susanbil” kabi ertaklar asosida ishlangan multfilmlar bolalar dunyoqarashini kengaytirishga, ongini o’stirishga xizmat qiladi. “Yoshlar teleradiokanali” orqali namoyish etiladigan “Davrning bolasi” ko’rsatuvlarida ham bolalar uchun ham juda foydali. Birinchidan, bu ko’rsatuvda bevosita bolalarning o’zlari boshlovchilik qiladilar. Bolalar kattalarning gaplaridan ko’ra o’z tengdoshlarining gapalri xatti-harakatlarini tezzroq o’zlashtirib oladi. Ikkinchidan dastur davomida bolalar hayotidan lavhalar berib boriladi. Bu ham bolalarni o’z tengdoshlaridan o’rnak olishga, boshqalarga namuna bo’lishga undaydi. Uchinchidan: dastur davomida har xil sahifalar namoyish etiladi. Jumladan “Kichkintoylar” teatri eng qiziqarli sahifalardan biri sanaladi. Bunda kichkintoylar kattalar yordami bilan ertaklar asossida teatr tomoshalarini namoyish etiladi. Masalan , “Zumrad va Qimmat” ertagi sahnalashtirilsa, bolalar tomonidan Zumrad, Qimmat, chol, kampir sehrgar kampir kabi obrazlar ijro etiladi. Dekaratsiyalarni yaratishga va asarni sahnalashtirishga kattalar ko’mak beradi. Bu jarayon ertaklar ijro etayotgan bolalarga ham, ularni ekran orqali tomosha qilayotgan bolalarga ham juda tez va yaxshi ta’sir o’tkazadi. Bolalar ertak asosida tabiatga bo’lagn mehri ham oshadi. To’rtinchidan, dastur davomida yana ertaklar asosida tayyorlangan miltfilmlar namoyish etiladi. Kichik yoshdagi bolalar uchun radio orqali ham dasturlar tayyorlanadi. Kichik dasturdan o’rin olgan “Oqshom ertaklari” eshittirishi orqali ham bolalar ertaklardan bahramand qilinadi. Eshittirish ijodkorlari tomonidan obrazlarga kirib ijro etilgan har bir ertak bolalar ma’naviyatining oshishida salmoqli hissa qo’shadi. Bolalarning ma’naviy-axloqiy shakllanishida matbuotning ham hissasi katta. Jumladan “G’uncha”, “Bilimdon”, “Bulbulcha” kabi bolalar jurnallari va bolalarga xos asarlar yoritib boriladi. Ertaklar ham shular qatoriga kiradi. Ertaklar deyarli rangli tasvirlar orqali beriladi. Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling