Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish
Kichkintoylar ertaklarida qo’llanuvchi takror
Download 222.5 Kb.
|
Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish
Kichkintoylar ertaklarida qo’llanuvchi takror usuli va uning xillari
Ertaklarda, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan ertaklarda takror ko’p qo’llanuvchi badiiy usullardan biridir. Takror-ertaklardagi murakkab voqyea-hodisalarni ta’sirli ifoda etishda, syujet chiziqlarini bir-biri bilan bog’lashda muhim vazifani bajaradi. U ertak matnida qayta-qayta takrorlanib kelganligi uchun kichkintoylar xotirasidan mustahkam joy oladi, nutqining tez va ravon rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Taniqli folklorshunos olim S. G. Lazutin takrorni ertak maromini yuzaga keltiruvchi, rivojlantiruvchi usul deb qaraydi. Uning to’g’ri ta’kidlashicha, ertaklardagi kompozision marom ulardagi «o’xshash ko’rinish, manzara va epizodlarning takrorlanishi natijasida vujudga keladi»1. Lekin adabiyotshunoslikda «ertakdagi maromlilik masalasiga doir birorta kichik maqola ham yozilmagan. Bu haqda folklorga bag’ishlangan darslik va o’quv qo’llanmalarida ham hyech qanday ma’lumot berilmagan». Bizning o’zbek xalqi va yozuvchilar tomonidan kichintoylar ruhiyati, bilim doirasiga mos tarzda yaratilan ertaklar ustida olib borgan tekshirishlarimiz ular matnida qo’llangan takror usulining quyidagi asosiy xillari borligini tasdiqladi: 1. Qahramon asar davomida bir necha obyektlarga murojaat qiladi. Uning nutqiga ketma-ket yangi obyektlar qo’shilib, birga takrorlanadi. Ertak maromi shu xil takror asosida vujudga kelib, rivojlanib boradi va yakunlanadi. Qahramon yangi obyektga murojaat qilganida uning nutqida avvalgilari takrorlanmaydi. U yangi obyekt nomini aytadi-yu, avvalgilariga qarata aytgan so’zlarini o’zgartirmay takrorlayveradi. Ertak syujetiga asos bo’lgan mustaqil voqyealar mazmuniga ayrim o’zgartirishlar kiritiladi yoki voqyea larning mazmunan o’xshash bo’laklari juz’iy o’zgartish lar bilan bir necha marta takrorlanadi. Biz o’rganib chiqqan adabiy ertaklarda xalq ertak larida qo’llangan takror usulining birinchi xili - qahramon nutqida avvalgi obyektlarning yangi obyektlar bilan qo’shilib, birga takrorlanishi uchramadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan adabiy ertaklarda takrorning, asosan, ikkinchi va uchinchi xili ko’p qo’llangan. «Qarg’avoy» nomli o’zbek xalq ertagi takror usulining birinchi xili asosida yaratilgan. Unda ertak qahramoni Qarg’avoyning «ov qidirib, sarson bo’lgani» va dengiz bo’yida o’tlab yurgan barra qo’zichoqni ko’rib, uni yemoqchi bo’lgani tasvirlanadi. Qo’zichoq Qarg’avoyga «qo’lingni yuv, og’zingni chayqa», deb maslahat beradi. Shundan keyin ertakning asosiy voqyeasi boshlanadi. Qarg’a o’z maqsadiga erishish uchun Dengizga, Kulolga, Tuproq-qo’rg’onga, Temirchi amakiga, Kampirga navbat bilan murojaat qiladi. Qarg’a har gal yangi obyektga murojaat qilar ekan, avvalgi obektlarda qilishi lozim bo’lgan ishlarni ham sanab o’tadi. Masalan, birinchi obyekt - Dengizga qarab: «Qor-qor! Dengiz, dengiz! Suv ber, og’zimni chayqab, barra qo’zichoqni mazza qilib yeyman!»-desa, ikkinchi obyekt - Kulolga qarab: «Qor qor! Kulol, kulol! Menga ko’za ber, ko’zani dengizga eltaman, dengiz menga suv beradi, suvga og’zimni chayqayman, so’ngra barragina qo’zichoqni mazza qilib yeyman»-deydi.1 Shunday qilib, ertakda beshta murojaat obyekti birin-ketin yangilanadi. Ertak maromi Qarg’a nutqi orqali yuzaga keladi va o’sib boraveradi. Agar Qarg’aning oxirgi so’zlariga e’tibor bersak, uning o’z maqsadiga erishish uchun nima ishlar qilishi kerakligini batafsil bayon etganligi tufayli nutqning shiddatli o’sib, kengayib borganligiga ishonch hosil qilamiz: «Qor, qor, Kampir ona, menga olov ber, olovni temirchiga eltaman, temirchi tesha yasab beradi, tesha bilan Tuproq-qo’rg’onga boraman, u tuproq beradi, tuproqni kulolga eltaman, u ko’za yasab beradi, ko’zani dengizga eltaman, u suv beradi, suvga og’zimni chayqab, barra qo’zichoqni mazza qilib yeyman»2. Ko’rinadiki, o’xshash voqyealar takrorlanayotganda qahramon nutqidagi me’yor, muvozanat, asosan, bir xilda saqlanmoqda. Chunonchi, Qarg’a o’z nutqida to’rt marta bir xil ritmik anafora bilan murojaat qiladi va ohang butunligini saqlaydi: «Qor-qor! Dengiz, dengiz!» «Qor-qor! Kulol, kulol!» Qor-rr, Qor-rr, Qo’rg’on, qo’rg’on!» «Qor, qor! Kampir ona!» deb murojaat qilgan. Qarg’a nutqida har safar ana shunday ritmik anafo-ralardan keyin yangi jumla qo’shilgan, so’ngra ilgarigi gaplar takrorlangan. Bu takrorlar natijasida ertakning hissiy ta’sir kuchi ortib, kompozision bir butunligi yuzaga kelgan. Eng muhimi shundaki, ertak qahramoni nutqining shu xil takror usuli bilan rivojlanib borishi unda aks etgan voqyea-hodisalar, tasvirlanayotgan narsalarning bola xotirasida to’liq saqlanib qolishida, nutqining rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Bola ertakni qiziqib tinglar ekan, Qarg’aning keyingi so’zlarini u bilan birga aytishga intiladi. Chunki Qarg’aning hamma harakatlarini xayolan ko’rib, gaplarini eshitib o’tirgan bola unda qayta-qayta takrorlanayotgan obrazlar ma’nosiga to’la tushunib, qahramonning gapini yodida saqlab qoladi va kelgusi gal nima deyishi-ni oldindan bilib turadi. Ertak kompozisiyasida beshta voqyea ketma-ket ro’y berishiga qaramay, bolaning diqqati chalg’imaydi. Chunki bu voqyealarning hammasi bir maqsadning ifodasiga bo’ysundirilgan. Shuning uchun bola voqyea yakuniga qiziqish bilan qaraydi: «Qarg’a maqsadiga erishish uchun tinmay harakat qilyapti. Nahotki, endi barragina qo’zichoqni yeb qo’ysa»,- deb mulohaza yuritadi, hayajonlanadi. Uning begunoh qo’zichoqqa rahmi keladi. Axir, Qo’zichoq hyech kimga yomonlik qilma-yapti. Qarg’a bo’lsa uni yemoqchi. Bu ertak bola qalbida yemonlikka nisbatan norozilik uyg’otadi, uni yaxshilik qilishga undaydi. Bolaning Qo’zichoqqa yordam bergisi keladi.2 Shuning uchun bola ruhiyatini, qalbini puxta bilgan «muallif»- xalq ertakda Qo’zichoqni Qarg’aga yem qilib qo’ymaydi. Aksincha, maqsadi yomonlik bo’lgan Qarg’ani (ertakning xulosalovchi qismida) qattiq jazolaydi: «Qarg’a juda charchagan edi. U ko’za dengizga tushib ketmasin, deb uni dumiga bog’lab oldi-da, suvga soldi. Ko’zaga suv to’la boshladi. U borgan sari og’irlashaverdi. Ochko’z Qarg’avoy birato’la ko’proq suv g’amlamoqni xayol qildi. Ko’za to’ldi. Qarg’avoy uni ko’tarib, uchish uchun qanotlarini yozdi, oyoqlarini ko’tardi, lekin uni ko’tara olmay, tiyg’anib ketib, dengizga quladi. Ming tamshanib qanot yozsa ham bo’lmadi, cho’kib ketdi. Buni ko’rgan Qo’zichoq tumshug’ini osmonga ko’tarib, kulib qo’ydi». Demak, yomonlik, ochko’zlik, shaxsiyatparastlik, johillik kabi yaramasliklar hyech qachon tantana qilmaydi. Xalq ertaklarining, jumladan, «Qarg’avoy» ertagining ham bolalarni ma’naviy poklik ruhida tarbiyalashdagi eng katta xizmati ana shundadir. Kichkintoylar ertagida qo’llanadigan ikkinchi xil takror boshqacharoqdir. Unda asar qahramoni obyektlarga murojaat etganida avvalgilarini aynan takrorlamaydi. Shunga ko’ra bunday ertaklarda qahramon nutqi kattalashib ketmaydi. Qahramon tabiatidagi xususiyatlar uning takroriy shiddatli harakati va dialoglari orqali ko’rsatiladi. Dialoglardagi savol va javoblarning lo’nda, qiziqarli, hayajonli bo’lishi va asar mazmuni bilan mustahkam bog’liqligi bola diqqat-e’tiborini bir nuqtaga to’playdi. Bu usulga xos yana bir xususiyat shundan iboratki, ertakdagi qahramon biror obyektga, shaxsga aniq maqsad bilan murojaat etadi, unga savol beradi, nimalarnidir iltimos qiladi. Bu yerda obyektning javobi hal qiluvchi rolni o’ynab, keyingi savol yoki ish-harakat uchun asos bo’ladi. Shu jihatdan «Qumursqa» ertagini ko’rib chiqaylik. Ertak «bir kishi»ning safarga chiqqani haqidagi xabardan boshlanadi. Uning eshagi «muzga toyib yiqilib», beli sinadi. Kishi muz oldida o’zini ojiz sezib, qattiq xafa bo’ladi va alam bilan unga murojaat qiladi: «Ey, muz aka, sen eng zo’rmisan? Muz:- Men zo’r bo’lsam kun meni erita olarmidi? Shunda u kishi kunga qarab: - Ey, kun, sen eng zo’rmisan?— dedi. Kun:- Men zo’r bo’lsam, bulutlar mening ko’zimni olarmidi? Shunda u bulutlarga qarab: - Ey, bulut aka, sen eng zo’rmisan?— dedi»33. Aniq ko’rinib turibdiki, dialogda obyektning javobi keyingi savol uchun zamin yaratmoqda. Qahramon nutqida takror kelayotgan «ey» anaforasi xitobni ku-chaytirish maqsadida qo’llangan. Uchala obyekt ham o’zidan zo’rroq deb bilganlarini aytishgach, qahramondagi xafagarchilik unutilib, «kim zo’r» ekanligini bilishga bo’lgan qiziqish ortadi. Shu sababli qahramon keyingi, ya’ni to’rtinchi obyektga to’g’ridan-to’g’ri «ey» so’zini qo’l-lamay, murojaat qiladi: — «Yomg’ir aka, sen eng zo’rmisan?» Yomg’ir:— Men zo’r bo’lsam, yerga singib ketarmidim? U yerga qarab: — Yer aka, sen eng zo’rmisan? Yer:—Men zo’r bo’lsam, o’tlar teshib chiqarmidi?»4 Voqyea ana shunday takror usuli natijasida vujud-ga kelgan maromda davom etaveradi. Har bir obyekt o’zidan zo’rroq deb bilganlari (O’t, Mol, Bo’ri, Mergan va boshqalar)ni ko’rsataveradi. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalarda, ayniqsa, o’g’il bolalarda eng katta, eng zo’r narsani bilishga bo’lgan qiziqish nihoyatda kuchlidir. Ana shu qiziqish «Qumursqa» ertagida jozibali ifoda etilgan. Ertak syujetidan bilinadiki, hyech kim nazariga ilmaydigan kichkina qumursqa o’zini hammadan zo’r deb yurar ekan. Nima uchun? Qumursqa shunday deydi: «Men zo’r, men zo’r, men zo’r. Otangning olti yuz botmon bug’doyini olti tog’dan oshi-rib yeganman, pochchangning yuz botmon bug’doyini yegti tog’dan oshirib yeganman. Men zo’rman, men zo’r, men zo’r!»5 Asarda bu so’zlar (zo’rlik, kuchlilik) qumursqalarning mehnatsevarligiga mubolag’ali, fantastik usulda asoslanganligi uchun bolalar uning chinligiga ishonadilar. Ertak qahramonining savolidagi «Sen eng zo’rmisan?» sintaktik epiforasi o’n bir marta va personaj-larning javobidagi «Men zo’r bo’lsam» sintaktik anforasi esa o’n marta o’zgarishsiz takrorlanadi Dialogda ishlatilgan bu uslubiy yo’llar maromning ohangdorligini va izchilligini oshirgan. Shunday qilib, tabiatdagi dialektik qonuniyat ertakda qo’llanilgan takror usuli orqali sodda va jonli tarzda bola ongiga yetib borgan. «Chivinboy» ertagining kompozisiyasi ham dialogik takror usuli asosiga qurilgan. Asar «Yantoqning tikani chivinning tumshug’iga kiribdi» jumlasi bilan boshlanadi. Shundan so’ng ertak voqyeasi savol-javob usulida davom etadi. «Qumursqa»dagi kabi bu ertakda ham qahramon o’z obyektiga aniq maqsad bilan murojaat qiladi. Ammo har ikkala ertakdagi obyektlarning javoblari voqyeaning davomi uchun ikki xil vazifani bajaradi: «Qumursqa»da ko’rib o’tganimizdek, obyektning javobi to’g’ridan-to’g’ri keyingi savol uchun asos bo’ladi; «Chivinboy»da esa obyektning javobi Chivinning keyingi xatti-harakatlari uchun asos bo’ladi. Masalan, «Qumursqa»da: Mol aka, sen eng zo’rmisan?— dedi. Mol:—Men zo’r bo’lsam, bo’rilar yermidi? Bo’ri aka, sen eng zo’rmisan?— dedi1... «Chivinboy»da: — Echki aka, echki aka, shu yantoqni yesangiz-chi,-dedi. Echki:—Qoch, o’shangga meni ro’para qilma! Ko’m-ko’k o’t, barra maysa turganda, endi sening gaaingga kirib, yantoqni yeymanmi?—dedi. Chivin: — Xap senimi, shoshmay tur, to’g’ri bo’ri akamga borib, seni unga yedirmasam, xo’p yurgan ekanman,—dedi. Shunday qilib ketma-ket kelgan sakkizta obyekt Chivinning iltimosini ana shu tarzda rad etadi. Har safar berilgan rad javobi qahramon harakatini davom ettirishini taqozo qiladi. Qirg’iz xalq ertagi «To’rg’ay»da ham «Chivinboy»dagiga o’xshash voqyea hikoya qilinadi. Faqat unda «To’rg’ay uchib ketayotgani»da «bexosdan telpagi tushib g’umayga ilinib qoladi. To’rg’ay G’umaydan telpagini olib berish-ni iltimos qiladi, ammo u rad etadi. Shundan so’ng To’rg’ay ham xuddi Chivinboy singari qasos olish niyatida to’qqizta obyektga murojaat qiladi. Xuddi «Chivinboy»dagi kabi ketma-ket kelgan sakkizta obyekt To’rg’ayning iltimosiga rad javobini beradi. Demak, ikki ertak kompozision jihatdan bir-biriga nihoyatda yaqin. Har ikkala ertakda qahramonlarning obyektga murojaat qilish voqyeasida ham o’zaro o’xshash tomonlar bor. Masalan, o’zbek xalq ertagidagi Chivin ko’pincha «aka» deb murojaat qiladi: «bo’ri aka, bo’ri aka», «mergan aka, mergan aka», «sichqon aka, sichqon aka» va hokazo. Shu taxlitda sakkiz marta takrorlaydi. To’rg’ay esa «echki, echki», «bo’ri, bo’ri», «yilqichi, yilqichi» jami besh marta takrorlaydi. Faqat, ikkala ertak-da uchta obyekt biroz o’zgacha, «To’rg’ay»da «yilqichi», «Chivinboy»da mergan qilib berilgan, «To’rg’ay»dagi boy «Chivinboy»da, «Chivinboy»dagi Mushuk esa «To’rg’ay»da yo’q. Qolgan obyektlar — bir xil. Ikkala ertakda ham qahramonlar nutqi orqali ularning tabiati ochila boradi. Chivin nutqida uning ko’proq xudbinligi bilinib tursa, To’rg’ayda g’iybatchilik, chaqimchilik ustunlik qiladi. Bu yomon xususiyatlarning hammasi bolalarbop tarzda, kulgili ohangda berilib borishi bilan kattalarda uchraydigan g’iybatchilik, chaqimchilik va xudbinlikdan farq qiladi. Masalan, Chivin o’z iltimosining sababini ko’rsatayotganida o’z shaxsiy g’arazini yashirmaydi, u hamma vaqt o’z manfaatini ustun qo’yib gapiradi: «— Mergan aka, mergan aka,— dedi Chivinboy,— shu bo’rini otib tashlasangiz-chi, echkini ye, desam, yemayman dedi»1. Yoki: «— Mushuk aka, mushuk aka, ana shu sichqonni yesangiz-chi. Merganning dori xaltasini tesh desam, yo’q deydi».4 To’rg’ay esa o’z g’arazini yashirib, yolg’onchilik, chaqim-chilik va g’iybat bilan maqsadiga erishmoqchi bo’ladi. Masalan: «Hoy boyvachcha, yilqiching otlarini yo’qotib, topolmay yuribdi. Ayt, oldingga kelsin uni boplab kaltakla». Yoki: «Ona, ona o’g’illaring oshiqlarini yutqazib qo’yibdi, keyin buzoqlarga qarashmagan ekan, sigirlarni emib qo’yibdi. Ularning jazosini ber»5. Ikkala ertakda ham kompozision marom bir xil saqlangan. Qahramonlar qasos olish maqsadida yangi obyektlarga murojaat qilar ekan, ertak syujetiga asos bo’lgan voqyealar bir-birlari bilan mantiqiy ra-vishda bog’lanib, darajama-daraja rivojlanib bora-veradi. Ertak nihoyasida Chivinboy ham, To’rg’ay ham o’z maqsadiga erishadi. Darhaqiqat, har ikki ertak ham qiziqarli yozilgan. Ularda bir xilda takrorlanayotgan maromli ohang, mantiqiy bog’liqlik tinglovchilarning fikri chalg’imay, ertak tinglashini ta’min eta olgan. Xulosa qismidagi yumorga yo’g’rilgan to’s-to’polonlar ham kulgili, lekin shunga qaramay, ertak yechimini va bosh qahramon obrazining tarbiyaviy ahamiyatini o’ylab ko’rish kerak. Chunki o’z shaxsiy manfaati uchun har qanday razillikdan qaytmaydigan Chivinboy; g’iybatchi, chaqimchi, yolg’onchi To’rg’ay maqsadiga erishadi. Mansiya xalq ertagi «Quyoncha»da bunday masala boshqacharoq tarzda hal etiladi. «Quyoncha»ning syujetiga ham xuddi «Chivinboy» va «To’rg’ay»dagi kabi voqyea asos bo’lgan. Unda quyoncha «qiyoq o’t yeb turib, labini kesib oladi» va Chivin kabi alamini olish maqsadida bir necha obyektga murojaat qiladi. Yuqorida tahlil qilingan «Qumursqa», «Chivinboy» va «To’rg’ay»da ham qahramon obyektga aniq maqsad bilan murojaat etadi. Obyektlarning javoblari har xil vazifani bajaradi. «Quyoncha»da esa qahramon bilan obyekt orasidagi savol-javoblar keng ravishda be-riladi va obyekt yangilangan sari savol-javoblar miqdori ortib boradi. Masalan, Quyonchaning birinchi ob’-yektga murojaati quyidagicha bo’lgan: Olov, ko’l bo’yidagi qiyoq o’tni yondirib yuborgin! Qiyoq o’t senga nima yomonlik qildi?— so’radi Olov. — Labimni qirqib yubordi,— javob berdi Quyon. — Uzing ham toza yeb to’ymassan-da,— dedi Olov. Shunday qilib, Quyonchaning Olovdan jahli chiqib, undan qasos olish maqsadida «olovni o’chirib qo’y», deb suvga murojaat qiladi. Quyoncha oxirgi obyektga murojaat qilganida savol-javob kengayib, rosmana suhbat tusiga kiradi. Bu epizodda birinchi va ikkinchi obyektlar bilan bo’lib o’tgan dialoglar ham takrorlanadi. Ertak yechimi xuddi «Chivinboy», «To’rg’ay»dagi kabi bosh qahramon foydasiga hal bo’ladi. Lekin o’zbek xalq ertagida: «Chivinboyning vaqti xush bo’lib, murodu maqsadiga yetibdi» deyilsa, qirg’iz xalq ertagida: «To’rg’ay shundan beri, endi boshimdan telpak tushib ketmasin, deb bostiribroq kiyib yurar ekan», deyiladi. Mansiya xalq ertagi esa shunday tugaydi: «Qiyoq o’t yonib ketdi, qiyoqzorda quyoncha sakrab yurardi. U shoshib qolib, o’zini yo’qotib qo’ydi va olovdan yugurib chiqquncha, oyoqlari va quloqlarini kuydirib oldi». Tevarak-atrofdagilarni bezovta qilgan «qasoskor» Quyon ana shunday jazolanadi. Adabiy ertaklarda ham xalq ertaklaridagi takror usulining ikkinchi xil an’analari davom ettirilgan. Masalan, T. G’oyibov «Hovliqqan ilon» ertagida bu usuldan o’rinli foydalangan. Unda «cho’lning eng ichkari joylarida yashagani uchun haligacha odamni ko’rmagan» Ilonning yovuz niyati tasvirlangan. Ilon «chaqib, qoni»-ni ichish uchun odam zotini izlab ketadi. yo’lda unga eshak uchraydi, uni odam deb o’ylab: «Hye, odam, hozir qoningni ichaman!» deydi. Keyin tuyani uchratadi. Unga ham «Hoy odam, to’xta, senga zaharimni sochaman»,— deb murojaat qiladi. Ko’rinib turibdiki, muallif o’z asarida takror usulining qahramonning obyekt yoki personajlarga muro-jaat qilish xilidan unumli foydalangan. Bu usul unga Ilonni odam bilan uchrashtirishga tayyorlashida, odamning kuch-qudratini ta’sirli ko’rsatishida juda qo’l kelgan. Eng muhimi muallif shu usul orqali Ilonning odam haqidagi o’ylarining o’zgarish jarayonlari kichkin-toylar ko’z o’ngida ishonarli ochilishiga erishadi. Odamlardan qo’rqib, qochib ketayotgan eshak va tuyalarni ko’rgan Ilon o’ylanib qoladi: «Shunday katta jonivorlar odamdan qo’rqsa, odam o’zi qanday zo’r narsa ekan?...»; «Odamga hyech qanday kuch ta’sir qilmasmikan?» Shu ta-riqa ertak mazmuniga singdirilgan dunyodagi jonlilar ichida hammadan zo’ri Insondir, uning aqli-idroki va bunyodkorlik kuchidir, degan g’oyaning ta’sirli ochilishida unda qo’llanilgan takror usuli ham muhim vazifani bajaradi. Bolalar adabiyotida tabiatni asrash, dov-daraxtlarning shoxlarini egib sindirmaslik haqida ko’plab ba-diiy asarlar yaratilgan. Mirmuhsinning «Olxo’ri va o’rik» nomli ertagi shu mavzuda yaratilgan asarlar orasida o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Mirmuhsin bu ertagida an’anaviy takror usulidan nihoyatda o’rinli foydalangan. Ertakdagi tabiat tasviri muallif-ning kuzatuvchanligidan, bola tushunchasini, his-tuyg’ularini yaxshi bilishidan dalolat beradi. Ertak qahramoni Zumrad obrazi namunali tabiati bilan ajralib turadi. Hayotda Zumrad kabi ko’p sifat-larni o’zida jamlagan, odobli, aqlli, sabr-qanoatli, tevarak-atrofdagi jonsiz narsalarga mehr-hurmat bilan qarovchi, ularni avaylab-asrovchi qiz kam bo’lishi mumkin. Ammo ertakda u ayni shu xislatlarni o’zida jamlangan uchun kitboxon mehrini qozonadi va unga namuna bo’la oladi. Muallif bunga qizchaning tabiatning ajralmas bir a’zosi sifatida tasvirlash orqali erishadi. Ertak kompozisiyasi ikki voqyea tasviri asosiga qu-rilgan. Ulardan birinchisi bahorda, ikkinchisi yozda so-dir bo’ladi. Ana shu ikki voqyea ichida qizcha to’rt marta obyektga murojaat qiladi. Obyektlarning javoblaridagi o’zaro mantiqiy bog’lanish xalq ertaklaridan farqli boshqacha tarzda namoyon bo’ladi. Masalan, «Qumursqa» ertagidagi kabi keyingi savol uchun zamin vazifasini bajarmaydi. yoki «Chivinboy»dagi kabi keyingi harakatga yo’l ochmaydi, balki tugal ma’no kasb etadi. Qahramonning birinchi obyektga murojaatiga e’tibor beraylik: - Olxo’ri, olxo’ri! Olxo’ringdan ber!-dedi. Olxo’ri bo’lsa: - Tez kunda pishaman, savatchangga tushaman, o’shanda kel!— dedi. Ko’rinib turibdiki, savol-javob tugadi. Qahramonning keyingi, ya’ni ikkinchi obyektga murojaati yangidan boshlanadi: - O’rik, o’rik! Dovuchchangdan ber!-dedi. O’rik bo’lsa: - Tez kunda pishaman, yerga tap-tap tushaman, o’shanda kel!— dedi. E’tibor berilsa, obyektlarning javobi ham, takror kelayotgan juz’iy o’zgarishli jumlalar ham ikkala narsaning o’zaro mantiqiy bog’lanishiga xizmat qilmayapti, balki faqat kompozisiyadagi ohang butunligini ta’min etyapti. Ertakdagi ikkinchi voqyea (yoz fasli)da ham shu obyektlar takrorlanadi. Diqqat qilinsa, ularning javo-bi birinchi voqyeadagi obyektlar javoblarining mantnqiy davomi ekanligini sezish qiyin emas. Masalan, qizchaning uchinchi murojaati quyidagicha: -Olxo’ri, olxo’ri! Olxo’ringdan ber! Shoxlari egilib yotgan olxo’ri shunday dedi: Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling