Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish


Maktagacha ta’lim yoshidagi bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari


Download 222.5 Kb.
bet5/11
Sana15.06.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1478947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish

Maktagacha ta’lim yoshidagi bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari.

“Har qaysi millatning o’z afsonaviy qahramonlari o’zi sevib ardoqlaydigan pahlavonalri bo’ladi ”. xalqimiz azaldan o’z vujudi, tomirida mavjud ilohiy qudratga minosib bo’lmoqqa intilib, o’z o’g’lonlarini mardlik, halollik va jasurlik ruhida, el - yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavon etib tarbiyalab kelgan. Shu ma’noda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o’tib ketayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tugamas bir dostoni bo’lmog’i “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti.
Xalq og’zaki ijodiga e’tibor qaratayotganligi bejizga emas. Chunki xalq og’zaki ijodi ta’lim-tarbiya sohasining asosini tashkil etadi. Shu jumladan, ertaklar ham yuksak ma’naviyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda muhim manba sanaladi.
Bugungi kunda bu katta, sermatonat manbadan unumli foydalanish keng yo’lga qo’yilgan. Ommaviy axborot vositalari sanalishi televideniya, radio, matbuotda bolalarni ma’naviy axloqiy ongini o’stirish uchun ertaklardan keng foydalanilmoqda. Jumladan, “O’zbekiston” telekanalining kechki dasturlaridan o’rin olgan “ertaklar- yaxshilikka yetaklar” bolalar dasturi bolalarga ertaklarni yetkazishda asosiy vositalardir. Bu dastur boshlovchisi bolarga xos samimiylik bilan dasturni olib boradi. Ko’rsatuv jarayonida unga quyon, to’ti, tulki, bo’ri singari ertak qahramonlari ko’maklashadi. Bu ko’rsatuvning ishonchli va qiziqarli chiqishini ta’minlaydi. Boshlovchi har doim yangi ertakni bolalarga taqdim etadi. Ertakdagi ijodiy va salbiy qahramonlar “yordamchilar” hamkorligida tahlil qiladi. Mana shu tahlilning o’ziyoq bolalar ma’naviyatini oshirishda yaxshi rol o’ynaydi. Boshlovchi ertak orqali aytmoqchi bo’lgan fikrini bolalarga yaxshiroq singdirish uchun go’yoki bolalar bilan yuzma-yuz o’tirgan kabi ularga qaratadi.
Demak, bu mumtoz asarda tarix to’fonlaridan hayot mamot sinovlaridan omon chiqib, o’zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag’rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o’z ifodasini topgan.
Bolalarning ma’naviy-axloqiy shakllanishida matbuotining ham hissasi katta. Jumladan “G’uncha”, “Bilimdon”, “Bulbulcha” kabi bolalar jurnallari va bolalarga xos asarlar yoritib boriladi. Ertaklar ham shular qatoriga kiradi. Ertaklar deyarli rangli tasvirlar orqali beriladi. Bu bolalarga tez tushunishlarida yordam beradi. Ba’zan rasmlar rangsiz holatda berilib bolalardan shu rasmlarni kerakli ranglar asosida bo’yash vazifa qilib beriladi. Bunday holatlarda maktabgacha yoshdagi bolalarga ayniqsa yaxshidir. Tarbiyachi opa yordamidan o’qilgan ertak bolalarning ma’naviy-axloqiy saviyasini yuksaltirsa, rasmlarni bo’yash ularga estetik zavq bag’ishlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’zbek xalq ertaklari asosida manaviy-axloq ruhida tarbiyashda ularning psixologiyasiga ham e’tibor berish zarur.
Odatda maktabgacha yoshdagi bolalar, faoliyatida rolli o’yin muhim ahamiyatga ega. Rolli o’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat, rolli o’yin yosh davrning eng muhim faoliyatidir o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdagina emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi hamda mohityati va mazmuni jihatdan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Ular bunday o’yindagi dunyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar shu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsusu yaratiadilar sharoitlarda ijtimoiy muhit bog’chalar, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettiradi.
Rolli o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zaruru omillardan biri bolada o’z xatti-harakatini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynana unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning xatti-harakatlari bolaning ham tashqi ham ichki ibrat namunasi bo’ladi va kattalr uning xulqi-atvori yurish-turishning ham obyekti, ham subyekti hisoblanadi.masaln tarbiyachilar yordamida tayyorlangan “Zumrad va Qimmat” ertagi sahnasida har bir bola o’z qahramoni xarakterini yaratishga urinadi. Kampir obrazidagi qizcha kampirdek serjahl bo’lgan holda unga xos xatti-harakatlar qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bola asta-sekin kattalarning hayoti va faoliyati dunyosiga kirib boradi. Endi bolaning o’zi mustaqil ravishda kattalarning hayoti va faoliyatiga kirishish yo’llarini topa boshlaydi. U keyinchalik katta kishilarning hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida va shaxslararo munosabatlarda qatnashish istagini ko’rsatadigan bo’ladi. Shuning uchun rolli o’yin u kattalar bilan bola o’rtasidagi yangicha munosabatlar asosida vujudga keladi, deb xulosa chiqarish mumkin. Rolli o’yin vujudga kelishi jihatidan ijtimoiy xususiyatga ega bo’ladi kattalarning hayoti faoliyatini qayta tiklash va takrorlashdan boshqa narsa emas, shuningdek, bu o’yin faoliyati o’zizning mazmuni va mohiyati bilan ham ijtimoiydir.
Rolli o’yin bola mustaqil faoliyatining yorqin namunasi hisoblandi. U o’yinning mazmuni orqali kattalarning hayoti bilan yaqindan tanishadi. Psixologik adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi boalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilar kirishi mumkin.

  1. Bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga minosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi;

  2. Bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar

  3. Rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etadi bu holda o’z istagini amaliyotda tadbiq qiladi.

  4. Kattalrning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvurini timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham umuman uning, chinakam sahxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.

Katta maktabgacha yoshdagi boalarda o’yin faoliyati mutlaqo boshqacha o’tadi, chunonchi bir harakat ikkinchi harakatlar bilan uzluksiz bog’lanib ketadi, ba’zi bir harakatlar esa so’z yordamida qisqartiriladi va umumlashtiriladi. So’zlashish va muomala madaniyati shakllanadi, Zumradning otasiga, o’gay onasi va opasiga, sehrgar kampirga qilgan muomalasi bolalarga o’rnak bo’ladigan darajada rol ijro etayotgan qiz uning yaxshi xislatlarini o’zida mujassamlashtirib olsa va rolini maromiga yetkazib ijro qilsa sahna asarini tomosha qilgan bolalarga ham namuna ko’rsatgan bo’ladi. Zumraddagi aqllilik, zukkolik, mehnatsevarlik muomalalikni bolalar o’zlarida mujassamlashtirishga urinadi chunki Zumrad faqat yaxshi xislatlari bilangina murod maqsadiga erishadi. Yaxshi odamlarni olqishini, duosini olishga muvofiq bo’ladi.
Rolli o’yinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga, ulardagi ma’naviy-axloqiy tushunchalarning o’sishiga ko’mak beradi. Hayvonlar haqidagi ertaklar eng qadimiy bo’lib, ularda ibtidoiy tabiat haqidagi tushunchalarda ( “cho’loq bo’ri”, “Ko’k qo’chqor”, “ayiqpolvon”, “Ilon pari”, “Bo’ri qiz” va boshqalar) jonivorlar asosiy personaj bo’lib, hikoyada hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Hayvonalar haqidagi ertaklarning bir turi majoziy ertaklardir. Majoziy ertaklarning (“Susanbil”, “Bo’ri bilan tulki”, “Ikki boyqush”, “Qarg’a bilan qo’zi” “ Etikning och o’lishi” kabialar) syujeti asosida ko’chma ma’no alutorik obrazlar yotadi. Masalan manmanlik va qo’nxo’rlik bo’ri orqali, ayyorlik va tilyog’lamalik tulki orqali ifodalanadi. Sehrli ertaklarda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosida qurilgan bo’ladi. Bularda (“Yalmog’iz”, “Semurg’ ”, “Kenja botir” va boshqalar) pahlavonlik va qahramonlik.

Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling