Ikkilik deyiladi¹


Download 123 Kb.
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi123 Kb.
#233287
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aruz

Mustaqil nomalarda bu janr yi yetakchi bo’ladi (“muhabbatnoma”), yoki boshdan-oyoq shu janrdangina iborat bo’ladi (Navoiyning Sayid Hasan Ardasherga yozgan she’riy maktublari, uning “Sayohatnoma”si, Furqatning Toshboltuga yozgan xati va b.).

Biror asar to’qinmasidagi normalar katta epic asarlarda uchraydi. Bunday nomalar o’sha asarlar qahramonlari nomidan bir-birlariga yozilgan bo’ladi. Ularda ham qahramonning ruhiy kechinmalari, orzu intilishlari ifodalanadi. Bu xil nomalarning xususiyati shundan iboratki, ular qaysi asar to’qinmasida bo’lsa, o’sha asar vazni qofiyalanishi usulida bitiladi.

Bunday nomalarning eng go’zal namunalarini Navoiyning “ Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlarida uchratamiz. Ularda Farxod, Shirin, Layli, Majnun nomlaridan yozilgan ajoyib haroratli maktublar bor. Keyingi davrlarga kelib nomalarning xili ko’paydi. Jumladan, Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Tajalliy kabi shoirlar tomonidan yozilgan sayoxatnomalar3 noma janrining yangi turi sifatida yuzaga chiqdi. Bu nomalarning formal-poetik jixatlari ham “Muhabbatnoma” yoki Navoiy dostonlaridagi nomalardan farq qiladi.

Jumladan, Muqimiy “Sayohatnoma” si murabba’ janri formasida yozilgan bo’lib a-a-a-b, v-v-v-b va x.k. usulida qofiyalangan, unda aruzning rajasi musammani solim (mustaf’ilun mustaf’ilun) bahri istifoda etilgan.

Normalar janr xususiyatlariga ko’ra ikki xil bo’ladi:

1.Liro-epik noma. 2. Lirik noma.

Liro –epik noma ma’lum syujet xususiyatlariga ega bo’lgan asardir. Masalan, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” si yoki Muqumiyning “Sayohatnoma”da qahramonning ko’rganlari bayon qilinadi. Ayni zamonda har ikki shoir ham tasvir etilayotgan narsalarga o’z munosabatini bildiradi.




Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling