Ikkilik deyiladi¹
Download 123 Kb.
|
aruz
Qasida
Qasida ( ) arabcha qasd ( ) sòzidan olingan, niyat, intilish manolarini beradi³. Adabiy termin sifatida lirik tur janrlaridan biridir. Qasida muhim tarixiy voqealar va mashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yozilgan asardir. Shu bilan birga, klassik adabiyotda tabiat lavhalari, cholģu asboblari va boshqalarga baģishlab ham qasidalar yozilgan⁴. Qasida arab, fors-tojik va turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan, òzbek adabiyotida keng tarqalgan janrdir. Òzbek adabiyotida qasida janrining shakllanishida turkiy xalqlarning qadimgi she'riyati hamda fors-tojik va arab qasidachiligi asos bòldi. Qadimiy turkiy she'riyatda qasida xususiyatlari bòlgan ,,qunuģ" deb atalgan janr mavjud edi. Uning ba'zi namunalari Mahmud Qoshģariyning ,,Devonu luģotit turk" asaridan òrin olgan. Masalan: Tarkan qonun qutinga Tekur mandin qunuģ, Ayil sizing tobuģchi, Òtnur yangi tobuģ⁵. ( M a ' n o s i : Malika Turkon xotunga mendan shu qunuģ (qasida) ni topshir va unga sizning sodiq qulingiz sizga yangi bir xizmat arz qilayotir degin.) ,,Devon"da keltirilgan yana bir tòrtlikda gap òsha avvalgi himmati baland, mehr-shafqatli malika haqida boradi. Urmush ojun busuģin qilmish ani boliģ, Em-sem angar tilanib sizga bòlur yoģiq, Tutchi yoģoq buliti oltun tomar ariģ, Oqsa aning oqini qonli maning qoniģ¹. (M a ' n o s i: Zamoni kutilmaganda uni yaraladi. Unga davo sizdagina topiladi. Malikaning himmatidan doim sof oltin tomadi. Uning hammasi meni tamom mamnun etadi.) Bu kabi parchalar mazmun e'tibori bilan tugallagan butun qasidaning kichik bòlagiga òxshaydi. Tradision òzbek klassik qasidasi uchun ikkinchi muhim badiiy zamin fors-tojik tilida qasida yaratgan Rudakiy, Unsuriy, Salmon Sovajiy, Xoqoniy, Anvariy kabi shoirlar òzbek kitobxonlari va adabiyot ahllariga yaqindan ma'lum va manzur edilar. Sharq qasidalari mavzu va tasvir ob'yektiga qarab bir necha turkumni òz ichiga oladi. Bular asosan quyidadagilar: 1. Vasfiy qasidalar: a) bahoriya (bahor va uning manzaralari vasfi); b) holiya ( shoirning òz holi, kechinmalari tasviri); d) ishqiya ( ishqiy kechinmalar vasfi ); e) xamriya ( may, uning sifatlari, kayfu nashidasi haqidagi qasidalar). 2. Madh qasidalar: a) madhiya ( biror shaxsga baģishlangan, uni maqtovchi, madh etuvchi qasidalar ); b) faxriya (shoirning òzini, òz faoliyati, ijtimoiy hayotda tutgan òrnini, òz faoliyati, ijtimoiy hayotda tutgan òrnini maqtagan qasidalar); d) hamd ( xudo madhiga baģishlangan an'anaviy qasidalar); e) na't ( payģambar Muhammad maqtoviga baģishlangan an'anaviy qasidalar. ¹Ò sh a j o y d a. 3.Qasidayi marsiya ( vafot etgan biror kishining faoliyatini uluģlovchi qasidalar). 4. Qasidayi hajviya yoki qasiday zamm ( biror kishini hajv qiluvchi, muzammat qiluvchi dasidalar). 5. Qasidayi munojot ( shoirning òz ,,gunoh"lari uchun xudodan najot sòrab yozgan 6. Orifona yokitasavvufona qasidalar ( falsafiy fikr-muloxazalar aks ettirilgan qasidalar). Bu turdagi qasidalarni biz Rudakiy, Unsuriy, Faruxiy, Xoja Abdulloh Ansoriy, Nosir Xusrav, Sanoiy, Xoqoniy, Anvariy, Jaloliddin Rumiy, Sa'diy, Salmon Sovajiy kabi fors-tojik shoirlari, Sakkokiy, Lutfiy, Atoyi, Gadoiy, Navoiy kabi mashhur òzbek shoirlari ijodiyotida uchratamiz. Qasida hajm jihatidan qat'iy chegaranganmagan. Unda baytlar soni 12 tadan kam bòlmasligi kerak. Oxirgi chegarasi necha bayt bòlishi haqida klassik adabiyotshunoslikda ham, hozirgi zamon adabiyotshunosligida ham barqaror fikr aytilgan emas. Har holda, kichik xajmli qasidalar bilan birga òrta va nihoyat katta ( bir necha yuz baytli) qasidalar ham yaratilgan. Qasida, odatda, ģazal kabi qofiyalanadi. Uning juft misralari qofiyalanib, toq misralari ochiq qoladi: a-a, b-a, v-a.... An'anaviy qasidalar kompozitsion jihatdan 2 hil bòladi: 1. Qasidayi tom. 2. Qasidayi mujarrada. Qasidayi tom (tòliq qasida)da quyidagi bòlimlar mavjud bòladi: 1. Nasib. 2. Gurizgoh. 3. Madh. 4. Qasd.
Qadidayi mujarradada ( tòliq bòlmagan, ,,yalanģoch" qasidada) yuqorida kòrsatilgan komponentlarning ayrimlari bòlmasligi mumkin. ,,Qutadģu bilig", ,,Xibbatul-haqoyiq" turkiy yozma adabiyot obidalarida, ,,Xusrav vaShirin" (Qutb), ,,Gul va Navròz" (Lutfiy) kabi dostonlar tarkibida qasida yoki uning komponentlarini kòrish mumkin. Òzbek klassik adabiyotida qasida maxsus janr sifatida Sakkokiy devonidan òrin olgan bòlib, ular janrlarning xamma talablariga javob beradi. Sakkokiydan bizga 10 ta qasida yetib kelgan. Ulardan to’rttasi shoirning zamondoshi buyuk astronom va matematik Ulug’bekka, qolganlari Xalil Sulton, Shayx Muxammaf Porso, Arslonxoja tarxonga bag’shlangan. Sakkokiy o’z qasidalarida janr qoidalariga qat’iy rioya qiladi, ya’ni uning ko’pchilik qasidalari lirik kirish (nasib) bilan boshlanadi. Nasibda shoir bahor kelib, tabiatning go’zal tusga kirishi, gullarning ochilishi xaqida , shuningdek, sevimli yor, yorning bevafoligi to’g’risida, visol orzusi, xijron iztirobi xususida so’zlaydi. Lirik kirishdan so’ng qasidaning gurizgoh deb nomlanuvchi kichik qismi boshlanadi. To’rt-besh baytdan iborat bo’lgan bu qism go’yo o’quvchining qasidaning asosiy qismiga o’tishga xozirlaydi, asosiy qism boshlanayotganligidan darak beradi. Qisqasi, gurizgoh kirish bilan asosiy qism o’rtasida bir ko’prik vazifasini o’taydi. Shundan so’ng qasidaning asosiy qismi -madh boshlanadi. Bu qismda shoir tasvir ob’ekti qilib olingan shaxsning fazilatlarini maqtaydi. Qasidaning so’nggi qismi –qasdda shoir tavsif-ta’rif qilayotgan shaxsga yaxshi istaklar bildiradi, o’zining matlab-maqsadini bayon qiladi. An’anaga muvofiq, o’zining xoksor, faqirligini, xomiy inoyatiga muxtoj ekanligini aytadi. Sakkokiyning ayrim qasidalarida nasibga ko’proq o’rni beriladi. Masalan, uning Ulug’bek madhiga bag’shlangan bir qasidasi 54 bayt bo’lib, shundan 22 bayti nasibni tashkil qiladi. Ayrim qasidalarda esa nasib 6-7 baytdan oshmaydi. Qasidaning xamma qismlari ham asosiy g’oyani ifodalashga xizmat qiladi, bir xil tantanavor uslubda yoziladi. Qasidadagi mana shu xususiyatlarni ko’rish maqsadida Sakkokiyning bir qasidasi bilan tanishaylik. Qasida bahor kelishini tasvirlovchi quyidagi nasib bilan boshlanadi: Guliston ahlina bu kun ham iydu, xam navro’z, Ular gul sochtilar; men ham keturdum xush bu halvoni. Yoxud gul vaslalarindin tikib bir xil’ati zebo, Bu majlista keturmakka tilodim asli voloni. Til ochti bandatek savsan qo’pub ozod o’rnidin, O’qumoqliqqa shah madhin yasodi qaddu boloni. Manga ul ko’b xitob etdi kim, ey devonai dono Ne bo’ldi, kettimu aqling, kim anglamassen onchoni? Bu xil’atlar dagi ul shah erur, men bir duochasi, Aning qullari o’zingga teng etmas holi Doroni. Erur ul shoh Ulug’bekkim, hamisha tig’u adlidin Qilur din ishini ravshan, bihishti soniy dunyoni1. Bahhor kelishi bilan tabiat go’zl tusga kiradi, olam yasharadi, hamma narsa yangilanib, o’z ko’rkini namoyish qiladi. Lirik qahramon ko’tarinki kayfiyat, tuyg’ular og’ushida. Uning ko’ngli visol onlarini istaydi. Shu tariqa shoirning boshqa bir qasidasida nasibning sevimli yor madhiga bitilgan misralari yaratiladi: Tilar ko’nglim o’zin solsa va bo’lsa zulfina lola, Vale yuz ming jonni elga axir berdi bu savdo. O’shal guldek yuzung haqqi, dag’I nargis ko’zung haqqi, Meni titratma toll yangliq, ey qaddi sarvdin ra’no1. Nasib va gurizgohning xarakterli tomoni shundaki, uyda xayotning murakkab, qarama-qarshi tomonlari to’g’risida fikr yuritiladi, oshiq qalbining tug’yoni ifoda qilinadi: Sanamlar zulfidin o’zga oning axdida yo’q zolim, Ularning ko’zlari qilgay magar turk ellarni yag’mo. Rubobu ud eshikingda magar ingrogayu kuygay, Yo’q ersa yo’q yo’q bu dunyoda kuyibon ingragan qat’o. Jahonda nohaq aysh kechti degon xud yo’q magar dam-dam. Sarohi soqidin qilg’oy harom qon to’kti deb da’vo2. Qasidaning bu qismi turizgohdir. Unda shoir Ulug’bekning taxtga o’tirishi bilan yangi davr boshlangani haqida lirik planda xabar beradi. Shuningdek, xayotning murakkab masalalari haqida gapirib, Ulug’bek podsholigidan ularga javob izlaydi. Demak, Sakkokiy qasidada Ulug’bek obrazini yaratar ekan, quruq maqtov, o’z matlabini bayon qilish bilangina chegaralanmaydi. Shoir masalani keng qo’yadi. U Ulug’bek qiyofasida o’z davrining ideali bo’lmish adolatli shoh idealini ko’radi. Sakkokiyning ayrim qasidalari nasib va gurizgohsiz, bevosita madhdan boshlanadi. Shoir bunda yangi qasidaning boshlangani xaqida ikki-uch bayt traditsion kirish qiladi-da, qasidaning asosiy mazmunini bayon eta boshlaydi. Qasidaning bu turini qasidai mujarrada, qasidan mahdud yoki qasidan muqtazob deb nomlaganlar. Ulug’bek madhiga bag’ishlangan 34 baytdan iborat quyidagi qasida ana shunday asarlardandir. Bu qasidaning katta qismida asarning asosiy mazmuni ifodalangan. Qasidaning madh qismini boshlab beruvchi birinchi bayt diqqatga sazovor: Alamtek barcha boshi ko’kka kerak tegsa. Kim onlar takya qilg’oli bu qutlug’ oston keldi3 Feodal davlatning barqarorligi markaziy xokimiyatni feodal aristokratiyaning qo’llab-quvvatlashiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shoir o’z davrining ilg’or kishisi sifatida bu narsani Ulug’bek saltanati barqarorligining asosiy omili deb qaraydi. Bu qasidada Ulug’bek atoqli jamoat arbobi va tadbirli lashkarboshi sifatida berilgan. U mamlakat va qo’shinni boshqarishda afsonaviy Sulaymon, Xisrav, No’shiravon singari tadbirkor. Shuning uchun Ulug’bek beklari undan rozi, unga sadoqat ila xizmat qiladi: Jahondin Axraman ketib, musaxxar o’lg’ay insu jon Kim, ush taxtini el ko’torib Sulaymoni zamon keldi. Boyitdi taxtining qadri, o’zin toj ko’kka tashlodi, Adolat bog’I sabz o’ldi, chu No’shini ravon keldi. Kerak jon bulbuli tun-kun navodin tinmasa xar dam, Chu do’stlarig’a xurram yoz, adularg’a xazon keldi1. Saltanat barqarorligining asosi, tayanchi, raiyateldir. El-ulus bu ulug’ donishmand hukmdorni yoqtiradi. Uni homiy, otadek mehribon kishi deb biladi: Ranyat qo’y erur,sulton annga shubon yo bo’ri, Bo’rio’lgayu qo’y ting’oy, chu musotek shubon keldi… Ko’ngillar bo’ldi xush, ravshan, ko’rib qolmodi bir zarra. Qorong’ulug’ ketib, holi chu xurshedi zamon keldi… Eshiging tufroqi majruh bo’lg’on jonu tanlarg’a, Shifoliq marhami bo’ldi.bisoto parniyon keldi… Salotin dunyoda ko’p keldiyu kechti, seningtek bir. Falakning gar tili bo’lsa ayitsunkim, qachon keldi?2
Shaho, lutfungni topqum deb duochi banda Sakkokiy Belin joni bilan bog’lab, bu xizmatg’a ravon keldi. Erurmen xonadoningning ko’gul birla duochisi, Menga burhon tilasalar, so’zim xud chin, ayon keldi. Mamolik shar ishinda zamiring xurdadon keldi. Jahonda qarilar tirik bo’lub, izzat bila turg’il, Azal vaqtida chun oting shahi soohibqiron keldi3. Shunisi xarakterliki, Sakkokiy asarlarida podsho yoki biror shaxs qanchalik ulug’lanmasin, u yoki bu tarixiy shaxs zamonasi qanchalik maqtalmasin, u qasidalarda zamondan shikoyat qiluvchi misralar ham uchrab turadi. Bu misralarda shoir falakning kajraftorligidan noliydi, mulkdor tabaqaning joxilligi va bemuruvvatligini aytadi, donolarning xor-zorligiga achinadi: Falakning tavsani bahingi lakom urub qilibon rom, Qo’yubtur davlating oning suruni uzra oy tamg’o. Base majruh bo’lur ko’nglum falakning tortu ayshidin, Uloshi aysh etib nodon, mufom mehnat ko’rar dono. Shahanshoho, falak kimdur saningtek shoh davrinda, Muningtek ko’b jafo qilgay maningtek xasta jonig’o2. Shoir bu misralarda o’z zamonasi illatlarini qoralaydi. Ulug’bekning ilmiy-ma’rifiy faoliyatiga qarshi kuchayib borayotgan xurofot va jaxolat xurujiga ishora qiladi. Haqiqatan ham, feudal o’rta asri podsho Ulug’bekni e’tirof etsa-da, olim va ma’rifatparvar Ulug’bekni inkor qiladi. Shuning uchun ham 1449 yilda buyuk olim jaholat va xurofot qurboni bo’ldi. Navoiy ijodida qasida formal-poetik va tematik-g’oyaviy jihatdan yanada kamol topadi. U o’zbek tilida “Hiloliya” qasidasini yozdi. Fors-tojik tilida jami 10 ta qasida yaratdi. Navoiy-Foniy for-tojik tilidagi qasidalarni ikki turkumga jam etgan: 4 qasidadan iborat “Fusuli arbaa” (“olti zaruriyat”). “Fusuli arba” to’rt faslning mohiyati, manzarasi va ularning o’ziga xosligini ajoyib faylasuf shoir va rassomning so’zlari bilan mujassamlantirilgan qasidalardir3. Sittan zaruriya: “Ruhul-quds” (“Muqaddas ruh”). “Aynul-hayot” (“Hayot chashmasi”), “Tuhfatul-afkor” (“Fikrlar sovg’asi”), “Qutul-qulub” (“Qalblarning ozuqasi”), “Minhojul-najot” (“Najot yo’li”) va “Nasimul-xuld” (“Jannat nasimi”) qasidalarini o’z ichiga oladi. “Bu qasidalar falsafiy ham diniy-axloqiy qasidalardir. Ular Anvoriy, Xisrav Dehlaviy, xoqoniy, Shervoniy va Abdurahmon Jomiy kabi buyuk qasidanavislarning qasidalariga tatabbu sifatida yaratilgan. Ularda Navoiy ustoz qasidanavislarning an’analarini davom ettirib qolmay, yashagan davrining hayoti va muammolarini, ijtimoiy-falsafiy mushoxidlarini, din va tasavvuf xaqidagi qarashlarini aks ettiradi, shu bilan birga sexrli san’atkorlik qalamini namoyish etadi”1. Bu o’rinda Navoiyning o’zbek tilida yaratgan “Hiloliya” qasidasi bilan qisqacha tanishaylik. Qasida Sulton Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan qutlov tarzida yaratilgan. Qasidaning hajmi ancha katta -89 baytdan iborat. Uning nasib va gurizgoh qismlario’ziga xos, Sakkokiy qasidalaridan katta farq qiladi. Hasib va gurizgohda shoir an’anaviy yorning go’zalligini maqtash, tabiatning xushmanzara ko’rinishlarini maqtash, tabiatning xushmanzara ko’rinishlarini madx etish va shu ko’tarinki kayfiyat ta’siri ila qasida mazmuni bayoniga o’tish bilangina chegaralanib qolmaydi. Avtor, bulardan tashqari, shu qismda osmon sayyoralari orasida “sayr” qiladi. Shoir u yerda osmon sayyoralari orasida “sayr” qiladi. Shoir u yerda ham xuddi yerdagidek quvonchini ulug’ bayram (“iydi akbar”) ni ko’radi. Shoir osmon farishtalariga, go’zallarga, go’zallarning go’zali Zuhra (Venera) ga duch keladi. Zuhra changda dilpazir kuy chalmoqda. Uning niyati shoh qalbida ishq alangasini yoqish va mayga mayl uyg’otish. Zuhra chalayotgan osmoniy kuyning so’zlari Alisher Navoiyniki. Zuhra va shoir ajoyib kuy, jonbaxsh so’z va yoqimli ovoz bilan shohning taxtga chiqishi tantanalariga surur baxsh etadilar. Bunda u sham o’rnida shohning xonasini yoritadi. Lirik qahramon osmon sayohatini davom ettiradi. U beshinchi osmonda harbiy shuhratlarga burkangan Mirrix (Marc) ni uchratdi. Mirrix o’z harbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida kamon otishni mashq qiladi. Chunki osmon bahodiri sulton Husayn Boyqaroga yasovul bo’lishni istaydi. Osmon sulton taxtini o’rash maqsadida butun olamga o’zining nurafshon atlasini yoygan. Nihoyat, shoir osmon sayohati davomida Atorud (Merkuriy) yoniga ko’tariladi. Atorud bahodir shoir qasidasiga allaqachon javob yozib qo’yganini aytadi va o’z qasidasining matlaini o’qib, mushoirada shoirni engishni o’ylaydi. Shu tariqa osmonda sukton Husayn sha’niga yoziladigan qasidalar mushoirasi boshlanadi. Atorud matlai:
V-ey yuzing sharmanda aylab iydi akbar tal’tin2. She’r bahsida lirik qahramon Atoruddan yengilmaydi. U keltirgan matla ham yuksak g’oyaviy va badiiy saviyada: K-ey qoshingning rashki ham yangi oy qomatin, Iydu ruxsoring qilib nobud bayram ziynatin1. Atorudni she’r bahsida engan shoir tantanaga kelgan sevgilisining yoniga kiradi. Unga Atorudning matlaini va o’z matlani o’qib berib, sevgilisidan maqtov so’zlarini kutadi. Ammo shoirning sevgilisi ham shoira u ham matla aytadi: K-ey yuzing zohir qilib bayram sabohu sarvatin, Anda qoshing aylabon paydo yangi oy xay’atin2. Sevgilisining tab’i nazmiga qoyil qolgan shoir uchala matla’ni tantana bo’layotgan anjumanga- Sulton muhokamasiga olib keladi. Sulton bularga o’z javob matlaini aytadi: K-ey hiloling mayli aylab toq ko;nglim toqatin, Jon berib yod aylagach iydi visoling jannatin3. Shundan so’ng qasidaning asosiy qismi- madh boshlanadi. Shoir sulton Husayn Boyqaroni ko’klarga ko’tarib maqtaydi. Uni zolimlarning dodini beruvchi, mazlumlar xomiysi, mamlakatning buyuk posboni, ilm-ma’rifat jarchisi, aql va saxovatga misli yo’q shaxs sifatida talqin qiladi, “shohlar darvishi-yu, darvishlar shohi” deb ataydi. Tog’risi, Navoiy Husayn Boyqaroning shunday shoh bo’lishini orzu qiladi, misralarida real xaqiqatni emas, balki romantic xayolotini ifodalaydi. Shu bilan Husayn Boyqaroga ta’sir etib, uni –taxtga chiqqan yangi hukmdorni adolat yo’liga yo’llaydi. Qasidaning ahamiyati ham shunda. Demak, Alisher Navoiy ijodida qasidaning janr imkoniyatlari boyidi. Uning “ Hiloliya” qasidasi quruq madhxonlikdan iborat bo’lmasdan, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini chuqur yoritgan falsafiy asar sifatida maydonga keldi. Klassik adabiyotimizning Munis, Ogahiy kabi progressive namoyandalari qasidada Sakkokiy va Navoiy an’analarini davom ettirdilar. Qasida feudal-saroy poeziyasida yetakchi janrlardan edi. U qasidalarda podsholarning serhasham hayoti, podsho va uning amir- amaldorlari mubolag’alar bilan madx qilinadi, ideallashtiriladi, feudal o’zaro urush va ixtiloflar oqlanadi, xushomadgo’ylik, maqtanchoqlik avj oladi, sheriyat xayotdan, xaqiqatdan, jamiyat va xalq ehtiyojidan uzoqlashadi. Bazan bunday qasidalar ketadi. Bular feodal-klerikal muhit va uning hukmronlari tanazzulidan darak berar edi. Ulug’ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasidan keyin tamomila yangi g’oyaviy-estetik zamin va mohiyatga ega bo’lgan yangi qasidalar paydo bo’ldi. Bu qasidalar ona yurt- Vatan, Partiya, Revolyutsiya va uning doxiysi V. I. Leningga, zamonamizning ulug’ kishilari sha’niga aytilgan qasidalardir. Ular yangi hayot va yangi kurash ifodasi, Vatan va partiyaga xalq mehri ifodasi sifatida yangraydi. Ular formal-poetik jihatdan xam o’tmish qasidalardan katta farq qiladi. Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Shayxzoda va boshqa shoirlarimizning partiya va V. I. Leninnga bag’ishlangan she’rlari yangi qasidalardir. Hozirgi o’zbek sheriyatida qasidaning yaxshi namunasi sifatida Erkin Vohidovning “O’zbegim” asarini ko’rsatish mumkin. Shoirning bu asarini qasidai faxriya turkumiga kiritish mumkin. Ammo “O’zbegim” klassik adabiyotimizda yaratilgan qasidai faxriyalardan tubdan faqr qiladi. Klassik qasidai faxriyalarda shoir o’z fazilati, bilimi, istedodi, yozgan asarlarining qimmati haqida fikr yuritadi, o’z xalqining katta shoiri bo’lib qolganligidan faxrlanadi. “O’zbegim” da esa yurt madhini, yuksak grajdanlik tuyg’usini, qahramonona o’tmish va ijodkor kunlarimizning lirik ifodasini ko’ramiz. Bu qasidadagi ulug’ Sovetlar yurti, qardosh respublikalar ixtiforidir.
O’zbek klassik adabiyotida bu janrning ilk namunasini shoir Xorazmiy yaratdi. Uning 1953 yilda yaratgan “Muhabbatnoma” asari dunyoviy adabiyotining ishq sevgini sharaflagan ilk yirik asarlaridan biri bo’lib, unda oshiqning mashuqaga bo’gan otashni sevgisi, uning bu yo’lda chekkan iztiroblari tasviridan iborat. “Muhabbatnoma” lirik-epik asar bo’lib, turli she’riy janrlarni –noma, masnaviy, g’azal, qit’a va madhiyani o’z ichiga olgan. Biroq undagi yetakchi janr nomadir1. Noma masnaviy usulida qofiyalanadi:
Yuzungning nurina ming nur etmas. Agar bersa suyurg’ab haq taolo, Kerakmas sensizin firdavsi a’lo2. Keyinchalik Xorazmiy asari ta’sirida “Latofatnoma” (Xo’jandiy), “Dahnoma” (Amiriy), “Taashshuqnoma” (Sayid ahmad) kabi nomalar paydo bo’lgan. Noma mustaqil asar bo’lishi bilan birga biror asar to’qimasdan o’rin olishi, uning tarkibiga kirishi ham mumkin. Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling