Ikkilik deyiladi¹


Download 123 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi123 Kb.
#233287
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aruz


Masnaviy

Masnaviy (kòpligi masnaviyot) arabcha sòz bòlib, ikkilik degan ma'noni bildiradi. She'riy terminalogiyada esa har ikki misrasi alohida- alohida qofiyalanib boradigan (bandi ikki misradan tuziladigan) she'rlar masnaviy — ikkilik deyiladi¹.

Bunday she'rning xisusiyatlari tòģrisida ,,Al-mòjam fi maori ash'or ul-Ajam" asarida Qays ar-Roziy bunday deb yozadi: ,,...Ajam shoirlari har bir baytdagi misralarning òzaro qofiyadosh bòlishi nuqtayi nazaridan uni masnaviy deb ataydilar"².

Klassik adabiyotda syujetli kichik she'riy asarlar ham, dostonlar ham masnaviy deb yuritilgan.

Turkiy adabiyotda masnaviy formasi birinchi marta Yusuf Xos Xojibning ,,Qutadģu bilig" asarida qòllanilgan. Òzbek dunyoviy adabiyoti paydo bòlishi bilan masnaviy janiri katta shuhrat tutdi. Qutbning ,,Xusrav va Shirin", Durbekning ,,Yusuf va Zulayxo", Haydar Xorazmiyning ,,Maxzanul-asror", Lutfiyning ,,Gul va Navròz" singari asarlari masnaviyda bitildi.

Buyuk Navoiy davriga kelib masnaviy epik she'riyatning asosiy janri bòlib qoldi. Chunki bunday asarlarda yuz berayotgan katta sotsial voqealarni ancha keng kòlamda yoritish, u yoki bu problemani atroflicha ishlangan syujet va abzaslar yordamida hal qila olish imkoniyati kòp edi. Buni yaxshi tushungan Alisher Navoiy masnaviy va uning adabiy janrlar orasida tutgan òrni haqida bunday deb yozgan edi:

Lekin ul barchadin daģi xubi,

Bordurur masnavining uslubi...

Masnavikim burun dedim oni,

Sòzda keldi vase' maydoni.

Vus'atida yuz òlsa ma'raqagir,

Kòrguzur san'atin bori bir-bir³.

Masnaviy klassik poeziyadagi epik va liro-epik asarlarda kòp istifoda qilingan. Òzbek klassik poeziyasi bosib òtgan uzoq davrlar davomida masnaviy yòlida yoziladigan badiiy asar xillari kòpaygan1.

Bunday asarlar qatoriga dostonlar, tarixiy asarlar, nomalar, masallar va manzumalarni kiritish mumkin.


Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling