Ikkilik deyiladi¹


Download 123 Kb.
bet8/8
Sana05.01.2022
Hajmi123 Kb.
#233287
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aruz

MUNOZARA

Munozara tortishuv,fikr olishuv ma’nolarini bildiradi, Poetik termin sifatida esa fors-tojik va o’zbek klassik poeziyasida ma’lum janrning nomidir. Munozarada turli narsa, hodisa, tushuncha, holat va boshqalar konfliktga kirishadi. Obrazlar ko’pincha ramziy mohiyat kasb etib, munozara qiladilar.

Munozara janri fors-tojik, o’zbek va boshqa xalqlar klassik poeziyasida muhim o’rin tutgan bir janrdir.

O’zbek va boshqa turkey xalqlar poeziyasida munozara zamiri xalq og’zaki ijodi- qadimgi obidalarga borib tarqaladi. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida yoz va qish munozarasi berilgan. “Devon” dagi bu munozara to’rtlik formasida yaratilgan bo’lib, a-a-a-b, v-v-v-b tipida qofiyalangan. Mazkur to’rtliklar “Devon” ning turli o’rinlarida uchraydi. Agar ular bir joyda jamlansa, yoz bilan qish o’rtasida munozara tiklanadi. Mazkur munozara turli xrestomatiyalarda e’lon qilingan. Bu munizarada yoz va qishning o’ziga xos xususiyatlari juda chiroyli, obrazli misralarda tasvir etilgan. Munozara janriga xos parchalar Yusuf Xos Hojibning “ Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hisobatul-haqoyiq” dostonlarida bor.

Keyinchalik bu janr XIV asr oxirida va XV asrning birinchi yarmida o’zbek yozma adabiyotida keng taraqqiy qildi. Bu davr munozaralari taraqiyotiga fors-tojik adabiyotida yaratilgan munozaralarning ham ta’siri katta bo’ldi.

Ma’lumki XI asrda yashagan Asadi Tusiy “Munozarai shabu ro’z” (“Tun bilan kun munozarasi”), “Munozaran osmon zamin” (“Osmon bilan yer munozarasi”), “Munozarai gabru muslim” (“kofir va musulmon munozarasi”) singari asarlarni yaratgan edi. Bu asarlar turkey shoirlar orasida ham katta shuhrat topgan edi. XV asr boshlarida yashagan Ahmadiy, Yusuf Amiriy va Yaqiniy tomonidan yaratilgan munozaralar juda ko’p jihatlaridan Asadi Tusiy munozaralariga o’xshab ketdi. Ahmadning “Rudjomaning orosinda munozara mubohasa” asarida muzika asboblari orasidagi tortishuvlar hikoya qilinadi1.

Munozaraning boshlanishida shoir nasrda traditsion hamd, na’t va kitobning yozilish sabablarini aytadi.

Ahmadiy munozarasi ramali musaddasi mahzuf (foilotun foilotun foilun) vaznida yozilgan masnaviyda iboratdir.

Munozaraning davomida Tambura, Ud, Chang, Qo’buz, Yotug’on, Rubob, G’ijjak, Kungura o’rtasidagi tortishuvlar tasvir etiladi. Bahsni Tambura boshlab, o’z ovozining yoqimli, rohatbaxsh ekanini aytadi. Ayni zamonda Udni qorni yo’g’on xo’ja, Changni aqli kalta, nodon,gap uqmas deb ayblaydi:


Bo’lmadi hargiz fuqaro hamdami,

Tamburdek nokasu noodami.

Boshtin-oyoq talbis erur,

Balki o’zi modari iblis erur2.


Aytganlaridan ma’lum bo’lladiki, Ahmadiy munozarasida hayotda uchraydigan turli guruh odamlar, ularning xarakter-xususiyatlari majoziy formada tasvir etilgan, odamlar orasida uchraydigan kekkayish, manmanlik, xudbinlik singari fe’l- atvorlar qoralangan.

Yusuf Amiriyning “Bang va chog’ir orosinda munozara” asari she’riy va nasriy yo’lda yozilgan.

Mazkur munozaraning boshlanishida traditsion hamd, na’t, kitobning yozilish sabablari beriladi.So’ng voqea bayon qilinadi:

“Birkun ashob furqatidin va ahbob xasratidin mutafakkir va mutahayyir o’lturur erdim, ichim bushti, nogoh boshimda bog’ havosi tushti, sayr eta chiqtim. Bog’ ichra gasht yutib yurur erdim sabo bikin, dedimki: “uchragay manga bir sarv qomate!” Nogoh bir necha muvofiqni hamsuhbatni ko’rdimki, bir go’shada o’ltirib erdilarkim, alarni orasida muxolif rost kelmas edi”1.

Ular shoirga oyoq (qadax) tutadilar, biroq u rad etadi, endi unga ma’jun (bang) bermoqchi bo’ladilar. Ammo shoir uni rad qiladi.

Shundan so’zng chog’ir bilan bang o’rtasida munozara boshlanadi.Har biri o’zini maqtaydi, o’z sifatlarini ulug’lovchi dalillar keltiradi.

Yusuf Amiriy chog’irni yosh, kuchiga to’lgan yigit singari, bangini esa tarkidunyo qilgan darvesh so’fi qiyofasida tasvirlaydi.

Yusuf Amiriy munozarasi chinaqkam dunyoviy g’oyalarni tarannum etuvchi, optimism, dunyoni sevishni targ’ib qiluvchi asardir. Unda shoirning tarkidunyolikka bo’lgan salbiy munosabati yaqqol ko’rinib turadi.

Amiriy munozarasi, filologiya fanlari doktori E. Rustamovning ko’rsatishicha, Ozarbayjon shoiri Fuzuliyning “Bangu boda” munozarasiga katta ta’sir etgan2.

Yaqiniyning “O’q-ey orosinda munozara” asari ko’proq prozaik yo’lda yozilgan. Bunda chol qiyofasidagi yoy bilan yigit qiyofasidagi o’q o’rtasidagi munozara tasvir etilgan.

Munozara katta hajmli boshqa janrdagi asarlar tarkibiga ham kirgan. Masalan, Nishotiyning “Husn va Dil” dostonida sozlar va gullar munozaradi bor. Munozara janri elementlarini “Xisrav va Shirin” (Qutb), “Yusuf va Zulayho” (Durbek), “Lisonut-tayr” (Navoiy) kabi asarlarda ko’ramiz.

Munozaralar yaratish an’anasi keying davr o’zbek poeziyasida ham davom etdi. Gulxaniyning “Zabulmasal” asarida ham munozara elementlari mavjud. Hamza Hakimzoda Hiyoziyning “ Mevalar munozarasi” klassik poeziyamizdagi eng so’ngi munozaralardandir. O’zbek sovet poeziyasida ham bu janrda asarlar yaratilgan. Sulton Jo’raning “Tinish belgilar majlisi” asari buning misolidir.


MARSIYA
Marsiya arabcha so’zdan olingan bo’lib, yig’lamoq, aza tutmoq, qayg’urmoq ma’nolarini bildiradi. She’riy terminologiyada esa vafot etgan biror shaxs sifatlarini ta’riflovchi, uni maqtovchi, unga bo’lgan shoir munosabatini ifodalovchi asardir.

Marsiya rus va Yevropa poeziyasidagi elegiyalarga o’xshaydi. Marsiya turkey poeziyada juda qadimiy an’analarga ega. Bizgacha Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari orqali Alp Ertunga (Afrosiyob) o’limiga bag’shlangan marsiya yetib kelgan1. To’qqiz to’rtlikdan iborat mazkur marsiyaning boshida Afrosiyob o’limi munosabati bilan butun yurt qayg’uda ekani tasvirlangach, bajaruvchi, bardoshli, dasturxoni ochiq- saxiy odam edi. Uning o’limidan amirlar yuzlari za’faron bo’lib, o’kirib-o’kirib yig’laydilar.

“ Devon” da Afrosiyob tog’risidagi marsiyaning hammasi keltirilmagan bo’lishi mumkin. Ammo keltirilgan parchalarning o’zi ham qadimiy turkey marsiyalarning xususiyatlari tog’risida ma’lum tasavvur xosil qilish imkonini beradi. Bunday marsiyalar a-a-a-b, v-v-v-b tipidagi to’rtliklardan iborat bo’lgan va barmoq vaznida yaratilgan.

Y. E. Bertel’sning ko’rsatishicha arab poeziyasidagi marsiyaning kelib chiqishi islomgacha bo’lgan xotin-qizlar ijodkorligi bilan bog’liq2. Fors-tojik yozma adabiyotida esa marsiya Rudakiy davridan beri ma’lum. Chunonchi, Rudakiyning Shahidi Balxiy vafotiga bag’ishlangan marsiyasi saqlanib qolgan. Ayrim fors- tojik shoirlari (masalan, Am’aqi Buxoriy3) marsiya janrida shuhrat qozonganlar.

O’zbek dunyoviy poeziyasida marsiya XIV asrdan boshlab taraqqiy qildi. Marsiya progressive adabiyotdan ham, reaktsion adabiyotdan ham o’rin olgan. Binobarin, marsiyalarda bir- biridan farq etuvchi yoki zid bo’lgan g’oya va estetik niyatini ko’ramiz.

Podsholar, amirlar, diniy arboblar vafotiga bag’shlangan marsiyalarda feudal-saroy yoki diniy-mistik adabiyot namoyondalari ularni ideallashtirganlar, xushomadgo’ylik qilganlar yoki badbinlik va tarkidunyochilik mayllarini targ’ib qilganlar.

O’zbek adabiyotida Ulug’bek, Lutfiy, Navoiy, Bobir, Munis, Ogahiy, Muqimiy kabi buyuk shaxslarga bag’ishlangan marsiyalar ham borki, ularda tasvirlangan xislatlar va lirik kechinmalar haqqoniy va realdir.

Shuningdek, ayrim shoirlar o’z farzandlari, rafiqalari, ota-onalari va qadrdon do’stlari vafotiga bag’shlab ham marsiyalar yozganlar.




.


1 Adabiyotshunoslik terminlari luģati, 104-bet

² Qays ar-Roziy. Al-mòjam,



1 Bu haqda B. Valixòjayevning ,, Òzbek epik poeziyasi tarixidan" nomli monografiyasida keng va atroflicha ma'lumot berilgan.

² Bu haqda ushbu kitobning noma va masal janrlari haqidagi boblariga qarang.

³ Klassik masnaviy va uning yuqorida kòrsatilgan turlarining ģoyaviy-tematik xususiyatlari, obrazlari, undagi til va badiiy mahorat


2 H a b i b i y. Devon, 412-bet

² Adabiyotshunoslik terminlari luģati, 105-bet.

³ X. K. B a r a n o v. Arabsko-ruskiy slovar, M. 1958, str. 821_ 82

⁴ Adabiyotshunoslik terminlari luģati, 264-bet.



⁵ Òzbek adabiyoti, tòrt tomlik, I tom, ÒzSSR badiiy adabiyot nashriyoti, Toshkent, 1959, 27-bet.

1 E. Rustamov. O’zbek adabiyoti XV- asr 55-bet

1 Ko’rsatilgan kitob, 56- bet

2 O’sh joyda.

3 O’zbek adabiyoti, 1-tom, 375-bet

1 O’sha joyda.

2 Ko’rsatilgan kitob, 375-376 -betlar

3 O’zbek adabiyoti, 1 tom, 377-bet.

2 E. Rustamov. O’zbek adabiyoti XV- asr, 58-bet

3 N.M.Mallayev. O’zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob, uchinchi nashri, 1976, 415-bet.

1 N. M. Mallayev. O’sha asar,o’sha saxifa. N. M. Mallayev darsligida “Tuhfatul-afkor” qasidasi batafsil tahlil etilgan.

2 “O’zbek adabiyoti”, II tom, O’zSSR badiiy adabiyot nashriyoti, Toshkent, 1959, 96-bet.

1 O’sha joyda.

2 O’zbek adabiyoti, II tom, 97-bet

3 O’sha kitob, 98-bet

1 Qarang: N. M. Mallaev. O’zbek adabiyoti tarixi,I kitob, II nashr, 297- bet.

2 O’zbek adabiyoti tarixi, I tom, 166- bet.

3 Qarang: G’. Karimov. O’zbek adabiyoti tarixi III-kitob, 129-bet.

1 Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati, 136-bet

1 Xazoyinul-maoniy, IV, 702-bet

2 Xazoyinul – Maoniy, IV, 713-bet

1 Shu kitob, 692-bet

2 Shu kitob, 719-bet

1 Qarang: E.R. Rustamov.O’zbek poeziyasi XV asr. 206-213 betlar.

2 O’zbek adabiyoti. I tom, 507- bet.

1 O’sha kitob, 240-bet

2 E. Rustamov. Ko’rsatilgan kitob, 222-bet

1 Qarang: O’zbek adabiyoti, I tom, 28-31 betlar.

2 Y. E. Bertel’s. Fors-tojik adabiyoti tarixi 93-bet

3 Shu kitob, 461- bet

Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling