Ikkilik deyiladi¹
Download 123 Kb.
|
aruz
SOQIYNOMA
Soqiynoma sharq klassik adabiyotidagi she’riy formalardan biridir. Soqiynoma poeziyaning tarjee’band, tarkibband turlari kabi bir necha banddan iborat bo’ladi. Har bir ban masnaviy formasida qofiyalanadi. Soqiynoma aksar soqiyga murojaat bilan boshlanadi. Uning soqiynoma deb atalishining boisi ham shunda. Soqiynoma o’zining ba’zi bir xususiyatlari (hajmining kaattaligi, biror masalaga bag’shlanishi va boshqalar) bilan voqeband asarga o’xshab ketadi. U o’zbek adabiyotida fors – tojik adabiyoti orqali kirib kelgan. O’zbek adabiyotidagi soqiynomaning eng yaxshi namunasi sifatida Navoiyning “Favoniydul-kibar” devoniga kiritilgan 159 baytli asarni ko’rsatish mumkin. Asar 32 banddan iborat bo’lib, bandlar hajmi ham, vaznixam turlicha. Lekin ularni yagona mavzu, g’oyaviy-estetik niyat butun bir asar shakliga keltirgan. Navoiyning qarigan chog’larida yozgan bu asari ham rang- barang his-tuyg’ular bilan sug’orilgan. Shoir bunda vafot etgan do’stlarini, hayotda, adabiyot sohasida o’zi bilan yaqin munosabatda bo’lgan, o’z talanti bilan madaniyat va san’at taraqqiysiga katta hissa qo’shgan kishilarni eslaydi, ularni sog’inib, yuragi eziladi, o’tday yonadi. Mehribonlar qani, ahbob dog’i? Hamnishinlar qani, ashob dog’i? Barcha g’urbatga xirom ayladilar. Xuld biri hajrida ko’p o’rtandim, Qo’ga chun chekti firoq o’rgandim1.
Qirq yillik bug ado hamdami ul. Maxfiy asrorda damsoz manga, Har nihon rozda hamroz manga. Bori hamdamlar iichida fardim Yorimu hamiafasu hamdardim2. O’ta ta’sirchan, qalb torlari nozik shoir o’z qayg’u- alamlarini, ruhiy iztiroblarini may bilan yengillatmoqchi bo’ladi va har bandning boshida soqiyga murojaat qiladi: Soqiyo, tut qadahi shavqangez, Suv kabi sofu o’t yanlig’ tez1. Hayotni sevgan, undanbahramand bo’lishni targ’ib etgan shoir qancha qayg’uga botmasin, umidsizlikka berilmaydi. U vafot etgan do’stlari bilan shug’ullanayotgan qalamkash do’stlarini ham tilga oladi, ular bilan bir vaqtda yashayotganligidan faxrlanadi:
Shundin dog’I hikoyat yeri bor. Kim agar bordilar andoq ashob. Yana ja’mi ham erurlar ahbob2. Yuqoridagilar shuni ko’rsatadiki, shoir asarning formal talablarini juda chuqur o’rgangan,uning qalamini forma emas, balki bu formani shoirning his-tuyg’ulari, fikrlari yetaklab boradi. Uning insoniy qiyofasi, shoirona qalbi, gumanistik fazilatlari shu lirik forma oynasida mumkin qadar to’la va chuqur aks etgan. Alisher Navoiydan keying ham soqiynoma janrida taniqli shoirlar ijod etganlar, lekin keyinchalik bu janrda asar kamroq yaratilgan. Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling