Ikkilik fazaviy manipulyasiyalash


Download 0.71 Mb.
bet4/10
Sana05.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1430161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-ma’ruza

Dyemodulyasiyalashda FM radiosignalning fazasi qabullash uchida qayta tiklangan tayanch tebranishi (tashuvchi) fazasi bilan taqqoslanadi. Radiosignalning tasodifiy buzilishlari tufayli qayta tiklangan tashuvchining fazasini noaniqligi o‘z o‘rniga ega, bu ikkilik jo‘natmalar «negativ» sifatida qabul qilinadigan teskarish ishlashning sababi hisoblanadi. Bu hodisani yo‘qotish uchun uzatiladigan radioimpulslarning fazalarini farqli kodlash qo‘llaniladi. Fazani bunday manipulyasiyalash fazalar farqili yoki NFM nisbiy fazaviy manipulyasiyalash deyiladi.
NFMliraqamli RRLlarda ma’lumotlarni uzatilishida radiosignal fazasining o‘zi emas, balki ikkita qo‘shni radioimpulslarning fazalari farqi (fazalari surilishi) kodlanadi.
NFMda kodlash qoidasi 5.6-rasmda keltirilgan.


5.6-rasm. Kodlangan NFM signal





Bu yerda

o‘tish

1→1

- fazalar sakrashi mavjud



1→0

- fazalar sakrashi yo‘q



0→0

- fazalar sakrashi yo‘q



0→1

- fazalar sakrashi mavjud

Ikkilik NFMda radioimpulsning davomiyligi τ=T bo‘ladi. Ko‘p sathli manipulyasiyalashda (M>2) T davomiylikdagi ikkilik elementlarning dastlabki ketma-ketligi modulyator koderi yordamida τ=2T (M=4 bo‘lganda) yoki τ =3T (M=8 bo‘lganda) davomiyliklardagi ikkita (M=4 bo‘lganda) yoki uchta (M=8 bo‘lganda) ikkilik elementlar ketma-ketliklariga birligiga o‘zgartiriladi.


NFM radiosignallarni ikkita demodulyasiyalash usullari qo‘llaniladi. Birinchisida dastlab tashuvchi qayta tiklanadi va OFM radiosignal kogerent detektorlanadi, keyin qabul qilingan signallar farqli (diffferensial) kodlanadi (6.7-rasm).

5.7-rasm. Tashuvchi qayta tiklanadigan OFM demodulyasiyalash


Ikkinchi usul NFM radiosignallarni differensial-kogerent (avtokorrelyasion) detektorlashni ko‘zda tutadi, bunda tayanch tebranishi sifatida oldingi radioimpuls ishlatiladi. Bunda detektorlash va dekodlash operasiyalari birlashtiriladi (6.8-rasm).


5.8-rasm. NFM radiosignallarni differensial-kogerent (avtokorrelyasion) detektorlash





Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling