Ikkilik fazaviy manipulyasiyalash


Fazaviy modulyasiyalashda


Download 0.71 Mb.
bet6/10
Sana05.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1430161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-ma’ruza

Fazaviy modulyasiyalashda yuqori chastotali tashuvchi tebranishlar fazalarining oniy qiymatlari +180°ga o‘zgarishi mumkin, buning natijasida radiosignal og‘diruvchisining qiymatlarini sezilarli o‘zgarishi vujudga kelishi mumkin. Bu o‘zgarishlar surilishli kvadraturali fazaviy mo­dulyasiyalanadigan signallar uchun sezilarli bo‘lmaydi.


Surilishli kvadraturali fazaviy mo­dulyasiyalash
Bunday radiosignalni shakllantirish qurilmasining sxemasi 5.13-rasmda keltirilgan. Bu signalni shakllantirish usuli FM signalni shakllantirish kvadraturali usuliga deyarli o‘xshash bo‘lib, farq shundan iboratki, kvadraturali tarmoqdagi nimketma-ketlik vaqt bo‘yicha Ts vaqtga yoki kanal simvoli davomiyligini yarimiga ekvivalentga suriladi (kechikadi). Bu usulni ishlatilishi uchun 5.10-rasmdagi sxemani 5.13-rasmda ko‘rsatilganidek sezilarsiz modifikasiyalash yetarli bo‘ladi, sinfaz tarmoqda Ts vaqtga kechiktirish elementini olib tashlash zarur bo‘ladi. Bunday o‘zgaririshda kanallar simvollari kvadraturali nimketma-ketligi sinfaz nimketma-ketlikka nisbatan Ts vaqtga kechiktiriladi.




5.13-rasm. Surilishli FM-4 radiosignallarni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi.


5.13-rasmda axborot bitlari ketma-ketliklarining vaqt diagrammalari va bu funksional sxema uchun mos kanallar simvollari tasvirlangan. Bu diagrammalarni asosiy farqi shundan iboratki, endi kengaytirgichlar chiqishidagi kvadraturali kanallarda signal sathlarini o‘zgartirish bir vaqtda bo‘la olmaydi. Buning natijasida bu modulyasiyalash usuli uchun fazaviy o‘tishlar diagrammasida koordinatalar boshi orqali o‘tadigan trayektoriya bo‘lmaydi. Bu radiosignalning oniy fazasi +180°ga sakrashlarga ega bo‘lmasligini bildiradi va demak bu signalning og‘diruvchisi FM-4 kvadraturali fazaviy modulyasiyalashdagi kabi chuqur botiqliqlarga ega bo‘lmaydi.




5.14-rasm. Surilishli FM-4 radiosignallarni shakllantirishdagi vaqt diagrammalari


Surilishli FM-4 radiosignallar fazaviy o‘tishlari diagrammalari 6.15-rasmda keltirilgan.

5.15-rasm. Surilishli FM-4 radiosignallar fazaviy o‘tishlari diagrammalari


FM-8 signallar
Modulyator kirishiga beriladigan axborot bitlari oqimini keyin FM-8, FM-16 va h.k. signallarni hosil qilish bilan 3 tadan, 4 tadan bitlarli guruhlarga bo‘lish mumkin. 5.16-rasmda FM-8 radiosignal uchun signallar turkumi tasvirlangan.


5.16-rasm. FM-8 radiosignal uchun signallar turkumi


Bu modulyasiyalash usuli uchun boshlang‘ich fazalari modulyasiyalanmagan tashuvchi tebranish oniy fazasidan 45°ga karrali bo‘lgan burchakka farqlanadigan sakkizta kanallar simvollariga ega bo‘lish zarur. Agar barcha kanallar simvollarining amplitudlari bir xil bo‘lsa, u holda signallar nuqtalari aylana bo‘ylab joylashadi. Bu simvollar kompleks amplitudalarining xayoliy va haqiqiy qismlarining bo‘lishi mumkin qiymatlari bunda quyidagi ko‘plikdan qiymatlarni qabul qiladigan I va Q koeffisiyentlarga proporsional bo‘ladi:




(6.9)
Signallar turkumlari va axborot bitlari uchliklari orasida moslikni o‘rnatish oson emas hisoblanadi. Bu jarayon odatda signalli kodlash deyiladi. 6.1-jadvalda bunday moslikka misol keltirilgan bo‘lib, u bo‘lishi mumkin, lekin eng yaxshi hisoblanmaydi, chunki eng yaxshi moslikni o‘rnatilishi uchun dastlab bunday signalni demodulyasiyalanishi usulini halaqitlarning mavjudligiga aniqlash, keyin esa bitta kanal simvolini qabul qilish yoki bitta axborot bitini qabullashda xatolik ehtimolligini hisoblash zarur.


6.1-jadval


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling