Ikkilik fazaviy manipulyasiyalash


π/4-kvadraturali nisbiy fazaviy modulyasiyalash


Download 0.71 Mb.
bet8/10
Sana05.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1430161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-ma’ruza

π/4-kvadraturali nisbiy fazaviy modulyasiyalash


Surilishli kvadraturali FM-4 va FM-4larda radiosignal oniy fazasining maksimal o‘zgarishlari mos ravishda 180° va 90° larga teng bo‘ladi. Hozirgi vaqtda π/4-kvadraturali nisbiy fazaviy modulyasiyalash yetarlicha keng ishlatiladi, bunda fazaning maksimal sakrashi 135°ga teng, radisignal oniy fazasining barcha boshqa qiymatlari esa π/4 qiymatga karrali bo‘ladi. Bu modulyasiyalash usuli uchun hech bir fzaviy o‘tishlar trayektoriyalari koordinatalar boshidan o‘tmaydi. Natijadan radiosignal og‘diruvchisi kvadraturali fazaviy modulyasiyalashga qaraganda kam botiqliklarga ega bo‘ladi. Bunday radiosignalni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi 6.18-rasmda keltirilgan.


5.18-rasm. π/4-kvadraturali nisbiy fazaviy modulyasiyalangan radiosignalni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi


{ai, i = 1, 2, …} axborot bitlari ketma-ketligi ikkita toq {a2i-1, i = 1, 2, } va juft (a2i, i = 1, 2, …} nimketma-ketliklarga bo‘linadi, ulardan bitlar juftlab tanlanadi. Har bir yangi bitlar juftligi tashuvchi tebranishning fazasini 5.2-jadval qiymatlariga muvofiq Δφi qiymatga ortishini aniqlaydi.
5.2-jadval

Axborot bitlarining qiymatlari

Tashuvchi tebranishlar fazalarining ortishi, (Δφi)

a2i -1

a2i

0

0

π/4

1

0

3π/4

1

1

– 3π/4

0

1

– π/4


Agar oldingi intervaldagi modulyasiyalanmagan tashuvchi tebranishning fazasidan radiosignal fazasining og‘ishi uchun φi-1 belgilash kiritilsa, u holda bu signal fazasining og‘ishi va joriy intervaldagi kompleks amplitudaning yangi qiymatlari quyidagi tengliklar orqali aniqlanadi:





U holda bu signal kompleks og‘diruvchisining haqiqiy va hayoliy qismlari joriy 2Tc davomiylikdagi vaqt intervalida quyidagiga teng bo‘ladi:


(5.10)


(5.11)


(5.10) va (5.11) ifodalarni kanallar simvollari kompleks amplitudalari qiymatlari uchun yaqqolroq shaklda (i – 1) va i nomerlarli ikkita intervallarda quyidagicha yozish mumkin:


(5.12)


So‘nggi ifodadan kelib chiqadiki, i nomerli intervaldagi fazaning qiymati (i – 1) nomerli intervaldagi radiosignal fazasining qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. 5.2-jadvalga muvofiq, yangi qiymatlar π/2 qiymatga karrali bo‘ladi.
5.19a-rasmda agar φi – 1 = kπ / 2 bo‘lsa, , i nomerli interval uchun bo‘lishi mumkin signallar nuqtalari signallar turkumi tasvirlangan.




5.19-rasm. π/4-kvadraturali nisbiy fazaviy modulyasiyalangan radiosignal signallar turkumi
φi – 1 = kπ / 2 + π / 4 bo‘lgandagi o‘xshasha signallar turkumi 5.19b-rasmda tasvirlangan. Bu modulyasiyalash usuli uchun umumiy signallar turkumi 5.19v-rasmda tasvirlangan. U 5.19a-rasmni 5.19b-rasmga qo‘yish yo‘li bilan olinadi
5.19v-rasmda o‘tishlar yo‘nalishlari ko‘rsatkichlari ko‘rsatilmagan, chunki har bir o‘tish uchun har ikkala tomonlarga yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin.
Shuningdek bilish muhimki, bu modulyasiyalash usulida har bir yangi axborot bitlari juftligi tashuvchi tebranishning to‘liq bo‘lmagan fazasini aniqlaydi, faqat i nomerli interval uchun bu fazaning (i – 1) nomerli intervaldagi kompleks og‘diruvchisi to‘liq fazasiga nisbatan ortishini aniqlaydi. Bunday modulyasiyalash usullari nisbiy usullar deyiladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling