Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


O‘zbekiston tashqi siѐsatida iqtisodiy omillarning muhim o‘rni


Download 139.38 Kb.
bet27/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

O‘zbekiston tashqi siѐsatida iqtisodiy omillarning muhim o‘rni.



O‘zbekiston o‘zining tashqi aloqalarini ham ko‘p tomonlama, ham ikki tomonlama asosda tashkil etmoqda. O‘zbekiston ning AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlari izchil va sobitqadamlik bilan rivojlanib bormoqda. Dunѐning yetakchi davlati bo‘lgan, juda katta siѐsiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intellektual salohiyatga ega bo‘lgan AQSh bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish biz uchun ustivor ahamiyat kasb etmoqda. AQSh bilan aloqalar Respublikamizning davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash jaraѐniga salmoqli hissa qo‘shmoqda. So‘nggi yillarda Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlar - Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Gresiya, Chexiya, Slovakiya va boshqa mamlakatlar bilan bevosita ikki tomonlama munosabatlarimiz ancha kengaydi va mustahkamlandi. Osiѐ mamlakatlari - Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Vetnam, Malayziya, Xindiston, Indoneziya, va boshqa mamlakatlar bilan aloqalarimiz mustahkamlanib boraѐtganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi vaqtlarda Yaponiya mintaqamizning murakkab muammolarini - xavfsiz va barqaror tinchlikka erishish, atrof-muhit muhofazasi masalalarini hal etishda faol va manfaatdorlik bilan ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siѐsati xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilishga, xalq turmushi, farovonligini yaxshilashga yo‘naltirilgan. Shuning uchun xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarda iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikamizga ilg‘or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, qo‘shma korxonalar qurilishi oqilona tashqi siѐsatning natijasidir. Bugungi kunda O‘zbekistonda jahondagi 70 ga yaqin mamlakatlarning sarmoyalari ishtirokida tashkil etilgan 2400 dan ortiq qo‘shma korxonalar ishlab turibdi. Ular iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarmoqda, aholiga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz har yili Davos 155 shahrida o‘tadigan jahon iqtisodiy anjumanida ishtirok etmoqda. Anjumanda qatnashish O‘zbekistonni va uning imkoniyatlarini tanishtirish, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki chet el investitsiyalari xalq xo‘jaligining tarkibini qayta qurishga, takomillashtirishga va ishlab-chiqarishni jihozlashga, sermehnat va ko‘p ilm talab qiluvchi ishlab chiqarishni barpo etishga yo‘naltiriladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston da 5 milliarddan ortiq AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar ishtirokida loyihalar amalga oshirilmoqda. Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQShning Nyumont Mayning korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma zavodining qurilishi, yiliga 200 ming yengil avtomabil ishlab chiqaruvchi “UzDEU avto”, Fransiya va Yaponiya bilan hamkorlikdgi strukturasida eng yirik bo‘lgan neftni qayta ishlash zavodi, Farg‘onada Germaniya bilan hamkorlikda “Uzsalaman” poyafzal fabrikasi qurilishi buning dalilidir. Respublikamizning Eron janubiy portlariga va o‘nlab boshqa muhim ob’ektlariga yo‘l ochgan temir yo‘l bo‘yicha harakati boshlandi. Bunday hamkorlikdan ikkala tomon ham manfaat ko‘rmoqda. Qo‘shma korxonalarning qurilishi natijasida ko‘plab ish o‘rinlari vujudga kelmoqda, bu respublikada ishsizlik muammosii yechish, ishsizlarni ishga joylashtirishga ko‘maklashmoqa. Ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorliklar ham ajoyib samaralar bermoqda. Universitetlar va boshqa o‘quv yurtlarimiz zamonaviy uskunalar va qo‘llanmalar bilan ta’minlanmoqda, ko‘pchilik kurslar taniqli jahon olimlari tomonidan o‘qilmoqda, va malaka oshirmoqda, jumladan 2004-2005 o‘quv yilida jami 420 kishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari iqtidorli ѐsh pedagog-o‘qituvchilari Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya, Malaziya kabi davlatlarning nufuzli ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida malaka oshirib qaytdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli ѐshlarning chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlovchi “Umid” jamg‘armasi tashkil etildi. Bu jamg‘arma ajratgan grant hisobiga AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiyaning eng nufuzli universitetlarida bakalavr va magistr darajalarini olish imkoniyatini beradi. O‘zbekiston o‘zining buyuk kelajak sari shahdam qadamlar bilan bormoqda, uning serqirrali tashqi siѐsati ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonning kelajakdagi istiqbollari haqida jahon mamlakatlarining nufuzli davlat arboblari o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirganlar, masalan, Xalqaro iqtisodiy forum prezidenti Klaus Shvab, O‘zbekiston 10- 15 yildan keyin jahonning rivojlangan mamlakatlari qatorida turishi mumkin deb hisoblaydi. Mamlakatimizning xorijiy mamlakatlar bilan ko‘p tomonlama aloqalarida Toshkent muhim o‘rin tutadi. 2009 yil Toshkent shahrining 156 2200 yillik yubileyini YuNESKO rahnamoligida nishonlanishi hamda Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi ISESCO (AYSESKO) tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingani yuksak xalqaro e’tiborning natijasidir. 2010 yil davlatimiz rahbari tomonidan Barkamol avlod yili” deb e’lon qilindi. Mamlakatimizda sog‘lam va barkamol avlodni tarbiyalash, ѐshlarni o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘ѐbga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI- asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart- sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amaldga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilindi.



Download 139.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling