Ikkinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari Buyuk Britaniyaningichki va tashqi siyosati

Download 37.04 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi37.04 Kb.
#1553290
Bog'liq
24.buyuk britaniya xx asr oxiri xxi (3)

Reja:

  1. Ikkinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari

  2. Buyuk Britaniyaningichki va tashqi siyosati

  3. Buyuk Britaniya —O‘zbekistonmunosabatlari

Buyuk britaniyaliklar ham fashizm ustidan qozo- nilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shganlar. Ularning davlati Ikkinchi jahon urushi g‘oliblaridan biri bo‘ldi.

Ayni paytda urush Buyuk Britaniyani ham iqtisodiy, ham siyosiy va ham harbiy jihatdan zaiflashtirdi. Uning harbiy xarajatlari 25 mlrd funt sterlingni tashkil etdi.Milliy boyligining to‘rtdan bir qismini yo‘qotdi. Oltin va valuta zaxiralari kamaydi. Tashqi qarz 3,3 mlrd funt sterlingni tashkil etdi.
Faqat AQSHdangina emas, o‘z dominionlaridan ham qarz bo‘lib qoldi. Chet ellarga joylashtirgan sarmoyasining to‘rtdan bir qismidan, savdo flotining 30 foizidan ajraldi. Import eksportdan oshib ketdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajaning 90 foizini tashkil etdi.Bundan tashqari, urush Buyuk Britaniyaning harbiy-strategik ahvolini ham yomon- lashtirdi.
U jahon va imperiya bozorlaridan AQSH tomonidan siqib chiqarila boshlandi. Endilikda Buyuk Britaniya Yevropada ilgari yuritgan «kuchlar baravarligi» siyosatini yurita olmay qoldi.
Dominion va mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining kuchayishi Britaniya mustamlakachilik imperiyasini inqirozga yuz tuttirdi. AQSHning yadro va strategik qurollarga ega bo‘lishi Buyuk Britaniyaning strategik mavqeyiga jiddiy zarba berdi.
To‘g‘ri, Buyuk Britaniya baribir buyuk davlatlar qatorida qoldi. Biroq uning xalqaro mavqeyi zaiflashgan edi.Endilikda Buyuk Britaniya dunyoning yetakchi davlati roliga da’vo qila olmas edi.Urush g‘olibining bu ahvoliga U. Cherchill «Zafar va fojia» deb baho bergan edi.
1945-yilning 5-iyulida Buyuk Britaniyada parla- ment saylovi o‘tkazildi.Unda Buyuk Britaniya tarixida eng mashhur siyosiy arboblardan biri Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill partiyasi (Konservatorlar partiya- si) mag‘lubiyatga uchradi.Hokimiyat jilovi Leyboristlar partiyasi qo‘liga o‘tdi.Bu partiya parlamentdagi o‘rinlarning uchdan ikki qismini egalladi.Leyboristlar o‘zlarining saylov oldi dasturini «Kelajakka boqish» deb ataganlar. Dasturda leyboristlar demokratik sotsializmni qurish maqsadini 
ilgari surdilar. Ular bunday sotsializmni islohotlar yo‘li bilan qurishlarini e’lon qildilar.
Dasturda sotsializm inqilobning natijasi bo‘lishi kerak emasligi alohida uqtirilgan edi. Xo‘sh, leyboristlar qanday jamiyatni demokratik sotsializm deb tushungan edilar?Ularning demokratik sotsializmi farog‘at davlatining aynan o‘zi edi.27-iyulda K. Ettli boshchiligida tuzilgan leyboristlar hukumati (1945—1951) saylov oldi dasturini amalga oshirishga kirishdi.
Hukumat jiddiy islohotlar o‘tkazdi. Chunonchi, Buyuk Britaniya banki po‘lat, ko‘mir va gaz, elektroenergiya sanoatini, telegraf va radioaloqa, fuqaro aviatsiyasi, suv va temir yo‘l transportini milliylashtirdi. Milliylash- tirish sotib olish yo‘li bilan amalga oshirildi. 1945—1948-yillarda fuqa- rolarni ijtimoiy himoya qilish va sug‘urtalashning kompleks kafolatli tizimi yaratildi. Unga ko‘ra, ishsizlik bo‘yicha, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik bo‘yicha, kasb kasalligi, bevalik bo‘yicha nafaqa, shuningdek, qarilik pensiyalari to‘lanadigan bo‘ldi.
10 mln ishchining ish haqi oshirildi.1948-yildan boshlab tekin meditsina xizmati joriy etildi.Arzon uy-joylar qurilishi boshlandi.1927-yilda qabul qilingan reaksion ruhdagi kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi.Hukumat ba’zi bir siyosiy islohotlarga ham qo‘l urdi.Chunonchi, 1949-yilda Buyuk Britaniya parlamentining yuqori palatasi — Lordlar palatasi huquqini qisman cheklash to‘g‘risida qonun qabul qilinishiga erishildi. Unga ko‘ra, parlamentning quyi palatasi ma’qullagan qonun loyihasini Lordlar palatasi tasdiqlamay ushlab turish muddati 2 yildan 1 yilga tushirildi.
Hukumat ^Marshall rejasi»ga ko‘ra, 1948—1950-yillar oralig‘ida 3 mlrd dollarlik yordam oldi. 1948-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajadan oshdi.Biroq, ayni paytda, moliyaviy inqirozga ham duch kelindi. Bunga AQSHning «Lendliz» savdosini to‘xtatgani, eksportdan keladigan foyda import tovarlari qiymatini ko‘zlangan darajada qoplamasligi, 1949-yilda funt sterling qiymatini AQSH dollari qiymatiga nisbatan ka- maytirishga majbur bo‘linganligi (1949-yilgacha 1 f. s. qiymati 4 dollarga teng edi. Endi uning qiymati 2,8 dollarga teng bo‘lib qoldi), tashqi qarz uchun foiz to‘lovlari sabab bo‘ldi. Buning ustiga iqtisodiyotdagi davlat sektorini bir maromda ushlab turish ham katta mablag‘ talab etmoqda edi.
Oqibatda hukumat ijtimoiy sohada belgilangan tadbirlar uchun zarur mablag‘ga ega bo‘la olmadi. Bu borada berilgan va’dalar to‘la bajarilmadi.Bu hol 1951-yilning 25-oktabrida o‘tkazilgan navbatdagi parlament saylovida konservatorlarning g‘alabasini ta’minladi. U. Cherchill yana hukumat tuzdi. Hukumat 1945-yilgi parlament saylovidagi mag‘lubiyat sabablarini hisobga oldi.Shu tufayli ijtimoiy himoya tizimini bekor qilmadi. Biroq «Mamlakat- ni moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturi»ga ko‘ra, bu soha xarajatlarini bir- muncha qisqartirdi.
Po‘lat ishlab chiqarish sanoati va transport davlat tasarrufidan chiqarildi. Chetdan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari keltirish 350 mln funt sterlingga

Uinston Cherchill.

kamaytirildi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarildi. Eksport hajmi qisqardi. 1952-yilda Buyuk Britaniya yadro quroliga ega bo‘ldi. Biroq bu harbiy xarajatlar kamayishiga olib kelgani yo‘q. Aksincha, bu mamlakatni oltin va valuta zaxirasi kamayishiga olib keldi. Shu tariqa hukumatning iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish dasturi ko‘zlangan natija bermadi.
Bundan tashqari, mustamlakachilik imperiyasining yemirilishi davom etdi. Ichki va tashqi siyosatdagi qiyinchiliklar U. Cherchillni 1955-yil aprelda iste’fo berishga majbur etdi. Konservatorlar hukumatni yana 9 yil bosh- qardilar. U. Cherchilldan so‘ng A. Iden (1955—1957) va G. Makmillan (1957—1963)lar hukumatni boshqardilar.
1957—1958-yillarda mamlakat ishlab chiqarishi 2 foizga kamaydi.Harbiy xarajatlar oshib bordi.Natijada asosiy sarmoyani yangilash jarayoni sekinlashdi.Oqibatda jahon bozorida mamlakat mavqeyi pasaydi.GFR uni 3-o‘ringa surib qo‘ydi. G. Makmillan hukumati vaziyatni o‘nglashga harakat qildi.
Xususan, xususiy sanoat moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatladi.Milliy daromadda davlatning hissasi oshishiga erishdi. Mamlakat eksporti hajmi ko‘tarila bordi. 1962-yilda iqtisodiy rivojlanish Milliy Kengashi tuzildi. Bu kengash 1961—1965-yillarga mo‘ljallangan besh yillik rejani ishlab chiqdi va hukumat uni tasdiqladi.
Biroq rejani hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo‘linmadi. Ijtimoiy sohani mablag‘ bilan ta’minlash og‘irlashdi. Natijada hukumat kvartira haqi ustidan nazoratni bekor qildi.Ish haqi muzlatildi.
Ayni paytda mustamlakachilik imperiyasi yemirildi. Leyboristlar partiyasi hukumat siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi va 1951—1964-yillar oralig‘idagi yillarni «bekor o‘tgan 13 yil» deb atadi. Saylovda g‘alaba qilsa, iqtisodiyotning qator muhim sohalarini milliylashtirish va iqtisodiyotni reja asosida rivojlantirish yo‘li bilan mamlakatni yangilashga va uning qudratini qayta tiklashga va’da berdi. 1964-yilgi parlament saylovida leyboristlar partiyasi g‘alaba qozondi.Partiya rahbari T. Vilson boshchiligida yangi hukumat tuzildi.Hukumat mamlakat ilmiy-texnika salohiyatini rivojlantirishga katta umid bog‘ladi. Shu maqsadda 1965-yilda parlament birinchi «Milliy besh yillik iqtisodiy dasturi»ni qabul qilishiga erishdi.
Ayni paytda, mamlakat moliyaviy ahvolini muqimlashtirish maqsadida, hukumat ish haqi va narxning o‘sishini «oqilona» cheklab qo‘yish siyosatini yurita boshladi. Bu siyosat narx-navo va daromadlar siyosati deb nom oldi.
Dastlab bu tadbir ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, 1966- yildan boshlab hukumatning ish haqini muzlatishga oid qarori bilan amalga oshirildi. G. Vilson hukumati sanoat ishlab chiqarishi yiliga 5 foiz o‘sishini rejalashtirgan bo‘lsa, amalda u 2,3 foizdan oshmadi. Binobarin, leyborist- lar mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadilar. Buning ustiga funt sterling qiymatini dollarga nisbatan kamaytirish ham ko‘zlangan natijani bermadi.
Bundan tashqari, G. Vilsonning Buyuk Britaniyani «Umumiy bozor» ga a’zolikka qabul qildirish yo‘lidagi urinishlari behuda ketdi. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani AQSH bilan haddan tashqari bog‘langanlikda ayblab, uning «Umumiy bozor» ga qabul qilinishiga qarshilik ko‘rsatdi. Bu omillar leyboristlar hukumatining obro‘siga ta’sir etmay qolmadi.1970-yilning 18- iyunida o‘tkazilgan parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi. E. Xit boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi.
E. Xit hukumati davlatning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ijtimoiy sohalar xarajatlarini kamaytirdi. Fermerlarga yordam puli berish to‘xtatildi.«Narx-navo va daromadlar» siyosati bekor qilindi.Bu mamlakatda keskinlikni keltirib chiqardi. Hukumat ikki baravar favqulodda holat joriy qilishga majbur bo‘ldi.
1971-yilda «Mehnat munosabatlari islohoti to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.Qonun tred-yunionlarning huquqini cheklab qo‘ydi.Natijada hukumat bilan tred-yunionlar o‘rtasida keskinlik vujudga keldi.Mamlakat yalpi ish tashlash yoqasiga kelib qoldi.
1973—1974-yillar qishida tog‘-kon sanoatida inqiroz yuz berdi. Shunday sharoitda E. Xit yangi parlament saylovi belgilashga majbur bo‘ldi. 1974- yilning 28-fevralida bo‘lib o‘tgan parlament saylovida leyboristlar partiyasi g‘alaba qozondi. G. Vilson yana bosh vazir lavozimini egalladi. U «Narx- navo va daromadlar siyosati»ning yangi variantini qo‘lladi.Bu variant «ijti- moiy shartnoma» deb nom oldi.Bu hukumat bilan tred-yunionlar o‘rtasidagi shartnoma edi. Shartnomaga ko‘ra, tred-yunionlar ish haqini yiliga 5 foiz- gacha oshirish talabidan tiyilib turish, hukumat esa narx-navo o‘sishini to‘xtatib turish majburiyatini oldi.
Biroq 1976-yilda funt sterling qiymatining yana pasaytirilishi hukumat- ning harakatlarini amalda yo‘qqa chiqardi. G. Vilson o‘z ixtiyori bilan iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rnini J. Kallagen (1976—1979) egalladi.Biroq u ham mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. 1979-yilda mamlakatda ishsizlar soni 1935-yildan keyin birinchi marta 2 mln kishiga yetdi.
Buning ustiga J. Kallagen hukumati o‘tkir ichki siyosiy muammo — Shimoliy Irlandiya muammosining keskinlashuvi hodisasiga duch keldi.1921-yilda Buyuk Britaniya bilan Irlandiya o‘rtasida imzolangan shartno- maga ko‘ra, Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgandi. Uning aholisi asosan protestantlardan iborat bo‘lib, katoliklar ozchilikni tashkil etadi. Protestantlar katoliklarni har jihatdan kamsitib keldilar.1968-yilda katoliklar o‘z haq-huquqlari uchun kurash boshladilar.Natijada Shimoliy Irlandiyada tartibsizliklar boshlandi.Bunga javoban Buyuk Britaniya hukumati u yerga harbiy qism kiritdi.Katoliklarning «Irlandiya Respublika armiyasi» deb ataluvchi yashirin terrorchi tashkiloti ingliz soldatlariga qarshi terror o‘tkaza boshladi.
Bu terrorchi tashkilot Olster shahrini Irlandiya Respublikasiga qo‘shish uchun kurashdi.Bunga javoban protestantlarning yashirin harbiy tashkiloti ham kurashga kirishdi. Har ikki tomon tartib o‘rnatish uchun yuborilgan ingliz soldatlarini nishonga ola boshladi. Natijada uch tomondan ham ko‘plab kishilar halok bo‘ldi.
Mamlakatdagi keskin ichki vaziyat leyboristlar mavqeyiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Oqibatda 1979-yilda o‘tkazilgan parlament saylovida bu partiya mag‘lubiyatga uchradi.G‘alaba qozongan Konservatorlar partiyasi o‘z lideri M. Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzdi.
Konservatorlar surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar.1979—1990-yillar oralig‘idagi 11 yil Buyuk Britaniya tarixiga «Margaret Tetcher davri» nomi bilan kirgan. U Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro‘ qozondi. Uning dasturi «tetcherizm» nomi bilan atalgan. Bu termin mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi:
a) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko‘ra hokimiyat siyosiy yo‘lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo‘lishi kerak;
b) davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo‘lishi lozim. U xususiy tashabbuslarni aslo bo‘g‘masligi kerak;
d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o‘zini o‘zi ta’minlasin. O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam ko‘rsatadi; 
e) kamomadsiz budjet bo‘lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi;
f) kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar manfa- atlariga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga zarar yetkazuvchi ish tashlashlar cheklanishi darkor.
Xo‘sh, M. Tetcher qanday qilib katta obro‘ qozona oldi?
Konservatorlar saylovgacha «To‘g‘ri yon- dashuv» deb atalgan dastur ishlab chiqdilar.
Unda Buyuk Britaniyaning qudratini tiklash, iqtisodiy tanglik va inflatsiyani tugatish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. Bu dasturni amalga oshirish hukumatdan qat’iylik bilan harakat qilishni talab etar edi.
M. Tetcher shunday qildi ham. U davlat budjeti tanqisligiga yo‘l qo‘yib bo‘lsa ham keng ijtimoiy tadbirlarni zarur mablag‘ bilan ta’minlashdan voz kechdi.
Muomalada ortiqcha naqd pulning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rdi. Buning uchun budjet xarajatlari qisqartirildi. Shu tufayli inflatsiyaning pasayishi hamda iqtisodga ko‘proq sarmoya sarflash uchun sharoit yaratildi. Natijada ishlab chiqarishni o‘stirish borasida sakrash ro‘y berishiga erishildi. Mehnat unumdorligi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘ringa chiqildi.
Hukumat kam samarali va zarar ko‘rib ishlovchi korxonalarni saqlab turish uchun mablag‘ ajratishni to‘xtatdi. Davlat mulkini xususiylashtirish amalga oshirildi.Bu tadbir davlat budjetiga 28 mlrd f. s. olib keldi.
Millionlab fuqarolar firma va korxonalarning aksiyadorlariga aylandi. Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega bo‘ldi. Davlat uy-joy fondi ham sotildi. Natijada 1,1 mln oila imtiyozli ravishda turarjoy sotib olishga erishdi.
1990-yilga kelib 65 foiz oila o‘zining shaxsiy uy-joyiga ega bo‘ldi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin qisqartirildi. Soliqlarni oshirish va tejamkorlik hisobiga kamomadsiz budjet shakUantirildi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o‘rta tabaqaga aylandi. Ijtimoiy ta’minot unga haqiqatan ham muhtoj bo‘lganlar uchun joriy etildi. 80-yillarda 2,5 mln yangi ishchi o‘rni vujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillarning barchasi, o‘z navbatida, 1983, 1987 va 1991-yillardagi parlament saylovlarida konservatorlar partiyasining g‘alabasini va ularning uzluksiz 18 yil davomida hukumatni boshqarishlarini ta’minladi.
Biroq 90-yillarda vaziyat o‘zgardi. Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turib bo‘lmadi. Inflatsiya va ishsizlik yana kuchaydi. Hukumat daromadidan qat’i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish yo‘li bilan
vaziyatdan chiqmoqchi bo‘ldi. Bu esa ommaviy norozilikni keltirib chiqardi.Shunday sharoitda M. Tetcher o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi.Yangi bosh vazir J. Meyjor bunday soliqni bekor qildi.U «Teng imkoniyatlar jamiyati» barpo etish dasturini ilgari surdi. Biroq bundan ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. 1997-yilgi va 2001-yilgi parlament saylovida Ley- boristlar partiyasi g‘alaba qozondi. Toni Bler boshchiligida yangi hukumat tuzildi.Leyboristlar hukumati qiyin siyosiy muammolarga duch keldi. Shotlandiya va Uels mahalliy millatchilari 1997—1998-yillarda o‘z parlamentlarini tuzdilar va muxtoriyat e’lon qildilar.
Irlandiya muammosi yana murakkablashdi. Katoliklar va protestantlar- ning to‘qnashuvi davom etdi. 1998-yilda leyboristlar hukumati tomonlar o‘rtasidagi munosabatni birmuncha bo‘lsa-da, kelishtirishga erishdi. Biroq 2001-yilda vaziyat yana keskinlashdi. 2005-yilgi saylovlarda Toni Bler yana g‘alaba qildi. Ammo vaziyat keskinlashib, 2007-yil iyunda u o‘z o‘rnini Gordon Braunga bo‘shatishga majbur bo‘ldi.
Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o‘ynab keldi.Ikkin- chi jahon urushidan keyin esa ahvol o‘zgardi.Endi birinchilik AQSHga o‘tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o‘rni alohida 3 yo‘nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo‘ldi. Birinchidan, u xalqaro may- donda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G‘arbning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo‘stlik mam- lakatlari boshlig‘i edi.
Buyuk Britaniya birdaniga AQSHning asosiy ittifoqchisiga aylanib qolgani yo‘q. AQSH — SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o‘rnatish AQSH uchun ham zarur edi.1945-yilda ingliz — amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd dollar qarz beradigan bo‘ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini kamaytiradi.Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqeyi kuchaydi.
Buyuk Britaniyaga «Marshall rejasi» ga ko‘ra ham katta miqdorda yordam ko‘rsatildi. Mustamlakalarda boshlangan milliy-ozodlik harakati mamlakat hukmron doiralarini tashvishga solib qo‘ydi.
Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin-ketin mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1949-yilda NATOni tashkil etishda faol qatnashdi.Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi.1950-yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi.Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFRni qurollantirish va uni NATOga tortish to‘g‘risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. 1957-yilda o‘z hududiga AQSHning o‘rta masofaga uchuvchi raketalarini joylashtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi. 
60-yillaming boshlariga kelib mustamlakachilik imperiyasi quladi.Bu hodisa Buyuk Britaniya oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini qo‘ydi.Buyuk Britaniya ayni paytda 1963-yilda yadro qurollari sinovini qisman taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ishlab chiqishda qatnashdi.AQSHning Vetnamga qarshi urushini qo‘llab-quvvatladi. 1966-yilda Buyuk Britaniya Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur bilan birlashgan qurolli kuchlarni — ANZYUS (Osiyo — Tinch okean kengashi) ni tuzish to‘g‘risida bitim imzoladi.
1971-yilda «Umumiy bozor» ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi.1973-yilda esa uning a’zoligiga qabul qilindi. Ayni paytda AQSH va Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan yaxshi munosabatni saqlab qoldi. Jahon iqtisodi va siyosatida ilgarigidan kattaroq rol o‘ynay boshladi. Buyuk Britaniya quruqlikda, dengizda va havoda foydalanishga imkon beradigan strategik qurolga ega bo‘lishga intildi va bunga erishdi ham. M. Tetcher davrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham katta e’tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sodiq qoldi.Buyuk Britaniya manfaatlariga tahdid soluvchi davlatlararo muammolarda o‘ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982-yilning may oyida Argentina o‘z qo‘shinini Janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday qilindi. Bu orol asli Argentinaga qarashli bo‘lib, bir vaqtlar Buyuk Britaniya uni o‘z imperiyasi tarkibiga qo‘shib olgan edi.
Buyuk Britaniya orolga o‘z qurolli kuchlarini yubordi va u yerda bayrog‘ini qayta tikladi.M. Tetcher Yevropada mamlakatning rahbarlik rolini tiklashga zo‘r berib harakat qildi. «Umumiy bozor» da deyarli har bir masalada o‘zining alohida fikriga ega bo‘ldi.
Chunonchi, Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik bildirdi. J. Meyjor hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatladi va unda Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi.
1991-yilda Buyuk Britaniyaning Maastrix shartnomasiga qo‘shilishi bu davlat tashqi siyosatida Yevropa muammolarini birgalikda hal etish tomon jiddiy o‘zgarish yuz berganligining isboti bo‘ldi. 2002-yildagi AQSHning Afg‘onistonga urushida qatnashdi.AQSH bilan birgalikda Iroqqa o‘z qo‘shinlarini yubordi.Terrorizmga qarshi kurashdi.Bunga javoban 2005-yil iyunda Buyuk Britaniyada qator portlashlar o‘tkazildi. 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Politsiya nazorati kuchaytirildi.Bugungi kunda ham Buyuk Britaniya buyuk davlatlardan biri sifatida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
1991-yilda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatildi. 1993-yilning 17— 19-iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O‘zbekistonga tashrif buyurdi.Tashrif davomida mamlakatimiz bilan, xalqimiz turmush tarzi bilan tanishdi.Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi. 
Shu yilning 15-oktabrida esa Buyuk Britaniya tashqi va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri D. Xog rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi. Muzokaralardan so‘ng ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim sohasida hamkorlik bitimi imzolandi. Shuningdek, ikkiyoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida ham kelishuvga erishildi.
22—25-noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy amaliy tashrif bilan bordi.Mamlakat qirolichasi Yelizaveta II, shuningdek, bosh vazir J. Meyjor bilan uchrashdi. Safar chog‘ida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma, o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida hamda ikki davlat o‘rtasida havo yo‘li ochish haqida bitimlar imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mamlakatimizda oltin qazib olish korxonalarini qurish uchun 150 mln dollar ajratishga qaror qildi. Mashhur «Lonro» kompaniyasi bilan bitim tuzildi.
Bulardan tashqari, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida ham hujjat imzolandi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 50 dan ortiq Buyuk Britaniya va O‘zbekiston qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 1997-yildan O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning RJ-85 samolyotlarini sotib ola boshladi.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling