Ikkinchi qism toshkent – 2023
Kutilayotgan ijtimoiy samara(natija)
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Kutilayotgan ijtimoiy samara(natija): Dunyoning mafkuraviy
manzarasi keskin o‘zgarib borayotgan, globallashuv jarayonlari shiddat bilan jadallashib ketgan bugungi kunda yangi O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini ma’rifatli qilib tarbiyalashda o‘quvchi yoshlarimizning ongi va qalbiga hujum va xuruj qilishga urinayotgan bir qator tahdidlar bor. Bunday tahdidlardan biri, bu, ma’naviy tahdidlardir. Ma’naviy tahdidlar ma’naviy tarbiyani izdan chiqarishga qaratilgan asosiy xavf-xatarlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov bu xaqida o‘z davrida shunday fikr bildirgan edi. “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy ma’naviy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman”[2]. Bunday ma’naviy tahdidlarning oldini olish uchun oilada ota-onalarimizdan, ta’lim muassasalarida ustoz-murabbiylarimizdan xushyorlikni yo‘qotmaslik, o‘quvchi yoshlarimiz tarbiyasida aslo beparvo bo‘lmasliklari qat’iy talab qilinadi. Kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan o‘quvchi yoshlarimizning mafkuraviy immunitetlari to‘la shakllanib, qaror topib, kuchli e’tiqod egalari bo‘lgandagina ular o‘z hayot faoliyatlari davomida katta-katta muvaffaqiyatlarga erisha oladilar. Har bir o‘quvchi yoshning e’tiqodi xarakteri konkret, real shaxsning yashash sharoitiga, uni o‘rab turgan ijtimoiy muhitga, u olgan tarbiyaning xarakteriga, uning dunyoqarashining xususiyatiga, jamoatchilik fikrining ta’siriga, ma’lumotiga, bilim darajasiga, konkret shaxsning hayotiy tajribalari va boshqa omillariga qarab belgilanadi. Mana shu omillarning ijobiy yoki salbiy, bunyodkor yoki vayronkorligiga qarab birovlarning e’tiqodi mustahkam, barqaror yoki beqaror omonat bo‘lishi mumkin. Yurtimiz oliy o‘quv dargohlarida, ta’lim muassasalarida, mahallalarimizda va har bir oilada olib borilayotgan tarbiyaviy ish tajribalari shundan dalolat beradiki, ularning so‘ngisini mustahkam, ijobiy e’tiqodga aylantirish osonroqdir. Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, bugungi globallashgan zamonda bizning ayrim o‘quvchi yoshlarimiz orasida ham e’tiqodi, iymoni sust, mustahkam bo‘lmagan ba’zi bir yoshlar uchrab turadi. Oqibat natijada mana shunday iymoni sust, e’tiqodi mustahkam bo‘lmagan yoshlarga mamlakatimiz tinchligiga, osoyishtaligiga xavf solayotgan begona, yot, zararli g‘oyalar, harakatlar tahdid solmoqda. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki g‘oyaviy birligi mo‘rt millatning davlat xavfsizligi ham mo‘rt bo‘ladi. Tarixdan shu narsa ma’lumki barcha zamonlarda ham ma’naviyati kuchli, 128 ishonch va e’tiqodi mustahkam millat va elatlar bir tanu bir jon bo‘lib, har qanday ko‘rinishdagi tahdidlarni, u tashqaridan keladigan tashqi tahdid bo‘ladimi yoki ichki tahdid bo‘ladimi qat’iy nazar, tez va soz bartaraf etgan. Mafkuraviy va ma’naviy birligi ichidan yoki tashqaridan buzilgan millat va elat esa mag‘lub bo‘lib, mustamlakaga aylangan. O‘zbekiston Respublikasining milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi har qanday ko‘rinishdagi tashqi va ichki ma’naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan g‘oyaviy qurol, ma’naviy mezon bo‘lib, o‘quvchi yoshlarimizga milliy o‘zliklarini anglashlarida, tarixiy-siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni, voqeliklarni to‘g‘ri anglab yetishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Zotan, ulug‘ bobomiz hazrat mir Alisher Navoiy aytganlaridek: Erursen shoh, agar ogoh sen-sen Agar ogoh sen-sen, shoh sen-sen Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling