Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy 
ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо’g‘risida”gi PQ-2909-
sonli qarori.
2. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion 
pedagogik texnologiyalar. О’quv qо’llanma. Toshkent, 2017-y. 


124 
3. N.X.Avliyoqulov, N.N.Musayeva. Pedagogik texnologiya. Darslik. 
Toshkent, 2012-y. 
4. N.N.Azizxо’jayeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. О’quv 
qо’llanma. Toshkent, 2009-y. 
5. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. О’quv qо’llanma. Qarshi, 
2000-y. 
 
 
YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘QUVChI YOSHLARNI MA’RIFATLI QILIB 
TARBIYALAShNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI 
 
Qulmatov Norqobil Eshmamatovich 
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, 
chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining 
Toshkent filiali katta o‘qituvchi,
yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarbo‘yicha dekan o‘rinbosari 
 
Annotatsiya:Ushbu maqolaning mazmunida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya 
tizimida ilm-fanning rivojlanishi asosida o‘quvchi yoshlarni ma’rifatli qilib 
tarbiyalashning o‘ziga xos jihatlari, ma’naviy tarbiyaning samarali va 
ta’sirchan usullari bayon etiladi. 
Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, o‘quvchi yoshlar, ilm-fan, ta’lim, tarbiya, 
ma’naviyat, madaniyat, ma’rifat, ma’rifatli inson, ma’naviy tarbiya, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar 
 
Tadqiqot ishining dolzarbligi: Yangi O‘zbekiston Respublikasining 
ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarining rivojlanish jarayonlarida uning 
kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning, jumladan o‘quvchi 
yoshlarimizning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi mamlakatimiz 
rivojlanish taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv 
jarayonlari nihoyatda keskinlashib borayotgan bir paytda o‘quvchi 
yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida kamol toptirib ma’rifatli qilib 
tarbiyalashda, ularning qalbi va ongiga kirishga urinayotgan ma’naviy 
tahdidlarnining zararli oqibatlarini oldini olishda ta’lim tarbiyaning, 
jumladan ma’naviy tarbiyaning o‘rni va roli beqiyosdir. O‘quvchi 
yoshlarimizni ma’rifatli qilib tarbiyalashda eng asosiy vazifalarimizdan biri 
bu o‘tmish ajdodlarimiz va ota-bobolarimiz qoldirgan boy ma’naviy 
madaniy va moddiy merosimizni izchil o‘qitib-o‘rgatish, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglatgan holda, yuksak ilm-fan 


125 
cho‘qqilarini egallashlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlab 
qo‘yishimiz lozim bo‘ladi. Bugungi kunda yangi O‘zbekiston jamiyatida 
o‘quvchi yoshlarni ma’rifatli qilib tarbiyalash eng muhim dolzarb ustuvor 
masalalaridan biri bo‘lib turar ekan, bu haqida prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev shunday deydilar: “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda 
Uchunchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan 
ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo 
Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va 
sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda avvalo, ta’lim-tarbiyani 
rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va 
innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib 
xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldilariga katta 
marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va 
har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi 
zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini 
ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi. Shu maqsadda, 
“Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan 
boshlanadi”[1], degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga 
oshiramiz”. Haqiqatdan ham ulug‘ ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning 
o‘rnini bosadigan bugungi kun o‘quvchi yoshlarimiz aynan ana shunday 
bilim va qadriyatlar asosida voyaga etgan taqdirdagina savodli va ongli 
insonlar bo‘lib, mafkuraviy immunitetlari kuchli va har qanday ko‘rinishdagi 
ma’naviy va mafkuraviy tahdidlarga qarshi tura oladigan yetuk komil 
insonlar bo‘lib voyaga yetadilar. Shunday ekan biz tanlagan “Yangi 
O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini ma’rifatli qilib tarbiyalashning o‘ziga xos 
jihatlari” mavzusi bugungi kun uchun eng dolzarb mavzulardan biri 
hisoblanadi. Muammoni hal qilish yo‘llari: Avvalo ma’rifatli inson 
to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyot metodologik jihatdan mustaqillik 
yillarida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov 
asarlarida, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
asarlarida, nutq va ma’ruzalarida, murojaatnomalarida O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasida, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda, kadrlar 
tayyorlash milliy dasturida va boshqa bir qator hujjatlarda har tomonlama 
keng va mukammal ishlab chiqilgan. Ma’naviyati boy, yuksak axloqiy, 
ma’naviy va jismoniy fazilatlari har jihatdan uyg‘un bo‘lgan insongina 
ma’rifatli komil inson bo‘la oladi. Bugungi kunda hammamizga yaxshi 
ma’lumki, dunyodagi har qanday davlat, har bir millat nafaqat yer osti va yer 
usti boyliklari, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki 
birinchi o‘rinda, o‘zining yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli fuqarolari, 
o‘quvchi va talaba yoshlari bilan kuchlidir. Yuksak ma’naviy fazilatlar egasi 


126 
bo‘lgan ma’rifatli inson, nafs xurujini, moddiy lazzatlarga bo‘lgan moyillik 
ojizligini yenga oladigan insondir. Insonni ma’rifatli va mukarram komil 
inson martabasiga ko‘tarish uning ma’naviyatini yuksaltirish demakdir. Har 
bir jamiyat tayanadigan milliy ma’naviy qadriyatlar qanchalik umuminsoniy 
mazmunga ega bo‘lsa u shunchalik umrboqiydir. Taklif va tavsiyalar: Yangi 
O‘zbekiston zaminimizda ezgu maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan 
ishlarni izchillik va qat’iylik bilan davom ettirish esa hozirgi davrda 
davlatimiz siyosatining diqqat markazida turganligi bilan izohlanadi. 
O‘quvchi yoshlarni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalash 
yoshlarimizning onglilik, bilimlilik darajasini boyitadigan eng muhim omil 
hisoblanadi. O‘quvchi yoshlarimizni ma’rifatli qilib tarbiyalash 
jarayonlarning amalga oshirilishida oliy va o‘rta maxsus, xalq ta’limi 
muassasalari xodimlarining faoliyatlaridagi mas’uliyat va fidoiylik hissining 
ahamiyati aniq-ravshan bo‘ladi. Oliy va o‘rta maxsus, xalq ta’lim 
muassasalari xodimlari o‘quvchi va talaba yoshlarimiz taqdirlari uchun 
javobgar shaxs, kerak bo‘lsa, tinchligu-halovatidan voz kechib faoliyat olib 
borishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi va ustoz - murabbiylar o‘quvchi va talaba 
yoshlar bilan o‘quv jarayonlarda qanchalik yaqin muloqatda bo‘lsa, bu narsa 
ularning tarbiyasiga ham shunchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan shunday 
holatlar ham bo‘ladiki o‘qituvchi-murabbiy to‘rt-besh yil davomida o‘zi 
ustozlik qilayotgan guruhlarga ma’ruza o‘qiydi-yu, ammo biror marta ham 
o‘sha guruhdagi o‘quvchi-talaba yoshlarning yashash turmush tarzi bilan 
qiziqmagan, yoki kam e’tibor bergan bo‘lib chiqadi. Bunday holatlarda esa 
o‘quvchi va talaba yoshlar orasida bir qolipga tushib qolishlik, hayotdan 
zerikish, boqimandalik, davlat hokimiyatining boshqaruv tizimiga 
ishonchsizlik, o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilmasliklari natijasida o‘z 
ijtimoiy holatidan noroziligi, boylik ortidan quvish oqibatida yengil 
daromad topishga ishtiyoqmandlik, o‘z manfaatini davlat va boshqalar 
manfaatidan ustun qo‘yuvchi, ma’naviy qashshoq, faqat bugungi kun dardi 
bilan yashovchi, kelajagini ko‘ra olmaydigan, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga 
mutlaqo beparvo va befarq, tushkun kayfiyatdagi ko‘rinishlar ham uchrab 
turadi. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun avvalambor har bir, 
o‘zini vatanparvar deb biladigan o‘qituvchi va murabbiylar o‘z faoliyati 
davomida quyidagi jihatlarga diqqat-e’tiborini qaratishi lozim bo‘ladi.
–ustoz-o‘qituvchi o‘zi ta’lim-tarbiya berib kelayotgan guruhlardagi holat, 
shart-sharoitlar, muammolar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
–ma’naviy-ma’rifiy ishlarga aloqador har qanday chora-tadbir
uchrashuv va davra suhbatlaridan boxabar bo‘lishi kerak. 
–kutubxona, turli xil to‘garaklar ishini yanada jonlantirishga doimiy 
e’tiborini qaratishi kerak. 


127 
–sharqona udumlarimiz, qadriyatlarimizni jonlantirishga qaratilgan 
turli-tuman tadbirlar uyushtirib turishi kerak. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling