Ikkinchi qism toshkent – 2023


yoki egri yo‘ldan yurishi uning baxt to‘g‘risidagi tushunchasi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

yoki egri yo‘ldan yurishi uning baxt to‘g‘risidagi tushunchasi bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Agar inson uchun baxtli bo‘lish moddiy jihatdan boy bo‘lish 
bo‘lsa, unda u moddiy boylik ilinjida yashab, o‘zining moddiy 
ehtiyojlarining quliga aylanib qoladi va moddiy boylik uchun huquq va axloq 
me’yorlarini buzishga moyil bo‘ladi.
Buni tushunish uchun esa, ular baxt bu, eng avvalo, qo‘rquvsiz erkin 
yashash hissi, tinchlik va xotirjamlik ekanligini anglab olgan bo‘lishlari 
lozim. Buni anglab olgan odamda yuqorida qayd etilgan illatlarga qarshi 
immunitet shakllangan bo‘ladi, chunki ushbu illatlar inson baxtliligining 
muhim sharti bo‘lgan qo‘rquvsiz erkin yashash hissi va xotirjamlikdan 
mahrum etadi. Shuning uchun insonning baxt to‘g‘risidagi sog‘lom 
tushunchasi “halollik vaksinasi”ning muhim elementi sifatida xizmat 
qiladi deb aytish mumkin. Albatta “halollik vaksinasi” tarkibida boshqa 
elementlar ham bo‘ladi, lekin baxt to‘g‘risidagi sog‘lom tushuncha asosiy 
element hisoblanadi, chunki vaksinaning boshqa barcha elementlari baxt 
to‘g‘risidagi tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, demokratiya
mustaqillik, tinchlik, adolat, ma’naviyat va boshqa omillar vaksinaning 
elementi bo‘lishi uchun inson ushbu omillar uning hayotini baxtli 
qilishidagi ahamiyatini bilishi kerak bo‘ladi. Aytaylik, ma’naviyat “halollik 


140 
vaksinasi”ning elementlaridan biri bo‘lishi uchun baxtli hayot ma’naviyatga 
bog‘liq ekanligini asoslab berish kerak bo‘ladi.
“Halollik vaksinasi” to‘g‘risida gapirganda, eng avvalo, u nima 
ekanligini anglab olish kerak. Xo‘sh “halollik vaksinasi” nima? “Halollik 
vaksinasi” deganda harom qilingan ishlarni qilishga undaydigan virusni 
o‘ldirishga qodir bo‘lgan antivirus rolini bajaradigan g‘oyalar majmui 
tushuniladi. Korrupsiya illati ana shunday shunday harom qilingan ijtimoiy 
kasallik hisoblanadi va bu kasallikni keltirib chiqaradigan virus bo‘ladi. 
Korrupsiya muammosi hech qanday mubolag‘asiz bugungi kundagi eng 
murakkab va eng dolzarb, jiddiy muammodir, chunki korrupsiya jamiyat 
taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartibni buzadi. 
Adolat tamoyili buzilgan joyda esa odamlar norozi bo‘lishadi, norozilik esa 
ijtimoiy tanglikni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy tanglik ertami-kechmi 
parokandilikni, parokandalik esa mustaqillikni ham dargumon qilib qo‘yadi. 
Demak, korrupsiya muammosi hech qanday mubolag‘asiz milliy 
xavfsizligimizga eng xavfli tahdid deb aytish mumkin.
Baxtga ta’rif berganda, baxt – bu qo‘rquvsiz erkin yashash hissi va 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling