Ikkinchi qism toshkent – 2023


  Список использованных литератур


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 


152 
Список использованных литератур:
1. Бобылева Л. Д., Бобылева О. В. Экологическое воспитание младших 
школьников. // Начальная школа. — 2003. — № 5. — С.64–75.
2. Дежникова Н. С., Иванова Л. Ю., Клемяшова Е. М., Снитко И. В., 
Цветкова И. В. Воспитание экологической культуры у детей и 
подростков: Учебное пособие. — М.: Педагогическое общество России, 
2001. — 64 с.
 3. Игнатьева О. Современная школа и проблема экологического 
мышления / О. Игнатьева, А. Маджуга, Б. Анарметов // Альма матер. — 
2005. — № 8. — С.57. 
 4. Кучер Т. В. Экологическое воспитание учащихся. — М.: 
Просвещение, 2001 — 121 с.
 5. Плешаков А. А. Экологические проблемы и начальная школа // 
Начальная школа. — 1999. — № 5. — С.2–8.
O‘QUVCHILARDA ALTRUISTIK FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH 
BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI 
 
Abbasov Behzod Baxtiyorovich
falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), 
Namangan Muhandislik-Qurilish instituti
Ijtimoiy-fanlar kafedrasi dotsenti 

Annotatsiya. Maktab ta’limiga yangicha metodologiyani olib kirish orqali 
bilim va salohiyatli, yuksak axloqiy fazilatlarni rivojlantirish orqali yangi 
kadrlar avlodini halol, adolatli va vijdonli qilib tarbiyalash, maktab ta’limini 
isloh qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini 
yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. 
Kalit so‘zlar. PIZA, ta’lim, tarbiya, milliy qadriyatlar, fazilat, maktab, 
jamiyat, davlat, tajriba, konsepsiya, ma’naviyat, ma’naviy qadriyatlar, yurtga 
muhabbat, sadoqat, fidoyilik. 
 
O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida maktab ta’limini isloh 
qilish, umumta’lim maktablaridagi ahvol, sohada olib borilayotgan 
islohotlarni chuqurlashtirish, ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish 
masalalarini har tomonlama zamonaviylashtirish dolzarb vazifalardan 
biridir. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev fikricha, buyuk ma’rifatparvar 


153 
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i 
maktabdir”, degan so‘zlarida qanday chuqur ma’no bor.[1] Biz esa sirti 
yaltiroq, ichi qaltiroq kollejlarimizga mahliyo bo‘lib, shuncha vaqtni 
bekorga boy berdik. Shu bois ham maktab ta’limini isloh qilish orqali ta’lim 
samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib 
chiqish vazifalari ustuvorlik kasb etmoqda. 
Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida uzluksiz ta’limning 
uzviyligini, izchilligini, bir birini to‘ldiruvchanligini oshirish jamiyatimiz oldida 
turgan dolzarb vazifalardan biridir. “Dunyodagi rivojlangan davlatlar tarixiga 
nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda barcha islohotlar maktabgacha ta’lim 
tizimidan, ya’ni bog‘chadan, maktabdan, tarbiya masalasidan boshlanganini 
ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni 
o‘zgartirib bo‘lmaydi. O‘tgan asr boshida jadid bobolarimiz shuning uchun ham 
maktab masalasini eng birinchi o‘ringa qo‘ygan edilar”.[2] O‘quvchilarda 
yuksak axloqiy fazilatlarni rivojlantirish orqali yangi kadrlar avlodini halol, 
adolatli va vijdonli qilib tarbiyalash vazifalari ham kun tartibida turibdi. Shu 
bois bugungi kunda maktab ta’limiga yangicha metodologiyani olib kirish 
orqali bilim va salohitli o‘quvchilarni tarbiyalash bilan birga yuksak axloqiy 
fazilatlarga ega yoshlarni tarbiyalash ham jamiyatimiz oldidagi muhim va 
mas’uliyatli vazifalardan bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari 
ochilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – milliy ta’lim tizimida tanlov 
huquqini kengaytirish, raqobatni kuchaytirish va ta’limda yangicha 
yondashuvlarni keng joriy qilish bilan birga rivojlangan davlatlarning 
tajribasini o‘rganish, ommalashtirish, xorijiy davlatlarning ta’lim muhitini 
yurtimizda shakllantirishdan iboratdir. Zero, buyuk fransuz adibi Viktor 
Gyugoning “maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek 
bo‘ladi”, degan fikrlarni bildiradi.[3]
O‘zbekiston o‘zining yangi taraqqiyot bosqichida ta’lim tizimini isloh 
qilish orqali yillar davomida to‘plangan tizimli muammolarni bartaraf etishni 
maqsad qildi va bu yo‘lda Xalq ta’limini 2030 yilga qadar rivojlantirish 
konsepsiyasini qabul qildi. Unda 48 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishning 
aniq mexanizmlari belgilangan bo‘lib, bu orqali ta’lim sifati tubdan o‘zgarishi 
bilan o‘qitish texnologiyalari, moddiy-texnik baza va barcha muammolar 
bartaraf etiladi va ta’limda sifat bosqichiga o‘tiladi.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev fikricha, “2030 yilga borib o‘quvchilar 
bilimini baholash bo‘yicha “PIZA” xalqaro dasturi reytingida jahondagi 
yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashni maqsad qilib qo‘yganmiz”.[4] 
Ushbu maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham ta’lim sifatini 


154 
oshirish bilan birga yoshlarni altruistik fazilatlar bilan ulg‘aytirishimiz talab 
etiladi. Chunki kuchli “aql”lar mamlakatni tark etib ketayotgan bir sharoitda 
ijtimoiy mas’uliyatni anglash, daxldorlikni his etish va fidoyilikni shakllantirish 
ham “Tarbiya” fani olidani ustuvor vazifalardandir.
Jahonning rivojlangan Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Singapur, 
Italiya, Germaniya va Fransiya kabi davlatlarni ta’lim tizimida o‘quvchilarda 
yuksak axloqiylik fazilatlarini shakllantirish, ularda jo‘mardlikni rivojlantirish 
va takomillashtirib borish ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, 
maktab o‘quvchilarida jamoaviylik, birdamlik, birgalikda ta’lim olish, bir-biriga 
yordam berish, o‘zgalarni hurmat qilish kabi tushunchalarni boshlang‘ich 
ta’limdanoq singdirish orqali ularda altruistik fazilatllarni tarbiyalash, 
manmanlik va xudbinlikni sindirib, o‘zgalar uchun ham nimadur qilishga 
o‘rgatish muhim tarbiyaviy vazifalardan biri hisoblanadi.
Turli davlatlarda yuksak axloqiylik va altruistik fazilatlar turlicha talqin 
qilinadi va ta’lim tizimida, tarbiyaviy ishlarda yuksak insonparvarlik, 
birodarlik va jo‘mardlikni tarbiyalash maxsus metodologiya asosida 
yondashiladi. Har bir davlat o‘z fuqarolarida zamon talablariga mos sifatlar 
va jamiyat maqsadlariga mos qadriyatlarni qaror toptirishga harakat qiladi. 
Doimiy yuksalish haqida qayg‘uradigan yetakchi davlatlarning bu boradagi 
tajribasi bilan tanishish foydadan holi emas. Shuning uchun yuksak 
axloqiylik sifatlarini, insonparvarlikni, bag‘rikenglikni va tolernat 
munosabatlarni yoshlariga namunali qilib singdirayotgan va o‘rnak 
bo‘layotgan rivojlangan davlatlardan Buyuk Britaniya, Germaniya va 
Yaponiya davlatlarining tajribasini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Buyuk Britaniyada odatda ta’lim-tarbiya berish o‘rganilayotgan 
predmet yoki o‘qituvchiga emas, balki o‘quvchiga yo‘naltiriladi. Bunday 
yondashuv ingliz ta’limi tarixiga asoslanib, uning rivojiga Russo, Frebel, 
Montessori ta’sir ko‘rsatganlar. Ular bolaning individualligini rivojlantirish 
va mustaqilligini himoya qilish kerak, deb hisoblaganlar.[5] 
Buyuk Britaniya ta’lim tizimida uning tayanchi bo‘lib hisoblangan 
boshlang‘ich ta’limga alohida e’tibor qaratilgan. Bu ta’lim shaklining tarixi 
ham XIX asrga borib taqaladi. Hozirgi davrda Buyuk Britaniyada kichik 
yoshdagi bolalar ta’limiga alohida e’tibor berilib, bu boradagi ilmiy-tadqiqot 
ishlari kengayib, bunday bolalar uchun adabiyotlarni chop ettirish ko‘lami 
ortib bormoqda. So‘nggi 35 yil davomida Buyuk Britaniyada maktabgacha 
ta’lim tizimida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Maktabgacha ta’lim tizimi 
rivojlanishining birinchi bosqichi Buyuk Britaniya jamoatchiligining 
bolalarni maktabgacha tayyorlashning sifati, natijasi va barcha uchun mos 
kelishiga qaratilgan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni 
hal etishga qaratilgan. Bu davrda pedagoglarning diqqati maktabgacha 


155 
ta’lim tizimining istiqbolda rivojlanishini «pastdan» boshlashga, ya’ni 
mazkur tizimdagi tarbiya maskanlarining dasturlarini takomillashtirishga 
qaratildi. Keyinchalik pedagoglar bu sohaning rivojiga tizimli yondashish 
zarurligini anglab, bu jarayonga davlat aralashuvi lozimligi, ya’ni sohaning 
rivojini «yuqoridan» amalga oshirish lozimligini tushunib yetdilar. Buyuk 
Britaniyada 1996 yilda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 
bajarilishi majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjat qabul qilindi. 
Maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishining ikkinchi bosqichida esa 
mamlakatda davlat va jamoatchilikning maktabgacha ta’lim tizimini 
rivojlantirishga oid dasturiy uslubiy va me’yoriy-huquqiy majmuaviy 
hujjatlar (2007 yil) yaratilib amaliyotga tatbiq etildi. Bu davrda maktabgacha 
ta’lim tizimiga «bazaviy daraja» maqomi berilib, barcha bolalarning yuqori 
sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash yo‘nalishi belgilab olindi. So‘nggi yillarda 
Britaniya hukumati maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida 
e’tibor qaratmoqda. Chunki maktabgacha ta’lim tizimini mazmunan 
boyitish mamlakat kelajagini belgilaydi. Ayni paytda Buyuk Britaniyaning 
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda pedagoglar va ota-onalarning 
roli katta bo‘lib, ular hukumatning bu sohadagi siyosatini belgilashga o‘z 
hissalarini qo‘shmoqdalar.[6] 
Germaniya – ta’lim va kasbga yo‘naltirish, ilm va ilmiy tadqiqotlar davlati. 
Ko‘plab Nobel mukofoti laureatlari, yuqori darajadagi ilmiy izlanishdagi 
yutuqlarga ega bo‘lgan, ko‘p loyihalarga moliyaviy yordam berib kelayotgan, 
har xil davlatlardan kelgan o‘quvchilarni o‘qitadigan davlatdir. 
Germaniyada bolalarning rivojiga 3 yoshdan boshlab katta e’tibor 
beriladi. Onalar o‘z farzandlarini boshlang‘ich bosqichda haftada bir marta, 
kattaroq bo‘lganlarida bir necha marotaba maxsus rivojlantirish guruhlariga 
olib borishadi. Maqsad jamoa bo‘lib o‘ynash, o‘zaro muloqotga o‘rgatishdir. 
Faqatgina mazkur guruhlarga bola borganidan so‘nggina uni bolalar 
bog‘chasiga berishadi. Chunki farzandning bog‘chaga ko‘nikishi oson 
kechadi va bolalar bu yerda o‘zlarini erkin his qiladilar. Bog‘chada bolaga o‘z 
huquqlarini, ularni hech kim xafa qilishi mumkin emasligini o‘rgatishadi. Bu 
nafaqat bolalarga qo‘l ko‘tarish, balki kattalar tomonidan ularga ovozni 
balandlatish, xafa qilishning oldini olish ham demakdir.[7] 
Germaniyada maktab ta’limi majburiy va bepul. 6 yoshdan 18 yoshgacha 
fuqarolar majburiy tartibda ta’lim olishi shart. Maktab ta’lim tizimi kuyidagi 
bosqichlarga bo‘linadi: 
• boshlang‘ich (primarstufe) 
• o‘rta (sekundarstufe I)
• yuqori (sekundarstufeII)


156 
Germaniyada maktabgacha ta’lim muassasalari davlat tizimiga 
kirmaydi. Bolalar bog‘chasi xayriya jamg‘armalari, mahalliy hokimiyat 
hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va 
tashkilotlar ham o‘z bog‘chasiga ega bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim 
tizimi (elementarbereich) 3 yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni 
qamrab oladi. Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o‘z fikrini ifodalash, 
tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, 
ularni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda bog‘chalarning o‘rni katta. Shu 
bois ham olmonlar bog‘chalarni "tafakkur ustaxonasi” deb atashadi. 
Boshlang‘ich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. O‘qish asosan 
4 yil, Berlin va Brandenburgda esa 6 yil davom etadi. Dastlabki 2 yil 
mobaynida o‘quvchilar baholanmaydi. O‘qituvchilar baho o‘rniga bolaning 
individual rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi va o‘zlashtirish 
tavsifnomasi beriladi. O‘quvchilarga 3-sinfdan baho qo‘yila boshlaydi. 5-6 
sinflar bolalarning rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda 
bolalar keyingi ta’lim turiga yo‘naltirilishi uchun kuzatuvda bo‘ladi. 
Bolaning boshlang‘ich sinflardan keyin qaysi maktab turida o‘qishni davom 
ettirishi boshlang‘ich maktab tavsiyasi, uning o‘zlashtirishi hamda 
otaonasining xohishlariga bog‘liq. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi 
qabul qilingan. O‘quvchilar fanlarni eng kamida «4»ga o‘zlashtirishi kerak. 
Boshlang‘ich bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, 
musiqa, estetika fanlari o‘tiladi. 
O‘quvchilar o‘rta ta’limning eng muhim bo‘g‘ini gimnaziyada 
(Gymnasium) to‘qqiz yil 5–13-sinfgacha ta’lim oladi. Real maktabning 10-
sinfini tamomlagan yoshlar esa gimnaziyada 3 yil o‘qiydi. Mazkur ta’lim 
dargohida gumanitar, tabiiy fanlar va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. 
O‘quvchilar 11 sinfdan tanlagan yo‘nalishidan kelib chiqib, asosiy vaqtini bir 
necha fanni chuqur o‘rganishga sarflaydi. Gimnaziya – oliy ta’limga 
tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichi. 
Nemis pedagoglari iste’dodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, deb hisoblashadi. 
Shunga ko‘ra ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni 
yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. “Fikrlayapmanmi, demak, 
yashayapman!” deydi mashhur faylasuf Rene Dekart. Olmon maktablarida 
ana shu naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi 
navbatda o‘quvchining, hatto xato bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga 
erishishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayoni esa ota-ona va o‘qituvchi 
o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi.[8] 
Germaniya maktablarida kompetentlikni shakllantirishda turli xil 
interaktiv metodlardan, masalan: fidbek, jamoali o‘qish, hamkorlikda 


157 
o‘qitish, guruhli ishlash, intervyu, mustaqil o‘qish, men-sen-bu metodi, 
svetofor kabi ko‘plab metodlardan foydalanishadi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling