Ikkinchi qism toshkent – 2023


tahdid hisoblanadi, nega deganda korrupsiya muhitida baxtli hayot  sharoitlariga putur yetadi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

tahdid hisoblanadi, nega deganda korrupsiya muhitida baxtli hayot 
sharoitlariga putur yetadi. 
 
Korrupsiya tahdidiga qarshi immunitetni shakllantirishga yoki virusga 
qarshi antivirusni shakllantirishga xizmat qiladigan vaksina hayotbaxsh 
so‘zlardan va g‘oyalardan iborat bo‘ladi. “Vaksina” bo‘lib insonning baxt 
haqidagi to‘g‘ri tushunchasi, baxtga erishishda mustaqillikning, tinch-
likning, adolatning, ma’naviyatning, milliy g‘oyaning, demokratiyaning, 
fuqarolik jamiyatining, islohotlarimiz asosida yotgan liberallashtirishning 
o‘rni va O‘zbekiston tanlagan evolyusion taraqqiyot yo‘lining ahamiyati 
to‘g‘risidagi g‘oyalar majmui xizmat qiladi.
Ijtimoiy kasallik bo‘lgan korrupsiyaning sababi ham ma’naviyatning 
qashshoqlashuvi bilan bog‘liq. Ma’naviyat qashshoq bo‘lgan joyda 
korrupsiyaga sharoit yaratiladi va korrupsiya bu sharoitni asrash uchun 
ma’naviyatning yuksalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki korrupsiya illat sifatida 
faqat nosog‘lom ijtimoiy muhitdagina mavjud bo‘ladi va bunday muhit 
odamlar ma’naviyati qashshoq bo‘lgan holdagina kelib chiqadi. Demak, 
korrupsiyaning sababi ma’naviy qashshoqlik, oqibat esa insoniyatning 
halokati va uning yechimi sababni bartaraf qilish ya’ni ma’naviyatni 
yuksaltirish bilan bog‘liq. Sabab ma’naviy qashshoqlikka, ma’naviy qashshoqlik 
esa korrupsiyaga bog‘liq ekan, demak, asosiy e’tiborni korrupsiyani to‘xtatishga 
qaratish lozim. Buning uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida 
korrupsiyaga qarshi kurashda taklif qilgan “halollik vaksinasi”ni yaratish va 
jamiyatni emlash kerak bo‘ladi. “Halollik vaksinasi” korrupsiya sababining 
antivirusi bo‘lib xizmat qiladi deb aytish mumkin. 
Demak, jamiyatni korrupsiya illatidan himoya qilishning eng maqbul 
yo‘li ma’naviy va mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan 
profilaktika ishlari bilan bog‘liq. Bunday immunitetni shakllantirish keng 
ko‘lamli ma’naviy va mafkuraviy ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. 
Immunitetni shakllantirish borasidagi profilaktika ishlarimiz samarali 
bo‘lishi uchun, eng avvalo, targ‘ibotchilar guruhini tuzish va ularni “halollik 
vaksinasi” rolini bajaradigan targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash lozim. 
Mazkur tadqiqot Muhtaram Prezidentimizning yuqorida keltirilgan 
savollariga javoban profilaktika ishlarini olib boruvchi targ‘ibotchilar uchun 
korrupsiya tahdidlariga qarshi immunitetni shakllantirishda “halollik 
vaksinasi” bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 


142 
Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirishga 
xizmat qiladigan quyidagi xulosa va takliflarni berish mumkin: 
1. Bugun yoshlarni ongi va qalbi jang maydoniga aylanib ular mafku-
raviy tahdid, “ommaviy madaniyat” tahdidi qurshovida yashab kelmoqda. 
2. Yoshlarni bunday tahdidlardan himoya qilishning eng maqbul yo‘li pro-
filaktika ishlari orqali ma’naviy va mafkuraviy immunitetni shakllantirishdir. 
3. Lekin korrupsiya muhitida har qanday yaxshi g‘oya bilan ham ma’naviy 
va mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirib bo‘lmaydi. 
4. Shuning uchun asosiy e’tibor korrupsiyani to‘xtatishga qaratilgan 
profilaktika ishlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega 
5. Yoshlarda bunday immunitetni shakllantirish uchun profilaktika 
jarayonida emlanadigan “halollik vaksinasi” ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. 
6. “Halollik vaksinasi”ni yoshlarga emlashga qodir bo‘lgan targ‘ibot-
chilar guruhini shakllantirish va ma’naviy-ma’rifiy profilaktika ishlarini 
tizimli yo‘lga qo‘yish. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling