Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Kalit so‘zlar: Farovon jamiyat, baxtli hayot, mustaqillik, tinchlik, adolat,
ma’naviy va mafkuraviy tahdid, poraxo‘rlik va korrupsiya, virus va antivirus, profilaktika va vaksina, immunitet, demokratiya va fuqarolik jamiyati. Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti, eng avvalo, jamiyatning rivojlanish darajasiga va shu jamiyatning a’zosi bo‘lgan har bir fuqaroning hayotga ongli munosabatda bo‘lishiga bog‘liq. Bunday munosabatning shakllanishi esa, jamiyatning umumiy madaniyatini rivojlanish darajasining yuksakligi orqali ta’minlanadi. Jamiyat madaniyatini yuksakligi esa, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashning muhim sharoiti bo‘lgan ta’lim tizimini samarali ishlab turishiga bog‘liqdir. Chunki ta’lim tizimining funksiyasi jamiyatga bilimli va ma’naviyatli kadrlarni tayyorlab berishdan iborat. Bugungi kunda ta’lim tizimida bilim va ma’naviyatni uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda. Chunki ta’lim tizimida asosiy e’tibor bilimga qaratilib ma’naviyat nisbatan e’tibordan chetda qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida ma’naviyatni qashshoqlashuvi va nosog‘lom ijtimoiy muhitni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda insoniyat 138 jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha global muammolarning sababi aynan ana shu ma’naviy qashshoqlik bilan bog‘liq. Bugun butun dunyo yoshlari singari O‘zbekiston yoshlari ham diniy fundamentalizmining mafkuraviy tahdidi, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi buzuqlik va axloqsizlik tahdidi va korrupsiya tahdidi ostida yashab kelmoqdalar. Bunday tahdidlardan himoyalanishning eng maqbul yo‘li ularga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktika ishlaridir. Ma’naviy-ma’rifiy profilaktika jarayonida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish g‘oyaviy tahdidlarga qarshi immuniteni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston- ning taraqqiyot strategiyasi”da ma’naviy yuksalish alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab berilgan. Ma’naviyatni yuksaltirish ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy profilaktika ishlarini samarali tashkil qilish bilan bog‘liq. Yuqorida qayd qilingan muammolarning eng xavflisi korrupsiya illatidir chunki korrupsiya muhitida har qanday yaxshi g‘oya ham immunitetni shakllantira olmaydi. Shuning uchun biz quyida korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ma’rifiy profilaktika ishlarini samarali qilish masalasini tahlil qilishni maqsad qilib qo‘ydik. Korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish bilan mafkuraviy tahdid va “ommaviy madaniyat” tahdidiga qarshi immunitetni shakllantirishga erishish mumkin. Ma’lumki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyatiga va taraqqiyotimizga asosiy to‘siq korrupsiya illati hisoblanadi. Shuning uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomalarida “Meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosi...” [1] deb ta’kidladilar. Korrupsiyaga qarshi kurash masalasi bugungi kunda O‘zbekiston uchun eng dolzarb muammo sanaladi va ushbu muammoning Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling