Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
qaratilgan nazariyalarni ishlab chiqdi. Bu davr nazariyotchilari asosan
ustozlar va kutubxonachilardan iborat bo‘lib, bolaga qanday kitoblar yoqadi, bola uchun eng yaxshi kitoblarni qanday tanlash kerak? degan savollarga o‘z tadqiqotlari orqali javob izlay boshladilar. Hozirgi kunda ko‘pgina bolalar adabiyoti tanqidchilari bolalarga bitta yagona guruh emasligini, balki yoshi, jinsi, millati, dini va hokazolarga ko‘ra farqlanishini, shuning uchun ham butun dunyo bolalari uchun birdek sevimli bo‘la oladigan universal adabiyot mavjud emasligini ta’kidlamoqda. Lissa Pol (1987), Roberta Selinger Trites (1997), Kristin Vilki-Stib (2002), Beverli Lyon Klark va Margaret Hiogennet (1999) kabi feministik bolalar adabiyoti tanqidchilari o‘g‘il va qiz bolalarning badiiy didi farq qilishini, bola uchun asar tanlashda uning jinsiga ahamiyat berish lozimligini ta’kidlaydi. Kris Jenks, Kolin Heyvud, Kerol Gerhart Muney kabi qaysi yoshda bolaga qanday kitob o‘qitish kerak degan savolga javob izlashga uringan tadqiqotchilar bola tushunchasi bolaning turli yosh davrlarga bo‘linishi, bolaning qaysi yoshda qanday matnni tushuna olish darajasi turli makonda va turli zamonda turlicha bo‘lganligini ta’kidlaydi. Boshqa tanqidchilar (masalan, Piter Xant (1991), Perri Nodelman (1992), Jon Stivens (1992) va Roderik MakGillis (1996) bolalar uchun eng yaxshi asar qanday bo‘lishi kerak degan mavzudagi gaplar quruq safsata. Chunki bu savolga kattalar bolalar nomidan javob beradilar va bu doim ham o‘zini oqlamaydi degan fikrni ilgari suradi. Shuningdek, G‘arbdagi zamonaviy bolalar adabiyoti etnik guruhlar, jamiyatdagi ozchilikni tashkil etuvchi “ayrim” guruhlarning ham huquqlarini tan oladigan, ularning muammolarini inkor etishdan ko‘ra, birgalikda muammoga yechim topishga intiladigan “liberalizm” mevasi sifatida juda xilma-xil janr va mavzularda namoyon bo‘ladi. Liberalizm tufayli san’at, adabiyotdagi yangicha yo‘nalish va yangicha mavzular osonlikcha qabul qilinadi. O‘zini xunuk, kalta, uzun, ozg‘in, semiz deb hisoblab, o‘ziga past baho berish, giyohvandlik, erta tug‘ruq, oila a’zosining o‘limi kabi muammoli vaziyatlarga yechimlar bera oladigan bolalar uchun muammoli adabiyotlar AQShda mashhur bo‘lgan mavzular hisoblanadi [3]. O‘zbek bolalar adabiyotida o‘zbek tilida yozilayotgan kitoblardan ko‘ra tarjima asarlar son va sifat jihatidan yuqoriroq ekanini kuzatish mumkin. 131 Ammo bu faqat O‘zbek bolalar adabiyotida sodir bo‘layotgan jarayon bo‘lib qolmay, butun dunyoda bolalar adabiyoti milliy adabiyot namunalarining jahon adabiyoti namunalari bilan raqobatlasha olmay turg‘unlik davrini boshidan kechirayotganini kuzatish mumkin. Qo‘shma Shtatlardan tashqari aksariyat G‘arb jamiyatlari bolalar kitoblarini chop etishda asosan tarjimalarga tayanadilar. Finlandiyada fin bolalariga taqdim etilgan kitoblarning 80%i tarjimalardir [4]. Tarjimalar boshqalarga yangi yo‘nalishlarga ochiqlik va boshqa adabiy janr va mavzularni qabul qilish imkonini beradi. Ammo aytaylik, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan Morris Gleytsmanning “Sticky Beak” – “Burunsuqar” (1993) asari kabi o‘qituvchi siymosi masxara qilinadigan, ijtimoiy, axloqiy, diniy qoidalar va normalarni qabul qilmaydigan karnaval adabiyotini tarjima qilish o‘zbek bolalar adabiyotiga qanday ta’sir qiladi? Shubhasiz, “Aydan Chamberning “Qabrimdagi raqs” yoki Leslea Normanning “Hezerning ikki onasi bor” singari bir jinsli nikoh kabi taqiqlangan mavzularga bag‘ishlangan[5] kitoblarni sharq adabiyotida, islom olamida tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki Sharqda Bolalar adabiyotida bunday muammolar haqida ochiq gapirish foydadan ko‘ra zararliroq, bolalarni bunday muammolardan chetlab o‘tish kerak deb hisoblanadi. 1980-yilda Buyuk Britaniyada Islomiy bolalar adabiyoti nashriyotiga asos solgan va turli yoshdagi musulmon bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar nashrini yo‘lga qo‘ygan muharrir va yozuvchi Xurram Murod: “Alloh va uning payg‘ambari yo‘l yo‘riqlariga o‘rin ajratilmagan, bolalarga faqat badiiy yoki estetik zavq berish uchungina chop etilayotgan kitoblar hech qanday qimmatga va ahamiyatga ega emas. Bu kabi kitoblar bolalarni to‘g‘ri ilm olish imkonidan mahrum qiladi. Ularda Haq va Botilning o‘zgarmas qonuniyatlari haqida hech nima aytilmaydi. Bu kabi kitoblar bolaga na ezgulik tarafdori, yaxshi inson bo‘lib yashashga rag‘bat beradi, na yovuzlik va yomon odatlardan qaytaradi. Ko‘ngilxushlik, shaxsiy rivojlanish, individualizm kabi mavzularnigina qamrab olgan adabiyotlarni o‘qigan, shu ruhdagi filmlarni ko‘rib ulg‘aygan yoshlar kattalar hayotiga ijtimoiy begonalashuv va sarosimaga tushgan holda kirib boradilar, ular atrofidagi dunyoning cheksiz ko‘rinadigan tanlovlariga dosh bera olmaydilar” – deya fikr bildiradi[6]. Shuningdek, ko‘plab adabiyotshunoslar millat farzandlarini tarjima adabiyotlar yoki ulardan ta’sirlanib yozilayotgan kitoblar bilan emas sof milliy til muhitida yozilgan, milliy xarakter va milliy dunyoqarashni ochib beradigan qahramonlar haqida hikoya qiluvchi asarlar lozimligini ta’kidlaydi. O‘zbek bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev ham bolaga xorijiy kitoblarnigina 132 o‘qitish bolani boshqa ota tarbiyalashi bilan teng. Bola, avvalo, ona tilida, milliy ruhda yozilgan asar bilan tanishuvi kerakligi, aytib o‘tgan edi. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyotida zamon bilan hamnafas ammo qalban milliy xarakterga ega qahramonlarni aks ettirgan kitoblar yozish ko‘ndalang mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling