Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O"zbekiston, 2017. 2. Usarov, J. (2019). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies. 3. Ernazarova, G. (2016). Improvement of Vocational Training of Vocational Colleges students!$ on basis of Acmeological Approach. Eastern European Scientific Journal. 4. Utaev, A. Y., & Matyakubova, M.B. (2019). Psychological foundations of speech development. Scientific-practical conference "Modern system cluster in 263 the context of innovations and reforms in education: problems, approaches and prospects» 5. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal. 6.Xalq ta’limi: “Ijtimoiy faollikka o‘rgatish yo‘llari” №6, 2008. 18.Xalq ta’limi: “Ijtimoiylashtirish” №3, 2006. UZLUKSIZ ADABIY TA’LIM – MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYANING ASOSI Yuldasheva Nilufar Abdullayevna pedagogika fanlari doktori (DSc) “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash uhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Kalit so‘zlar: milliy ta’lim tizimi, uzluksiz adabiy ta’lim, yosh avlod, tub islohotlar, ilm-ma’rifat, ma’naviy asos, milliy qadriyatlar, an’ana va urf- odatlar, ta’limga yangicha yondashuv, mafkuraviy immunitet. Annotatsiya. Yangi O‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirish jarayoni uzluksiz ta’lim tizimiga, jumladan, oliy ta’lim tizimi oldiga ham yangi vazifalarni qo‘ydi. Dunyodagi global o‘zgarishlarni hisobga olib, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat asosida yoshlar ongiga singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon-atrof va jahonda ro‘y berayotgan vaziyatarni baholash hamda milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda real yondashish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashdan iborat. Mamlakatimizda ta’lim tizimi har tomonlama ustuvor soha bo‘lib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash uchun zamonaviy darajadagi barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Yangi O‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirish jarayoni uzluksiz ta’lim tizimiga, jumladan, oliy ta’lim tizimi oldiga ham yangi vazifalarni qo‘ydi. Dunyodagi global o‘zgarishlarni hisobga olib, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm- ma’rifat asosida singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon- atrof va jahonda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish, ichki va tashqi 268 o‘zgarishdan ulkan evrilishlargacha bo‘lgan jarayonlar ta’sir etmay qolmaydi. Tafakkur yangilanishi ta’lim tizimini o‘zgartirgani singari ta’lim tizimi ham tafakkur yuksalishiga xizmat qiladi. Ijtimoiy voqelik ta’sirida adabiy ta’limning mazmuni va shaklida muayyan yangilanishlar bo‘lishi tabiiy. Millatning badiiy-estetik tafakkuri yuksalishi uchun asos bo‘la oluvchi adabiyotning davrlashtirilishi masalasi uni o‘qitishda yuqori natijalarga erishishni ta’minlashi jihatidan alohida ahamiyatga ega. Shu tariqa, xalqning fikrini uyg‘otish, buning birdan-bir yo‘li sifatida ma’rifat tarqatish, olamning ravishiga nazar solish, o‘z «men»i bilan o‘zgalar «men»ini qiyoslash, shu zaylda millat tafakkurini yangilash, uni dunyoning taraqqiy etgan xalqlari darajasiga yuksaltirish adabiyotning asosiy mavzusiga aylandi. Aslida, “Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriylar irodasining bukilmasligi – Vatan tuyg‘usini aziz jonlaridan ham a’lo ko‘rgani – vatanparvarlik tarbiyasining shaxs ma’naviy kamolotida yuksak maqomda turishini ko‘rsatadi”[2]. Abdulhamid Cho‘lpon fikricha, adabiyot Vatan va millat mavjudligi asosi, xalqning ma’naviy boyligidir. Ajabki, Cho‘lpon hali o‘smirligidayoq millat taqdiri, demakki, vatan taqdirini, istiqbolini ma’rifatparvarlik bilan bog‘laydi. “Adabiyoti o‘lmag‘an (bo‘lmag‘an) va adabiyotning taraqqiysiga chalishmag‘an (ko‘maklashmagan) va adiblar etishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolib, sekin-sekin inqiroz bo‘lur”. Uning xulosasi ham keskin va aniq: “Adabiyot yashasa – millat yashar”[5]. Cho‘lponning ushbu fikr-mulohazalari xalq hayotidagi yuz berayotgan adolatsizlik, mustamlaka tizimidagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning keskinligi, boshi-keti yo‘q xunrezliklarga nisbatan yosh ijodkor Abdulhamidni o‘z vaqtidan oldin ulg‘aytirib, millat dardini his qila olish kabi ma’naviy yetukligini dalilladi. Amaldagi ta’lim tizimida yo‘l qo‘yilgan bunday kamchiliklar yoshlar tarbiyasida bo‘shliq paydo qildi va yoshlarning begonalar tuzog‘iga ilinishi, ulardan nopok maqsadlarda foydalanilishiga ham olib keladi. Ko‘rinadiki, ta’lim-tarbiyada vatanparvarlikni o‘rganish uning samarali yo‘llarini izlash, bugungi kun talabiga aylandi. Bunda ayniqsa, adabiy ta’limga munosabatni o‘zgartirish zarur bo‘ldi. Ta’lim jarayonida alohida predmetlarni o‘rganishni kuchaytirish, ularni chuqur o‘zlashtirish, asosiy predmet va g‘oya atrofiga jipslashtirishga harakat qilishdan birgina maqsad – o‘quvchining ijodiy tafakkurini, ma’naviyatini o‘stirish, fanlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlashdan iborat. Ushbu islohotlardan ko‘rinadiki, adabiyot fani bir yo‘nalishda turgan, buning boisi ayni vaqtda tarbiyaning asosi ham hisoblanadi.Aynan 269 vatanparvarlik, vatanga sodiqlik, o‘z xalqining kelajagi uchun xizmat qilish adabiy ta’limning bosh maqsadi, vazifasi hisoblanadi. Adabiyot – inson shaxsini tarbiyalovchi, uni buyuk ishlarga yo‘naltiruvchi tengsiz kuch. Milliy ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar ham yuqoridagi maqsadlar bilan birga insonni barcha tarbiyaviy tadbirlarning markaziga qo‘ydi. Yangilangan pedagogika insonni oliy qadriyat deb hisoblaydigan tarbiya tizimini yaratishni bosh maqsadga aylantirdi. Ma’lumki, tarbiya insonda mavjud ma’naviy fazilatlarni rivojlantirish yoki qusurlarni yo‘qotishga xizmat qiladi. Bu jarayon samaradorligi uzluksiz davom ettirilganida o‘z natijasini beradi ya’ni tarbiyalanuvchining bo‘layotgan voqea-hodisalarni qalbidan o‘tkazishi, unga o‘z munosabatlarini tarkib toptirishiga bog‘liq holda amalga oshadi. UO‘TM adabiy ta’limi har bir davrning, ijtimoiy-siyosiy tuzumidan qat’i nazar, e’tibor tortar masalasi bo‘lgan. Har bir hukmron mafkura adabiyotning ishontirish, ergashtirish kuchini juda yaxshi anglagani, o‘z g‘oyalarini odamlarga singdirishning sinalgan yo‘li sifatida qaragan. Yuqoridagi kuzatuv va tahlillar quyidagi xulosalarga kelish imkonini berdi: — uzluksiz adabiy ta’lim tizimlari mobaynida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muammosi ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy ehtiyoj tufayli paydo bo‘ldi va tiklanayotgan milliy-ma’naviy qadriyatlarni yoshlarga singdirishda uning o‘rni, ayniqsa, muhim ekanligi ma’lum bo‘ldi: — adabiy ta’lim tizimi istiqlolning ilk kunlaridan sifat o‘zgarishlarga, tahliliy islohotlarga uchradi, buning natijasi milliy ilmiy-metodik pedagogikamizni yuzaga keltirdi; — uzliksiz ta’lim mezonlari orqali adabiyot o‘qitishni tashkil etuvchi badiiy asarlarni saralash prinsiplari yangilandi: ijtimoiy deguma- nizatsiyadan inson oliy qadriyat ekanligi anglandi. — Milliy o‘zbek pedagogikasi tayanadigan tamoyillar adabiy ta’lim zaminida qayta ko‘rib chiqilishi, mazmunan yangilanishi tom ma’noda, milliylikka yo‘g‘rilishi va ijtimoiylashishi bugungi kun talabiga aylandi; — tadqiqot jarayonida uzluksiz ta’lim bosqichlarida adabiyot o‘qitishni o‘zgacha tashkil etish, adabiy ta’limga munosabatni tubdan yangilash, yangicha pedagogik talablar asosida adabiyot o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi va professionalligini oshirish, yuz berayotgan o‘zgarishlarga sog‘lom munosabatni ta’minlash ishlari kuchaytirildi; — Bunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida ehtiyoj, istak va zaruratning o‘zaro mos kelishiga alohida e’tibor qaratilishi kerak; 270 — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ta’lim tizimlari, shuningdek, oliy ta’limning asosiy muammosi sifatida qabul qilinishi, bu esa mamlakat kelajagi uchun juda muhim ekanligi ayon bo‘ldi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling