Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

«Kasbiy» kontekstlarda berilgan muammolar turkumiga tegishli 
topshiriqlarda: 
– oʻquvchining maktabdagi hayoti yoki mehnat faoliyati bilan bogʻliq 
vaziyatlar; 
– maishiy qurilish sohasi yoki maktab hayoti bilan bogʻliq oʻlchash 
ishlari, qurilish materiallariga buyurtma berish va narxlarni hisoblash
toʻlovlar, muayyan yumushni bajarishga doir vaziyatlar; 
– oʻquvchilar uchun tushunarli boʻlgan kasbiy faoliyatga va kasblar 
olamiga doir vaziyatlar tasvirlanishi mumkin. 
Kasbiy kontekst ishchi kuchining ixtiyoriy darajasiga (maxsus malakani 
talab qilmaydigan ishlardan tortib to yuqori malaka talab qiladigan 
ishlargacha) bogʻliq boʻlishi mumkin. Bunda PISA tadqiqotida berilgan 
topshiriqlar 15 yoshli oʻquvchining yosh xususiyatlariga mos boʻlishi lozim. 
«Ijtimoiy» kontekstlarda berilgan muammolar turkumiga tegishli 
topshiriqlarda: 


339 
– jamiyat (jamoa, mahalla, millat yoki butun dunyo xalqlari) ijtimoiy 
hayoti bilan bogʻliq vaziyatlar; 
– oʻquvchining yaqin atrofida sodir boʻladigan muammolarga (masalan, 
valuta almashtirish, bankdagi pul omonatlari) doir vaziyatlar; 
– jamiyatda sodir boʻladigan (saylovlarda ovoz berish, transport qatnovi 
masalalari, hukumat qarorlari, aholi sonining oʻzgarishiga doir muammolar, 
milliy iqtisodiyot statistik koʻrsatkichlari bilan boʻgliq) vaziyatlar 
tasvirlanishi mumkin. 
«Ilmiy» turkumiga tegishli topshiriqlarda: 
– fan va texnikada matematikaning qoʻllanishi bilan bogʻliq vaziyatlar; 
– tabiatda kechadigan hodisalar (ob-havo va iqlim oʻzgarish-
lari, ekologiya, tibbiyot, kosmos, genetika) ga doir vaziyatlar; 
– bevosita real hayotiy vaziyatlar bilan bogʻliq boʻlmagan, nazariy 
xarakterga 
ega boʻlgan sof matematik masalalar ham tasvirlanishi mumkin. 
Kontekstda berilgan muammoni yechish uchun matematikani qoʻllash 
– matematik savodxonlikning muhim jihatidir. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling