Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
 
 


397 
O‘ZBEKISTON YOSHLARINING HUQUQIY ONGINI OSHIRISHDA 
XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH 
 
Y.O. Ernazarova – fаlsаfа fаnlаr bo‘yichа 
fаlsаfа dоktоri, dоtsеnt 
A.D.Hojiyev – mustaqil tadqiqotchi
 
Bugungi kunda dunyo aholisining 26,3%ni, mamlakatimiz aholisining 
60%dan ortig‘ini yoshlar tashkil qilmoqda. Ushbu raqamlar O‘zbekistonda 
yoshlar masalasi nihoyatda dolzarb masala ekanligini ko‘rsatadi. Bu borada 
mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqida “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi 
farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning 
asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur 
sharoitlar yaratishdan iborat” deb ta’kidlagandi. 
Yoshlarimizning davlat va jamiyat institutlari, boshqa fuqarolar bilan 
munosabatlarini ratsional tashkil qilishi ulardan yuqori huquqiy ong
va madaniyatni talab qiladi. Shu sababli, ushbu tezisda ayrim xorijiy 
mamlakatlarning yoshlar huquqiy ongini oshirish bo‘yicha tajribalari tahlil 
qilindi.
Xususan, AQShda yoshlar huquqiy ongini oshirishga qaratilgan alohida 
umummilliy dasturlar qabul qilinmagan. Ammo, AQShda huquq va qonunga 
nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish yoshlarning bolalik davridan 
boshlanadi hamda huquqiy savodxonlik xalq ta’limi muassasalari orqali 
shakllantiriladi. Keyingi huquqiy bilim berish jarayoni jamiyatdagi nodavlat 
notijorat tashkilotlar orqali, ya’ni, yuridik jamiyatlar, huquqiy 
assotsiatsiyalar va huquqiy yordam fondlari orqali amalga oshiriladi.
AQSh Kongressining yoshlar xizmati tomonidan huquqiy madaniyatni 
oshirishga qaratilgan qator dasturlar amalga oshiriladi. Ular doirasida 
100 ga yaqin 16 yoshdan katta bo‘lgan kollej talabalari Kongressda stajer 
yoki kurer bo‘lib ishlaydi.
Bundan tashqari, “Amerika legioni” va “Amerika yordam legioni” NNT 
mahalliy darajada shtat va federal hokimiyat ishlari bilan talabalarni 
tanishtirishga yo‘naltirilgan dasturlarga homiylik qiladi. “Amerika legioni” 
har bir shtatdan talabalar qonunchilik jarayonidagi o‘yin tarzidagi 
mashg‘ulotlarda ishtirok etadigan “Millat o‘g‘illari” nomli yozgi dasturga 
homiylik qiladi. “Amerika yordam legioni” qizlar uchun shu kabi “Millat 
qizlari” dasturlarini amalga oshiradi.


398 
Shuningdek, AQShda 1971 yilda professor O‘Brayn tomonidan “Street 
Law” maxsus dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, unda “O‘smir, jinoyatchilik
va jamoatchilik”, “O‘qitishda o‘yin shaklidagi sud jarayonlarini o‘tkazish”, 
“Inson huquqlari hamma uchun” o‘quv-uslubiy majmualari tayyorlangan. 
Hozirgi paytda “Street Law” AQShning 50 ta shtatida o‘quv qo‘llanma va 
dastur sifatida o‘qitiladi.
Yaponiyada yoshlar huquqiy ongini oshirishga qaratilgan umummilliy 
dasturlar qabul qilinmagan. Ammo, yoshlar siyosatini tartibga soluvchi 
me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Xususan, 2010 yil aprelda “Bolalar va 
yoshlar rivojlanishi va qo‘llab-quvvatlanishiga yordam to‘g‘risidagi” akt 
qabul qilingan. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi kotibiyati qoshida maxsus 
Boshqarma tashkil qilingan, unga Bosh vazir boshchilik qiladi.
Yaponiyada yoshlar rivojlanishiga ko‘maklashish, jinoyatchilikni oldini 
olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar markazlari tashkil 
qilingan. 2013 yilda butun mamlakatda 703 ta bu kabi markazlar faoliyat 
yuritgan bo‘lsa, ulardan 45 tasi (6,4%) Bosh maslahat markazlari maqomiga 
ega bo‘lgan. Ular tomonidan 2011 yilda 220 mingta yoshlar, ota-onalar va 
maktablar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.
Yaponiya huquqiy madaniyatida turli kelishmovchiliklarni sudlarsiz hal 
qilishga ya’ni, o‘zaro yarashuvga ustivorlik beriladi. Yaponlar yarashuv yo‘li 
bilan bir qarorga kela olmasa, shundagina Arbitraj sudga yoki 
kelishmovchiliklarni hal qiluvchi suddan tashqari Markazga murojaat 
qilishadi. Ularning o‘zaro yarashuvga bo‘lgan hurmatini yuqoriligini 
Yaponiyada 22 000 ta (AQShda 1 mln.) advokat mavjudligidan ko‘rish 
mumkin. Boshqacha aytganda, Yaponiyada har 100 ming aholiga 22 ta 
litsenziyalik yurist to‘g‘ri keladi bu boshqa rivojlangan mamlakatlarga 
qaraganda kam. Masalan, Germaniyada Yaponiyadan 9 marta, Buyuk 
Britaniyada 10 marta, AQShda 17 marta ko‘pdir. 
Xorijiy tajribalarni o‘rganish jarayonida kuzatildiki, yoshlar huquqiy 
ongini oshirishda ularning parlament bilan hamkorligi muhim rol o‘ynaydi. 
Xususan, Belgiyada “Gloublink” NNT Antverpenda o‘qituvchilar bilan 
hamkorlikda maktablarda yoshlar (15-18 yosh) uchun “Mahalliy parlament” 
tashkil qilgan. Har yili Senat Bryusellik 80 ta bola ishtirokida “Bolalar 
dunyosi” aksiyasini o‘tkazadi. Har yili “Bola huquqlari kuni” munosabati 
bilan parlament va Bolalar Fondi bilan hamkorlikda parlament a’zolari 
hamda yoshlar (15-20 yosh) o‘rtasida suhbat tashkil qiladi. Shuningdek, 
parlamentda “Demokratiya portali” mavjud bo‘lib unda bolalar va yoshlar 
“haqiqiy” siyosiy arboblar singari “o‘yinlar”da ishtirok etadi. 


399 
Fransiya universitetlari saytida (masalan: Lill 2 universitetida) 
“Ombudsman sizning xizmatingizda” xizmati joriy qilingan bo‘lib, unga 
talabalar, ota-onalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar murojaat qilishi 
mumkinligi belgilab qo‘yilgan. 
Gresiyada har yili parlament qoshida “Yoshlar parlamenti” tashkil 
qilinadi, unga yoshi 16 da bo‘lgan 300 ta yosh qabul qilinadi. Ushbu 
parlamentga kirish uchun yoshlar qator protseduralardan (masalan, esse 
yozish) o‘tadilar. “Yoshlar parlamenti” sentabr boshida 3 kun davomida 
faoliyat olib boradi. Shuningdek, ular Gresiya parlamenti komissiyalari 
ishlarida va yig‘ilishlarida ishtirok etadilar.
Italiyada Deputatlar palatasiga har yili 100 mingga yaqin talabalar 
tashrif buyuradi. Deputatlar palatasi va Ta’lim vazirligi hamkorlikda “O‘qish 
kunlari” tadbirlarini o‘tkazishadi. Har hafta o‘rta maktabning katta sinflari 
yil davomida parlament faoliyatini o‘rganadi va palata deputatlari bilan 
uchrashadi. Senat kutubxonasi parlament to‘g‘risidagi bosma va elektron 
kitoblar yarmarkasini o‘tkazadi. Shuningdek, “Senatda bir kun” dasturi ham 
amalga oshiriladi.
Malayziyada “Yoshlar parlamenti” (113 ta a’zo)da 18-30 yoshdagi 
yoshlar faoliyat yuritadi. U bir yilda 3 marta o‘tkaziladi va har bir sessiya 
3 kun davom etadi. “Yoshlar parlamenti” rasmiy saytida 15-40 yoshdagi 
fuqarolar saylovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega. Nomzodlarga 
2 hafta mobaynida rasmiy sayt orqali saylovlar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston yoshlarining huquqiy ongini oshirishga yo‘naltirilgan 
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini ta’minlashda, xorijiy mamlakatlar 
tajribasidan foydalangan holda quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi:
- hozirigi kunda respublikamizda mavjud bo‘lgan “Yoshlar parlamenti” 
tajribalaridan hududlardagi viloyat, tuman, shahar mahalliy deputatlar 
kengashlari doirasida ham unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish. Bunda 
mahalliy deputatlar kengashlari yig‘ilishlarida yoshlarning muntazam 
ishtirokini tashkil etish va natijalarini OAVda yoritib borish; 
- Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, oliy ta’lim 
muassasalari rasmiy veb-saytlarida yoshlar uchun “Ombudsman sizning 
xizmatingizda” yoki “Huquqiy maslahatlar” xizmatlarini joriy qilish; 
- parlament saytida alohida “demokratiya portali” yaratish (unda turli 
masalalarni muhokama qilishda yoshlarning “haqiqiy” siyosiy arboblar 
singari “o‘yinlar”da ishtirok etishlarini joriy etish) maqsadga muvofiq. 
Mazkur takliflarning amalga oshirilishi mamlakatimizda yoshlarning 
huquqiy ongi yanada rivojlanishiga, ularning davlat tomonidan amalga 
oshirilayotgan islohotlar mohiyatini chuqurroq anglashiga ko‘maklashadi. 


400 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling