Ikkinchi qism toshkent – 2023


YOSHLAR ONGIDA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
YOSHLAR ONGIDA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA 
KUTUBXONALARNING OʻRNI 
Haqberdieva Dilnoza Kamol qizi, 
Respublika bolalar kutubxonasi matbuot kotibi 
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi 
 
Annotatsiya: Maqola Yangi Oʻzbekistonda maʼrfatli shaxs tarbiyasida 
kitob va kutubxonalarning oʻrni muhimligi, davlatning kitobxonlikni rivojlan-
tirish borasidagi siyosati, yoshlarni kitobdan chalgʻitayotgan omillar, oʻquvchi-
yoshlarni kitobxonlikka jalb etishning anʼanaviy va yangi usullari haqida. 
Kalit soʻzlar: maʼrifatli shaxs, kitobxonlik, kutubxona, maʼnaviy tahdid, 
onlayn toʻgarak.
Insoniyat ilk soʻz belgilari va harf kashf etilganidan buyon oʻz tarixini, 
maʼnaviy boyligini, bilimlarini toshlarga, daraxt poʻstloqlariga, hayvon 
terilarga, qogʻozlarga bitib kelgusi avlodlarga qoldirib kelmoqda. Maqsad – 
ortdan kelayotgan avlod oʻzlaridan koʻra yaxshi yashashi, qalbi pok boʻlishi, 
vataniga, xalqiga sodiq boʻlishiga erishish. Deyish mumkinki, antik 
davrlardan bugungi kunimizgacha ana shu harakaat, ana shu ezgu maqsad 
oʻzgargani yoʻq. Faqat imkoniyatlar va vositalar misli koʻrilmagan darajada 
oʻzgardi – toshlar va terilar oʻrnini kitoblar, kutubxonalar, elektron vositalar 
egalladi. 
Lekin bu taraqqiyot, bu sivilizatsiya inson ongi va hayot tarzidagi 
qadriyatlarni, axloqiy mezonlarni oʻzgartirib yuborayotgani ham sir emas. 
Bu muammoni oʻrganayotgan olimlar, faylasuf va psixologlarning aksariyati 
asosiy sabablardan biri sifatida odamlarning, xususan yoshlarning kitobdan 
uzoqlashib borayotganini koʻrsatishadi. Kitobdan uzoqlashish haqida 
taniqli shoir Eshqobil Shukur shunday yozadi: “Odamzod qancha taraqqiy 
etmasin, qancha gʻaroyib texnik vositalarni oʻylab topmasin, baribir hali oʻz 
tafakkuri tarbiyasi uchun kitobdan yaxshi vositani oʻylab topgani yoʻq. Kitob 
mutolaasi bizga hayotni mutolaa qilishni, insonni va xudoni mutolaa 
qilishni oʻrgatadi. Kitobdan uzoqlashish bu tafakkurdan uzoqlashish, 


374 
tafakkurdan uzoqlashish esa, odamning oʻz-oʻzidan uzoqlashishidir.”1 
Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmedov esa bu holga: “Hozirgi 
zamonda axborot juda koʻp. Bolalar kattalarga nisbatan koʻp narsani erta 
bilayapti, ikkinchi tomondan, kitobdan mahrum boʻlib borayapti. Bugun biz 
zamonaviy yoʻllar bilan bolalarga kitobni targʻibot qilaveraylik, bunda ota-
ona oʻziga masʼuliyatni olsa, katta natija berishiga ishonaman. 
Oʻylaymanki, kitobdan uzoqlashish, oʻzlikdan, tarixdan uzoqlashishdir”2, 
deb taʼrif beradi. Tomchida quyosh aks etganidek shu ikki fikrdan koʻrinib 
turibdiki, uchinchi ming yillik boshiga kelib odamlarning, asosan, 
yoshlarning ongida axloq mezonlari va insoniy, milliy qadriyatlar 
oʻzgarishining asosiy sababi kitob oʻqimay qoʻyish ekan. Kitob jamlash
oʻqishga imkon yaratib berish, kitobxonlikka daʼvat qilish vazifasini 
maʼlumki, qadimul ayyomdan hozirga qadar avvalo kutubxonalar bajarib 
kelgan. Buning uchun eramizdan taxminan 2600 yillar avval paydo boʻlgan 
ilk kutubxonalardan tortib Abbosiylar davridagi xalifa Maʼmunning “Dorul 
hikma”sini, Buxorodagi Somoniylar sulolaviy kutubxonasini, Gʻaznadagi 
Mahmud Gʻaznaviyga qarashli saroy kutubxonasini, Amir Temurning 
Shahrisabz va Samarqanddagi saroy kutubxonasini, Mirzo Ulugʻbek 
kutubxonasini3 eslash kifoya. Bugungi kunga kelib butun dunyoda inson 
ongi va qalbi tarbiyasi masalasiga anʼanaviy kutubxonalar bilan birga 
elektron kutubxonalar ham xizmat qilmoqda. Shu oʻrinda, “hozir 
kutubxonalar, kitob ahamiyatli emas, elektron kutubxonalar mutolaa 
ehtiyojini qondiradi” deb fikrlovchilarga bir faktni qayd etib oʻtish juda 
muhim – texnik jihatdan taraqqiy etgan Yaponiyada 94 foiz, Koreyada 90 
foiz kitobxon elektron E-Booklardan koʻra kitobning oʻzidan mutolaa 
qilishni afzal koʻrar ekan.4 
Bugun qalbni, aqlni, axloqiy mezonlar va qadriyatlarni zabt etayotgan 
ommaviy madaniyat, seriallar, shoular, kompyuter oʻyinlari, keraksiz 
axborotlar, aqidaparastlik gʻoyalariga kitobxonlikni targʻib qilish bilan 
qarshi turayotgan kutubxonalarning oʻrni va vazifasi har doimgidan muhim 
boʻlib turibdi. Shu uchun ham mamlakatimizda kutubxonalarni boyitish, 
zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlash, bu maskanlarga yoshlarni 
koʻproq jalb qilish maqsadida Prezidentimiz tomonidan qator qarorlar qabul 
qilinmoqda. Yurtboshimiz 2019 yil 19 mart kuni bayon etgan 5ta muhim 
tashabbusning toʻrtinchi yoʻnalishi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular 
oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga yoʻnaltirilganligi, 2019 yil, 7 
iyundagi PQ-4354 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-
kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 
qarori5, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli “2020 - 










383 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling