Ikkinchi qism toshkent – 2023


MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLARNING TA’SIRCHANLIGINI YANADA


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLARNING TA’SIRCHANLIGINI YANADA 
OSHIRISHNING SAMARALI SHAKL, USLUB VA VOSITALARI 
 
Xudaybergonova Anabibi Qurbanbayevna
TTA Urganch filiali Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i. 

Annotasiya: Ushbu maqolada mustaqillik yillarida ijtimoiy-ma’naviy 
muhitni barqaror saqlash, yoshlarni turli qiziqarli tadbirlarga uzluksiz jalb 
qilish, milliy qadriyatlarimizni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish natijasida 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ta’sirchanligi oshirish va yoshlar ongida milliy 
g‘oyani singdirishning turli shakl va texnologiyalari keng yoritilgan. 
Kalit so‘zlar. Vatanparvarlik, ta’lim, tarbiya, milliy qadriyatlar, milliy 
g‘oya, mafkura, jamiyat, davlat, manfaat, millat, ona tili, xalq, ma’naviyat, 
ma’naviy qadriyatlar, yurtga muhabbat, sadoqat, fidoyilik.
 

Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy ijtimoiy 
subyekti – targ‘ibotchi ziyolilar guruhlari shakllantirildi. Milliy g‘oya va 
mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan ziyolilar jalb qilingan holda 
ma’naviy-ma’rifiy faoliyat ta’sirchanligini oshirish, yoshlar ongiga milliy 
g‘oyani singdirishning turli shakl va texnologiyalari ishlab chiqildi.  
Hozirgi davrda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror saqlash 
va uni yanada yuksaltirishda aholini, ayniqsa yoshlarni turli qiziqarli 
tadbirlarga uzluksiz jalb qilish juda muhim rol o‘ynaydi. Tadbirlar jamiyat 
a’zolari o‘rtasidagi ruhiy individuallikni bartaraf etadi, shaxslarni bir-biriga 
yaqinlashtiradi. Ommaviy sport, kitobxonlik bilan bir qatorda ushbu 
tadbirlarning tarkibiy qismi sifatida milliy o‘yinlarimizni ham tavsiya etish 
mumkin. 
Milliy o‘yinlarimiz – bolalarni hayotga tayyorlovchi benazir maktab. 
Milliy o‘yinlarimiz ota-bobolarimizni abjir, chidamli, irodali, dovyurak qilib 
tarbiyalagan. Chunki o‘yin orqali irodani charxlab, turli shartli hayotiy 
to‘siqlarni, “raqiblar”ni o‘z kuchi bilan yengib o‘tishga o‘rgatgan. 
Chiniqtirgan. O‘yinlarda mardlik rag‘batlantirilib, g‘irromlik qoralangan. 
Xullas, o‘yinlar bolalarni katta hayotga tayyorlash, kurashishga, yengishga 
o‘rgatishning o‘ziga xos mashqlari vazifasini o‘tagan. Shu tariqa o‘zbek 
bolalar o‘yinlari milliy tarbiyaningajralmas sharti bo‘lib xizmat qilib kelgan. 
O‘zbek xalqi o‘yinlarning bolalar yoshiga, jinsiga mos o‘nlab turlarini 
ijod qilgan. Olimlar ularni buyumli o‘yinlar, buyumsiz o‘yinlar, doimiy, 
kalendar o‘yinlariga bo‘lishadi. “Yashin-topoloq”,


401 
“Pakka”, “Qora ko‘rdim”, “Quvlashmachoq”, “Yashinmachoq”, “To‘p 
oti”, “Lappak”, “Besh tosh”, “Xola-xola”, “Bobo taka”, “Oq terakmi-ko‘k 
terak”, “Chori chambar”, “Shapalak” va h.k. Xorazmning, Farg‘ona 
vodiysining, Samarqandu Surxondaryo, Qoraqalpoq bolalarining o‘ziga xos 
o‘yinlari bor. Ular bolalarning xarakteri, jismoniy va ma’naviy shakllanishi 
uchun “mashq maydoni” vazifasini bajargan. Bolalarimiz do‘stlik, mardlik, 
qiynalib bo‘lsa-da g‘alabaga erishishning ilk nashidalarini tuyishgan.
Milliy qadriyatlarimiz qatorida bolalarimizning milliy o‘yinlarini ham 
sobiq sho‘rolar “eskilik sarqiti” deb kamsitdi. Faqat mustaqillik bolalarimiz 
o‘yinlarini “oqladi”. “O‘zlikka sodiqlikda gap ko‘p ekan, – deb yozadi bu 
haqda professor M.Quronov. – “Mustabid sho‘rolar davrida ham o‘zbek 
o‘zining milliy, insonparvar bolalar o‘yinlarini saqlab qoldi. Bugun jahon uni 
o‘rganishga kelayotir! Yapon pedagoglari o‘smirlarining kompyuter 
ludomaniyasiga berilib, harakatsizlikdan sog‘liqlarini, ma’naviy 
tahdidlardan o‘zliklarini yo‘qotayotganliklarini ko‘rib, chora qidira 
boshlashibdi. Chunki bu millat kelajagini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Ular 
yosh yaponlar avlodi sog‘lig‘ini saqlab qolish davosini qidirib-qidirib… 
O‘zbekistondan, Forishdan topishdi. Shaharu qishloqlarimizni kezib, 
bolalarimiz “zamonaviy emas”, deb o‘ynamay qo‘ygan harakatli o‘yinlarni 
o‘rganib, to‘plab, olib ketib, o‘zlarining superzamonaviy bolalariga 
o‘rgatishayotgan ekan. Sababini so‘rashsa: “Zamonaviy bolalar o‘yinlari 
haddan ortiq texnokratlashib ketgan. Ularda insoniy ruh, joziba, zavq, 
tuyg‘ular kam. Shuning uchun bolalar harakatli o‘yinlarga qiziqishmayotir. 
Insoniy ruh, joziba,zavq, tuyg‘ularning barisi o‘zbek milliy bolalarining 
o‘yinlarida bor”, – debdi yapon pedagogi”. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling