Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Intellektual o‘yinlar bolalardagi o‘yinlar bilim, aql-zakovatning 
yanada ortishiga, shaxs dunyoqarashining kengayishiga, o‘zligini 
anglashiga,barkamollik sari intilishiga yordam beradi.
Shu bilan birga intellektul o‘yinlardan milliy ma’naviyatni targ‘ib 
qilishda keng foydalanish mumkin. Masalan, “Zakovat”, “Intellektual ring”, 
“Qilni qirq yorib”, “Oltin toj”, “Moʻjizalar maydonchasi”, “O‘yla, izla, top”, 
“Zinama-zina”, “7x7”, “Bilimdon” o‘yinlari va boshqa shu kabilar ana 
shunday o‘yinlar qatoriga kiradi. “Zakovat” intellektual teleo‘yini. U 2001 
yilda tashkil etilgan. Bu o‘yinda ko‘plab savollar orqali yoshlarimiz, aholi 
orasida milliy g‘oya targ‘ibotiga xizmat qilmoqda. Misol uchun, ilk o‘yinning 
birinchi savoli quyidagicha edi: 1980 yillari O‘zbekistonda Navro‘zga qarshi 
hujum boshlangandi. Odamlar eski udumlarga berilishmasin, har xil irimlar 
qilib tog‘lardagi qayrag‘ochlarga lattalar bog‘lashmasin deb, o‘sha 










410 
O‘zbekiston Respublikasining Yangi Konstitutsiyasining birinchi 
moddasining ilk bandida “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga 
ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”[3], 
deyilishida 5 ta shart ko‘rsatildi: suveren davlat, demokratik davlat, huquqiy 
davlat, ijtimoiy davlat, dunyoviy davlat. Muhtaram Prezidentimiz 
SH.M.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatparvar davlat”, [1] 
g‘oyalarida ham shu barcha shartlar inobatga olinib, davlatning ijtimoiyligi, 
ijtimoiy-falsafiy konsepsiyalarda keluvchi “farovon davlat” falsafasiga 
hamohang keladiki, bu yaqin kelajakda quriladigan davlatchilik tajribamiz 
bo‘ladi, albatta.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-
5040-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida ham yurtimizda huquqiy davlat
fuqarolik jamiyatini barpo etishda ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga 
asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish saridegan hayotbaxsh 
g‘oyaning keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va 
bunyodkorlik
ni umummilliy harakatga aylantirish[4] ta’kidlangandi. Ushbu 
qaror ijrosi doirasida ilm-fan, san’at va madaniyat, axborot texnologiyalari, 
badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi turli 
sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi yoshlar 
o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasini amalga oshirish 
belgilangandi. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida vazirlik darajasidagi 
respublika bosqichigacha ega bo‘lgan va har bir oliy ta’lim dargohida avval 
fakultetlar, institut darajasida so‘ng viloyat, respublika bosqichiga ega 
bo‘lgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” mavzusida esseylar (insholar) 
tanlovini muntazam tashkil qilish va o‘tkazish, har yili an’anaviy tarzda 
tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki mustaqil va zamonaviy 
fikrlovchi, kreativ va innovatsion tafakkurni yoshlarda shakllantirishda bu 
kabi ijtimoiy (rag‘batlantiruvchi) mexanizmlarning ahamiyati kattadir, shu 
bilan birga, yangi ma’naviy makon qadriyatlarini mustahkamlagan 
bo‘lardik, deb o‘ylaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
31.12.2019-yilgi 1059-sonli “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini 
tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 
ham konsepsiyaning amalga oshirilishi pirovard maqsadida “jamiyatda 
ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa” 
qo‘shishi,
[5] ta’kidlanadi.
Albatta, navbatdagi muhim vazifa yangi ma’naviy makonning nazariy 
asoslarini mustahkamlash, milliy ruh haqidagi ijtimoiy-siyosiy sistemalarni 
ishlab chiqishdan iboratdir.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling